1. Hayot faoliyati xavfsizligi inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir


Ishlab chiqarishdagi zararli omil


Download 69.66 Kb.
bet4/17
Sana18.02.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1213820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
hayot faoliyati

Ishlab chiqarishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida ta`sir etib kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil. Zararli omillarga neft’ mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg’isi bug’lari, pestitsidlar, mineral o`g’itlar, chang, shovqin, titrash, tebranish), ish joyida namlikni ortishi yoki kuchli yoritilganligi, iqlim sharoitlari va boshqalar kiradi.
Elektr xavfsizligi – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydonining zararli va xavfli ta`siridan muhofaza qilishni ta`minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar majmuidir.
SHikastlanish – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta`sirlar natijasida inson organlari yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.
Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta`sir etadigan omillar majmuidir.
Shaxsiy himoyalanish vositalari – bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar. Shaxsiy himoya vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko`zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta`siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasalliklardir.
Zararli moddaning havoda ruxsat etilgan chegaraviy kontsentratsiyasi (RECHK) – 8 soatli ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo`lmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud sog’ligida o`zgarishlar keltirib chiqarmaydigan moddaning kontsenratsiyasi.
Atrof muhitni muhofazalash-tirik (o`simliklar va hayvonot dunyosi) va o`lik (tuproq, suv, atmosfera, iqlim) tabiatni tiklash va muhofazalash va ulardan ratsional foydalanish bo`yicha kompleks tadbirlardir. Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlabchiqarish muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizlikni taminlashga yo`naltirilgan bilimlar sistemasidir.
Xavflar, ularning tasnifi va faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari. Xavf – hayot-faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasidir. Ma`lum bir shart-sharoitlarda inson hayoti va sog`lig`iga to`g`ridan-to`g`ri yoki bilvosita zararli ta`sir qiluvchi hodisa, voqea, jarayonlar, ob`ektlar va boshqalarga xavf deb aytiladi. Har qanday energiyaga, kimyoviy va (yoki) biologik faol tashkil qiluvchilarga ega bo`lgan, hamda parametrlari inson hayot - faoliyat kechirish sharoitlariga to`g`ri kelmaydigan ko`rsatkichlarga ega bo`lgan har qanday tizim xavf tug`diradi. Xavflar yashirin (potentsial) va mavjud, yuzaga kelgan (real) turlarga ajratiladi. Potentsial xavf amalga oshishi, ya`ni real xavfga aylanishi uchun “sabablar” deb ataluvchi sharoitlar zarurdir Xavfsizlik tushunchasi. Xavfsizlik - bu faoliyatning shunday bir holatiki, bunda ma`lum bir ehtimollik bilan xavflarning yuzaga kelishi bartaraf qilingan bo`ladi. Xavfsizlik bu insonlar o`z oldiga qo`ygan maqsaddir. HFX esa maqsadga, ya`ni xavfsizlikga erishishning vositasi, yo`li va usulidir. Xavflar taksonomiyasi. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni ma`lum bir belgisi bo`yicha klassifikatsiyalash, sinflash yoki guruhlashdir. Xavf ko`p belgilarga ega bo`lgan murakkab ierarxik tushunchadir. Modomiki shunday ekan, faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda, xavflarning tabiatini chuqur aniqlashda va bilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol` o`ynaydi. Xavflar nomenklaturasi - ma`lum belgisiga ko`ra xavflarning tizimlashtirilgan nomi, tushunchalari ro`yxatidir. Hozirgi vaqtda xavflar nomining birinchi harfi bo`yicha alfavit tartibida nomenklatura qilingan. Xavflar kvantifikatsiyasi - murakkab tushuncha bo`lgan xavflarni baholash, sifat jihatdan aniqlash uchun sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshka usullari qo`llaniladi. Xavflarni kvantifikatsiya qilish uchun, ya`ni sonli baholash uchun “tavakkal” (risk) tushuchasi kiritilgan. Xavflarni identifikatsiyalash-xavflarni identifikatsiyalash deganda hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlashga yo`naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni amalga oshirish uchun xavflarning zarur va etarli bo`lgan miqdoriy (sonli), vaqtiy, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish, aniqlash va belgilash jarayoni tushuniladi.
Sabab va oqibat. Potentsial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar sabablar deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, sabablar u yoki bu kutilmagan oqibatlar va zararlarni keltirib chiqaruvchin xavflar paydo bo`lishiga olib keladigan turli vaziyatlar to`plamini xarakterlaydi. Xavf, sabablar va oqibatlar baxtsiz hodisa, favqulodda holat, yong`inlar va boshqa ko`ngilsiz oqibatlarning asosiy ko`rsatgichlaridir. “Xavf - sabab - ko`ngilsiz oqibat” – uchligi bu rivojlanishning logik jarayoni bo`lib potentsial xavfni mavjud, ya`ni real xavfga olib keladi.

Download 69.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling