Ilmiy tadqiqot metodologiyasi tasnifi. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi tushunchasi, dolzarbligi va ahamiyati


Download 7.43 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.43 Kb.
#1563294
Bog'liq
Ilmiy t m


ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI TASNIFI.
1.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi tushunchasi, dolzarbligi va ahamiyati

  • Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.

  • Xo’p bizda savol paydo bo‘ladi. Falsafa qachon paydo bo’lgan?

  • Insoniyat tarqiyyotining muayyan davrigacha olam haqidagi bilimlar tizimi sifatida “Falsafa” paydo bo‘lgan, mutaffakirlarning ilmiy, falsafiy g‘oyalari sifatida taqdim tilgan, jamoatchilik tomonidan ularga munosabat bilidirilgan.

  • Falsafa olamni bilishga ehtiyoj mahsuli sifatida namoyon bo‘lsa, fan shu ehtiyojga javob izlash maxsuli sifatida paydo bo‘ladi.

Ehtiyoj
Falsafa
Fan

  • Ilmiy tadqiqot- bu insonning o’zi va atrofidagi o’zgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayyor turishi, yangicha tafakkur qilishi asosida o’z qobig’idan chiqa olishidir. Shuningdek, ilmiy tadqiqot metodologiyasi boshqa fanlar, jumladan iqtisodiyot fani metodologiyasi bilan falsafiy metodologiyaning o‘zaro munosabatini tushuntiradi, ilmiy fakt, eksperiment, nazariyalar va boshqa falsafiy metodlarning ilmiy tadqiqot metodlari sifatida ahamiyatini ko‘rsatib, ilmiy bilimda falsafaning o‘rnini aniqlab beradi.

  • Ilmiy tadqiqot- fanni rivojlantirish shakli, ya’ni voqea va jarayonlarni o‘rganish, ungacha turli omillar ta’sirini tahlil qilish, fan va amaliyot uchun foydali hamda isbotlangan samarali yechimlarni taklif etishdan iborat.

  • Ilmiy-tadqiqot faoliyati insonga o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholashga amaliy yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo‘lishni istasa, o‘ zining ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg‘ul bo'lishi lozim. Bunday faoliyatning natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida namoyon boiadi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy faoliyatni tahlil qilish, tushunish va unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlami ochadi. Shu nuqtai nazardan ham ilmiy-tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlami yanada chuqurroq tadqiq etish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam beradi.

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi — bilimlarga, fanga yondashuvning umumilliy prinsiplari va metodlarini o’rgatadigan fandir.

  • Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ulanadigan mutaxassis izlanish ob’ekti, predmeti, tadbiq qilinadigan usullar, uslubiy va konseptual vositalar to‘g‘risida mulohaza yuritadi. Bunday mulohaza metodologiya ilmi predmetini tashkil qiladi.

Download 7.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling