1. Hayot faoliyati xavfsizligi inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir


Favqulodda holatlarda aholini himoyalash printsiplari va usullari


Download 69.66 Kb.
bet12/17
Sana18.02.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1213820
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
hayot faoliyati

Favqulodda holatlarda aholini himoyalash printsiplari va usullari Favqulodda holatlarda himoyalanishning dastlabki asosi uning kelib chiqish sababi, sharoiti va mexanizmini bilishdan iboratdir. Favqulodda holatlar vaqtida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan jarayonlar moxiyatini bilgan holda, ularning oqibatlarini oldindan aniqlash mumkin. Favqulodda holatlar sodir bo`lishi mumkin bo`lgan vaziyatlarni, ya`ni, ularni qanday kechishini va oqibatlarini o`z vaqtida va aniq oldindan aniqlash, ulardan himoyalanishning eng muhim asosi hisoblanadi. Favqulodda holatlar asosan quyidagi vaziyatlarda ro`y berishi mumkin: -gravitatsiya ta`sirida, er aylanishi yoki harorat farqi ta`sirida tez yuzaga keluvchi tabiiy jarayonlar; -moddiy boyliklarni va konstruktsiyalarning zanglashi, fizik va ximiyaviy xususiyatlarini o`zgarishi va bino hamda inshootlarning emirilishiga olib keluvchi tashqi tabiiy omillar; -inshootlarning loyihalash va qurish vaqtidagi kamchilik hamda nuksonlari (qidiruv va loyihalashdagi kamchiliklar). Qurilish materiallari va konstruktsiyalar sifatining pastligi, ularni bajarish sifatining pastligi, xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi va boshqalar); Favqulodda holatlardan himoya qilishning usullariga esa aholini evakuatsiya qilish, himoya inshootlariga yashirinish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va tibbiy profilaktik vositalar kiradi.
Favqulodda holatlarda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkil etish. Fuqarolarni favkulodta vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari. Favqulodda holatlarga insonlar hayotiga zomin bo`luvchi yoki ularga xavf soluvchi, binolarni buzuvchi, moddiy boyliklarni yo`qotuvchi katta maydonlarni egallagan yong’inlar, suv bosishi, suv toshqini, qor ko`chishi, er qimirlash, er ko`chishlari, qo`lashi, bo`ron va boshqa tabiat hodisalari kiradi. Ishlab chiqarish avariyalari favqulodda vaziyat yoki ishlab chiqarish texnologiyalarini buzilishi, ularning xavfsiz ishlatish texnologiyalarini buzilishi natijasida sodir bo`lishi mumkin. Katta ishlab chiqarish avariyalari favqulodda vaziyatlar sifatida odamlarni halok bo`lishiga xalq xo`jaligi moddiy boyligini yo`qolishiga, ishlab chiqarish jarayonini buzilishiga olib keladi. Favqulodda vaziyatlar ko`p hollarda kutilmaganda tusatdan sodir bo`ladi va ularni to`lik oldini olish mumkin bo`lmaydi. SHu sababli bunday xavf sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlar aholisi unga qarshi himoya tadbirlariga va ularni asoratlarini tugatishga tayyor bo`lib turishi kerak. Bunda asosiy kuch birinchi o`rinda favqulodda vaziyat hududidagi odamlarni qutqarishga so`ng moddiy boyliklarni asrashga qaratilgan bo`lishi kerak.

Download 69.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling