1. Hayot faoliyati xavfsizligi inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir


Download 69.66 Kb.
bet15/17
Sana18.02.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1213820
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
hayot faoliyati

Yong`inni oldini olish sistemasi - yong`in sodir bo`lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir. Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda iloji boricha yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan foydalanish texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong`in xavfi bo`lgan qurilmalar o`rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqa xonalardan ajratish yoki bunday qurilmalarni mumkin qadar tashqarida o`rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosining tarkibidagi yonuvchi gaz, bug` va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to`gri foydalanish va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Har qanday ishlab chiqarishda yong`inga olib keluvchi manbaning hosil bo`lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong`in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to`lik rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta`sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o`z-o`zidan alanganlanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong`inga qarshi gadbirlarni to`lik amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. 3.Yong`inga qarshi kurashish xizmati. Yonginga qarshi texnik vositalar. Yonginni o`chirish usullari va vositalari, turlari, xususiyatlari va ularga qo`yiladigan talablar. Yong`inni o`chirishning keng tarqalgan moddalari: suv, suv bug`i, uglekislota, namlangan materiallar kimyoviy va havo-mexanik ko`pik, poroshokli tarkiblar, brom etil birikmalar, inert gazlar va boshqalar hisoblanadi. Yong`inni o`chiruvchi moddalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: -yong`inni to`xtatish usuli bo`yicha-sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota); -elektr o`tkazuvchanligi bo`yicha-elektr o`tkazuvchi (suv, suv bug`i va ko`pik), elektr o`tkazmaydigan (gazlar va poroshoklar); -toksikligi bo`yicha - toksik bo`lmagan (suv, ko`pik va poroshoklar), kam toksik (uglekislota va azot), toksik bo`lgan brometil, freonlar; Is gazi yoki uglerod ikki oksidi rangsiz gaz bo`lib havodan 1,5 marta og`ir. U yonish zonasiga kislorodni kirishini oldini oladi ya`ni yong`inni kisloroddan izolyatsiya qiladi. Kimyoviy ko`pik yonish zonasida kislorod miqdorini 14 % gacha kamaytiradi, yonayotgan moddiy yuzini qoplaydi, sovutadi va yong`inni to`xtatadi. Ko`pikning karraligi - ko`pik hajmini u olingan butun suyuqlik hajmiga nisbatidir 5 dan 100 karralikkacha ega bo`lgan ko`piklar kam va o`rtacha ko`pik karraligiga, 100 dan ortiqlari esa yuqori karralikka kiradi. Inert gazlar (azot, argon, geliy) gazli payvandlash ishlarida idishlarni, balonlarni to`lgazishda ko`llaniladi. Yong`inga qarshi suv ta`minoti Yong`inga qarshi suv zahirasi yilning istalgan vaqtida kerakli bosimda 3 soat yong`inni o`chirishga etadigan bo`lishi kerak. Ishlab chiqarish korxonasida har biri 100 m3 va undan ortiq sig`imli suv hovzasi bo`lishi kerak. Bitta suv hovzasining xizmat ko`rsatadigan radiusi yong`in vaqtida suv uzatish uchun avtonasos va avtoidishlardan foydalanganda 200 m, uzatma nasoslardan foydalanganda 100 m, bir o`nli pritsep motopompalaridan foydalanganda 150 m gateng qabul qilinadi. Bitta idishda 100 m3 sig`imgacha bo`lgan suv zahirasi dahlsiz saqlanadi. Tashqi va ichki yong`inlarni o`chirishda suv sarfi (m3 /soat) quyidagi formula bilan aniqlanadi. nyo , TyogQyo=3,6 bu erda g-tashqi va ichki yong`inlarni o`chirishda solishtirma suv sarfi jadvaldan qabul qilinadi; Tyo-yong`in vaqti (3 soat qabul qilinadi yoki formula bo`yicha aniqlanadi). nyo-bir vaqtdagi yong`in soni (qurilish maydoni va mahalliy sharoitga bog`liq ravishda 1...3 qabul qilinadi).

Download 69.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling