Yong`inga qarshi himoya sistemasi - yong`in o`chirish jihozlari va texnikalaridan foydalanish, yong`inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanish, yong`in xabarini beruvchi va yong`in o`chirish sistemasining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, ob`ektning konstruktsiyalari va materiallarigaa yong`indan himoyalovchi tarkibli bo`yoqlar bilan ishlov berish tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuatsiya yo`llari bo`lishini taminlash, binoning yong`in mustahkamliligi darajasini to`gri tanlash kabi tadbirlarni o`z ichiga oladi. Yong`in tarqalishini oldini olish sistemalari esa, yong`inga qarshi to`siklarni o`rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o`chirish va ko`shish jihozlaridan va yong`indan to`suvchi vositalardan foydalanish, yong`in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to`qilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Tashkiliy - texnik tadbirlarga esa, yong`indan himoyalanish xizmatini tashkil etish, uni texnik jihozlar bilan taminlash, yong`in xavfsizligi bo`yicha ob`ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong`in muhofazasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o`kitish, yong`in xavfsizligi bo`yicha instruktajlar va aholi o`rtasida turli xil tadbirlar o`tkazish, yong`inga qarshi ko`rsatmalar (instruktsiyalar) ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
Xavfsizlik umumiy nazariyasining tuzilishida asoslar va usullar ko`rilayotgan sohadagi aloqalar to`g’risida to`liq tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega.
Asos, bu - fikr, g’oya, maqsad (asosiy holat)dir.Usul, bu – eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo`lidir. Xavfsizlikni taminlash asoslari, usullari mantiq hamda dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo`lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o`zaro bog’liqdir. Xavfsizlikni taminlash choralari, bu – usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta`min etishdagi mantiqiy pog’onadir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq.
Xavfsizlikni taminlash yo`llari ko`p. Ularni belgilariga qarab bir necha sinfga ajratish mumkin. Masalan, yo`naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.
Do'stlaringiz bilan baham: |