«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan
Download 0.5 Mb.
|
«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-mavzu: Ilmiy izlanishda olimning ijtimoiy mas’uliyati. Reja
- Tayanch tushunchalar
15-mavzu: Ilmiy izlanishda olimning ijtimoiy mas’uliyati. Reja: 1. Fan aksiologiyasi va etikasi 2.Ilmiy faoliyat me’yorlari. Fanetosi. Merton fan normalari to‘g‘risida 3.Ilmiy tadqiqot erkinligi va olim mas’uliyati Tayanch tushunchalar: Fan etikasi, fan etosi, olim mas’uliyati, fanning insonparvarlashuvi, ssientizm, antissientizm Aksiologiya axio va logos so‘zlaridan olingan bo‘lib, qadriyatlar to‘g‘risidagi ta’limot, qadriyatshunoslik ma’nolarini ifodalaydi. Mazkur atama 1902-yili fransuz faylasufi P.Lami tomonidan iste’molga kiritilgan. Aksiologiya alohida falsafiy bilim sohasi. Ayni vaqtda aksiologiya u yoki bu ijtimoiy hodisalarga o‘ziga xos yondashuv hisoblanadi. Ma’lumki, inson tomonidan yaratilgan ja’mi moddiy va ma’naviy ne’matlaruning jamiyatning hayoti uchun zarur bo‘lgan ja’mi narsalar qadriyat hisoblanadi. Fan-ijtimoiy ongning maxsus shakli, insonning olam haqidagi bilimlari majmui. Ilmiy bilimlari fan jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotining muhim omili hisoblanadi. Shuning uchun ham inson va jamiyatga xizmat qiladigan ilmiy bilimlar (fan) qadriyat hisoblanadi. Fan – qadriyat, chunki ubirinchidan, insonning olamga faol munosabatini ifodalaydi, inson va jamiyat intellektual salohiyati rivojini ta’minlaydi. Ikkinchidan fan kashfiyotlari, ilmiy bilimlar jamiyat a’zolarining maqsad – manfaatlariga xizmat qiladi.
Tomas Kun fanda normativ tahliliy xulosalar va normativ me’yorlar o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanib ketgan. Ilmiy bilishdagi ratsionallikning bilimning inson qo‘lga kiritgan qadriyat ekanligini asoslaydi. Uningcha, olim shaxsi allaqanday abstrakt tushuncha emas. Olim yangi bilimlarni shakllantiradigan, programmalashtiradigan kompyuter moslama emas. Olim – tadqiqotchi, olim –ustoz, olim-o‘qituvchi. Olim ekspert sifatida chin bilimlarni yolg‘ondan farqlayoladi. Olim-ma’rifat tarqatuvchi. Olim – jamoat arbobi. Uning zimmasida olimlik mas’uliyati bilan bir qatorda, fuqarolik mas’uliyati ham bor. U jamiyatga nisbatan neeytral bo‘laolmaydi. Fan aksiologiyasi (etikasi)ning asosiy muammosi ilmiy bilish bilan qadriyat orasidagi munosabatni aniqlash. Bu o‘z navbatida ilmiy izlanishga taalluqli masalalar: a) ilmiy bilishning mohiyati (maqsadi): b) ilmiy bilish. Fanga qadriyat yo‘nalishidagi munosabat a) ilmiy bilishdan ko‘zda tutilgan maqsadni. b) ilmiy tadqiqot vositalaridan qanday, qay maqsadda foydalanishni va v) uning mohiyati, hayotga tatbiq etish oqibatlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Fanning maqsadi – olam haqida ob’ektiv bilimlarni shakllantirish. Ilmiy bilimlarga zaruriyat jamiyat taraыыiyotidan kelib chiqadi va ijtimoiy taraqqiyot, inson kamolotiga xizmat qilmog‘i lozim. Shunday ekan, fan yangiliklari ijtimoiy jarayonlarga ijobiy ta’sir etuvchi omil bo‘lmog‘i lozim. Fan o‘z oldiga zamonaviy harbiy qirg‘in qurollari (biologik – viruslar, shtammlar, insonga maqsadli ta’sir etish, psixotrop preparatlari) ishlab chiqarish, ulardan foydalanish; atrof-muhit (tabiat)ga zarar keltiradigan tadbirlar (yadro va boshqa harbiy qurollarni sinash)ni amalga oshirish maqsadli qo‘ymaydi. Fan aksiolgiyasi (etikasi) ilmiy bilish vositalarini tanlash va qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Masalan: biologik, tibbiy eksprimentlar jarayonida tajriba ob’ekt kishilarning azob-uqubatlari, sinovlarning hayot uchun xavfli turlaridan o‘zini soqit qilish eng muhim ahloqiy talab hisoblanadi. Bu borada, Yevropa Kengash Assambleyasining 1996 yil noyabrda qabul qilgan konvensiyasi “Inson huquqlari va bio meditsina” deb nomlanadi. Uning moddalari aynan biologiya, meditsina sohasining ahloqiy meyo’yorlarini o‘zida aks ettirgan: Inson uchun yaxshilik jamiyat va inson manfaatlaridan ustun (Konvensiya 2-moddasi). Har qanday bio tibbiy tadqiqot faqat ma’lum shartlarga amal qilingan taqdirdagina amalga oshirishi mumkin. Bu eksperimentning insonga zarar keltirmasligi haqidagi asosli ilmiy axborotga egalik va bemorning roziligi (5-modda). Bu nafaqat eksperimental gruppa a’zolari insonlarga tajriba tortilgan va tajriba o‘tkazuvchi eksperimentatorlarga, balki hayvonlarga munosabatga ham taalluqli. Ilmiy tadqiqotlarga sarflanadigan mablag‘lar masalasiga ham dahldor. Fan etikasi talablari ilmiy faolyait natijalari va ularni jamiyat hayotiga tatbiq etish amaliyoti bilan o‘zaro bog‘liq. Ilmiy izlanish bilan shug‘ullanuvchi olim qo‘lga kiritgan natijalari va uning oqibatlari uchun mas’ul. Bu yerda asosiy masala olimning o‘z ilmiy g‘oyalarining qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan ko‘ra bilishda o‘z faoliyati oqibatlarini ko‘ra bilish- olimning jamiyat oldidagi mas’uliyati hisoblanadi. Fan aksiologiyasi ilmiy faoliyat mohiyatini chuqur anglashni taqazo etadi. Umuman fan o‘z-o‘zicha yaxshilikmi, ezgulikmi? Jamiyat taraqqiyotida fanning o‘rni qanday bo‘lmog‘i lozim. Ilm –fandagi o‘zgarishlar jamiyatga ta’siri oqibatlarini ko‘ra bilyapmizmi? Kabi bir-biridan murakkab, chigal savollar so‘nggi paytlarda fanning ijtimoiy-gumanistik mohiyatiga e’tiborning kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Akademik V.Vernadskiy “Fan haqida” asarida bu haqda shunday deb yozgan edi: “Olimning o‘zidan va hayotdan qoniqmasligi tobora ortib bormoqda. Fanning ahloqiy tomonlari tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda. Bu hol bilan hisoblashmaslik mumkin emas”. Fanning ahloqiy jihatlarining muhim tomonini “fanetosi” tashkil etadi. Fan etosi – bu fandagi ahloqiy normalar. Fan etosi tushunchasi muayyan ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan, olim (tadqiqotchi)ning xulq-atvorini belgilaydigan axloqiy me’yorlar majmuini ifodalaydi. Fanga aksiologik yondashuvda fan etikasida o‘z ifodasini topadi. Fan etikasi ilmiy bilishning axloqiy me’yorlari, fan va ahloqiy munosabatlarini tatbiq etadi. Fan etikasi va aksiologiyasining bosh muammosi – ilmiy bilim bilan qadriyat orasidagi aloqadorlik. Bu muammoni yechimi. Fan – qadriyatmi? Undagi yangiliklar, kashfiyotlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta’sirini har doim ham ijobiy baholay olamizmi? degan savollarga javob berishni talab etadi. Shundan kelib chiqqan hola fan aksiologiyasi va etikasi fan va jamiyat aloqadorligini o‘zida aks ettiradigan – haqiqat va ezgulik, haqiqat va go‘zallik, fan va hokimiyat, ilmiy ijod erkinligi va olim mas’uliyati, fan taraqqiyoti imkoniyatlari va chegaralari kabi ziddiyatlarning yechim yo‘llarini tatqiq etadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib holda fan etikasi a) Fan-qadriyat b) ilmiy faoliyat v) ilmiy bilim g) olim mas’uliyati masalalarini tatqiq etish u bilan shug‘ullanadi, degan xulosaga kelish joiz. Fan – qadriyat. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-qudratni birlashtiradi, millat, xalq dunyoqarashini shakllantiradi, uning doirasida ta’lim-tarbiya, axloq meyo’rlari ishlab chiqiladi. Fan – faoliyat. U inson ma’naviy faolyaitining eng murakkab ko‘rinishi- ilmiy tadqiqot faoliyati. Ilmiy tadqiqot (izlanish) tadqiqotchi oldiga muayyan talablarni qo‘yadi: Ilmiy faoliyat tadqiqotchidan ham intellektual, ham ruhiy tayyorgarlikni talab etadi. Ilmiy tadqiqot- ob’ektiv bilimlarni hosil qilishga va – bu bilimlarni ilmiy jamoatchilikning qabul qilishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i lozim. Bu talabni Aristotelning “Platon – mening do‘stim, lekin haqiqat qimmatliroq” hikmatli so‘zlari bilan ifodalash mumkin. Bilim sifat jihatdan yangi va asoslangan bo‘lishi kerak. Uning chinligini tekshirish imkoniyatlarining mavjudligi. Bu tadqiqotchidan ham maxsus ilmiy tayyorgarlikni, ham fan metodologiyasini chuqur bilishni talab etadi. Bunda fanning muayyan ichki talab, tamoyillariga rioya etish talab qilinadi. Norvegiyalik olim G.Skirbekk bu talablarni shunday ifodalaydi: a) haqiqatni izla! B) noo‘rinfikrlar, bema’nilikdanqoch; v) fikringni aniq ifodala! G) o‘z taxminlargni iloji boricha tekshir, asosla! Albert Eynshteyn “Fan qasri – ko‘p murakabimorat. Undagi kishilar xilma-bu yerga yetaklagan ma’naviy omillar ham xilma-xil. Bir xil odamlarga fan bilan shug‘ullanish – iftixor. Shu faoliyat tufayli ular o‘z hayotlarini to‘la, mukammal hisoblaydilar va o‘z shuhratparastlik manfaatlarini qondiradilar.” Fanning ahloqiy jihatlari ilmiy izlanishdagi aql va ahloqiylik, olimning ilmiy bilishdan ko‘zda tutgan maqsadi, ahloqiy qadriyatlar va olimning mas’uliyatida o‘z ifodasini topadi. Fan etikasi va aksiologiyasi olimdan ilmiy bilimlarni qo‘lga kiritishda muayyan ahloqiy normalarga rioya qilishni talab etadi. Fanga qo‘yiladigan talablar fan etosida o‘z ifodasini topadi. Fan etosi- muayyan ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan olimning xulq-atvorini belgilaydigan me’yorlar majmui. Ingliz olimi R.Merton olimlar orasida avloddan avlodga o‘tadigan, fan kishisi uchun zarur bo‘lgan qadriyatlar va me’yorlarni “fanetosi” tushunchasida ifodalaydi. U o‘zining “Fanning me’yoriy tarkibi (1942) nomli asarida fan mazmuni to‘rt qadriyat asosida qurilmog‘i lozimligini, ularda bilimga qo‘yiladigan talablar: a) universallik; b) umumiylik; v) haqiqatni beg‘araz izlash, be’minnatlik, manfaatning yo‘qligi g) skeptitsizmdan iborat bo‘lmog‘i lozimligini ta’kidlaydi. Universallik talabi: fanning maqsadi- olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini aniqlash, qonunlarni ochish. Bu talabda olamdagi narsa va hodisalar orasidagi eng umumiy, ichki aloqalarni aks ettirish lozimligi; bu bilim (qonun, nazariya)larda o‘z ifodasini topishi ifodalangan. Ular shuning uchun ham universallik mohiyatini kasb etadi. Tadqiqotchi olamdagi narsa va hodisalarni ob’ektiv jarayonlar sifatida o‘rganadi va shu asosda qo‘lga kiritilgan bilim umuman shu tipdagi barcha hodisalarni tushuntiradi, ularning qonuniyatlarini aniqlaydi. Ayni choqda bu bilimlar ob’ektiv bilimlar bo‘lgani uchun ham ularning chinligini maxsus usullar bilan tekshirish mumkin.Bu bilimlardan muayyan hodisalar turkumiga xos qonunlarda o‘z ifodasini topadi va ular yordamida olamni tushunish mumkin bo‘ladi. Umumiylik talabi. Garchi bilim tadqiqotchi (olim) ijodiy faoliyatining mahsuli bo‘lsa-da ayni vaqtda bu bilim yolg‘iz olimga tegishli emas. Bilim-jamiyat, xalq mulki hisoblanadi. Ilmiy izlanish jamiyat hayoti va taraqqiyoti zaruriyati jamiyat talablaridan kelib chiqadi. Shunday ekan, haqiqatni beg‘araz izlash, hech qanday shaxsiy manfaatni qo‘llamaslik olim faoliyatining birlamchi va asosiy axloqiy mezoni bo‘lmog‘i kerak. Skeptitsizm. Muammo bo‘yicha tadqiqot olib borgan olimlarning ilmiy izlanishlariga hurmat bilan qarash va uning natijalarini xolisona tanqidiy tahlil qilish, har qanday bilimga shubha bilan qarash. Bu bilimlar rivojini ta’minlashga xizmat qiladi. Fan etosi olimlarning kasbiy faoliyat va xulq-atvoriga qo‘yiladigan asosiy talablar majmui hisoblanadi. Ularga rioya qilish yoki ularni hisobga olmaslik (mensimaslik) olim mas’uliyatida o‘z ifodasini topadi. Mas’uliyat –ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi, uning oqibatiga javobgarlikni his etish, anglash. Olim mas’uliyati: a) kasbiy b) ijtimoiy mas’uliyat ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Yirik olim V.I.Vernadskiyvolimlar o‘z ilmiy izlanishlari oqibatlaridan ko‘z yummasliklari, ular ilmiy tadqiqot oqibatlari uchun mas’ul ekanligini unutmasliklari lozimligini qat’iy ta’kidlagan edi. Fan (ilmiy bilimlar)ning ahloqiy motivlarini to‘g‘ri anglash olimning ijtimoiy mas’uliyatida namoyon bo‘ladi. Dastlab fan taraqqiyoti, ilmiy bilimlar doimo ezgulikka xizmat qilishga odamlar ishonar edilar, deydi N.Boro‘z esdaliklarida. Lekin avgust 1945 yil iikkinchi jahon urushi fashizm ustidan g‘alaba bilan yakunlangan bir davrda Yapon shahar darida sinab ko‘rilgan yadro quroli fan har doim ham ezgulikka xizmat qilavermasligini yaqqol ko‘rsatdi. Bu hol olimlarni o‘z ilmiy izlanishlarini nimaga olib borishi mumkinligini o‘ylashga majbur qildi. Uranning parchalanishini kashf qilgan olim Otto Gan Xirosimada atom bombasi portlatilganidan xabardor bo‘lgan keyin tinchligini yo‘qotgan, kechalari uxlamay chiqqan, xatto o‘z-o‘zini o‘ldirishga qaror qilgani haqida ma’lumotlar bor. Ko‘pchilik olimlar vodorod bombasi ustida ish olib borishdan bosh tortganlari ma’lum. Axloqiy mas’ullik masalasi yangi fan sohalarining yuzaga kelishi bilan yana ham keskin qo‘yila boshlandi. Bunga gen muhandisligining rivoji bilan bog‘liq muammolar misol bo‘la oladi. Ilmiy ijod erkinligi aslida davlat hokimiyati va fan orasidagi o‘zaro munosabatdan kelib chiqadi. Ilmiy bilishda olimlar ijtimoiy mas’ulliginingvtobora ortib borishi jahon miqyosida globallashuv jarayonlari tobora keskin tus olayotgan hozirgi davr xususiyati hisoblanadi. Ahloqiy me’yorlar ahamiyatining tobora ortib borishi ayrim ilmiy yo‘nalishlardagi tadqiqotlarni cheklashda o‘z ifodasini topmoqda. Bunga gen muhandisligi, tibbiyot ilmiga doir ayrim tadqiqot mavzulari misol bo‘la oladi. Fan, uning yangiliklariga munosabat tobora o‘zgarib bormoqda, chunki fan sof ilmiy bilim asosiga quriladi, u shak-shubhasiz qadriyat,jamiyatga, inson va insoniyat muammolariga nisbatan neytral (tamomila mustaqil), uning siyosatga, ma’naviyatga, qadriyatlarga hech qanday aloqasi yo‘q qabilidagi qarashlar hayotda o‘z isbotini topmadi. Gap shundaki, jamiyat moddiy va ma’naviy omillarning uzviy birligidan iborat yaxlit ijtimoiy tizim. Bu tizimning barcha elementlari (iqtisod va siyosat, fanxm va ijtimoiy hayot) o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘langan va o‘zaro ta’sir va aks ta’sirda. Fan shu murakkab ijtimoiy tizimning tarkibi va u jamiyat taraqqiyotini ta’minlashi lozim bo‘lgan ijtimoiy ong shakli. U jamiyatga faol ta’sir ko‘rsatgani singari jamiyat, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy omillar, ijtimoiy jarayonlar ilmiy bilimlar shakllanishining muhim omili hisoblanadi. Fan faqat ilmiy bilimlarning o‘zigina emas, u inson (olim shaxsi)ning ongli faoliyati hamdir. Olim shaxsi, uning xulq-atvori, faoliyatida, u yashagan ijtimoiy muhit, muayyan davr qadriyatlari namoyon bo‘ladi. Shu muhitga xos qadriyatlar – insonparvarlik, xalq, jamiyat manfaatlari yo‘lida xizmat qilish, tanlov erkinligi kabi qadriyatlar olim shaxsida o‘z ifodasini topadi. Mazkur muhit bag‘rida shakllangan ehtiyoj va manfaatlar uning ilmiy faoliyati uchun asos hisoblanadi. Olimlarning ijtimoiy mas’uliyatining ortib boruvi XX asr oxiri va hozirgi davrda tabiiy-ilmiy va texnik bilimlarning insonparvarlashuvida o‘z ifodasini topdi. Fikr erkinligi va olim mas’uliyati muammosi xilma xil fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar ilmiy tadqiqotlar uchun hech qanday to‘siq bo‘lmasligi lozim, deb hisoblasalar, boshqalar fan albatta davlat tomonidan boshqarilmog‘i lozim, degan fikrni ilgari surganlar. Bu borada hozirda fan oldida ko‘ndalang bo‘lib turgan asosiy muammo “Bizga nima qilishimizga yo‘l qo‘ymaydi?, “Nimadan biz o‘zimizni tiyishimiz lozim” kabi savollar orqali ifodalash mumkin. Bundan fan taraqqiyotining muhimligiga shak-shubha yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Lekin ilmiy izlanishla rchegarasini aniqlash vaqti keldi, degan xulosa kelib chiqadi. Bu chegara inson, insoniyatning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq va tabiat bilan jamiyat aloqadorligiga bevosita taalluqli. Ilmiy bilimlarning amaliyotga tatbiqi tabiat-jamiyat munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida dunyoning, insonning unga ta’sirini inobatga oladigan “yangicha” modelini ilmiy asoslash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Rim klubi nazariyotchilarining dunyoning “yangi modeli”da insonvomilining o‘rni, fan- texnika taraqqiyoti gumanizm maqsadlaridan kelib chiqmog‘i lozim, degan asosli qarashlari ijtimoiy zarurat va olim mas’uliyati muammosini hal etishning o‘ziga xos yangi yo‘li bo‘lsa, ajab emas. Xulosa: Fan jamiyat talablarini o‘zida aks ettiradi va uning taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat taraqqiyotida inson va insoniyat manfaatlarining o‘rni uning tobora inson parvarlashuvini taqazo etadi. Insonparvarlik tamoyillarining ustivorligi jamiyat hayotining barcha tomonlarida shu jumladan fan taraqqiyotida ham o‘z ifodasini topmog‘i lozimligi fan aksiologiyasi va etikasida o‘z ifodasini topadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling