Ilmiy tadqiqot metodologiyasi


-mavzu: Ilmiy tadqiqotning tiplari


Download 305.59 Kb.
bet28/70
Sana28.12.2022
Hajmi305.59 Kb.
#1009927
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

3-mavzu: Ilmiy tadqiqotning tiplari

Reja:
1.Ilmiy tadqiqotning tiplari.
2.Innovatsion tadqiqotlar. Yoshlarning fundamental, amaliy va innovatsion loyihalari.
3.Xalqaro jamg‘armalarning ilmiy loyihalari va ularda ishtirok etishning ahamiyati.
4.Fan va ishlab chiqarish aloqadorligi, vorisiylik va novatorlik.

Ilmiy tadqiqotlarning tiplari. Fan taraqqiyoti odatda uni rivojlantiruvchi olimlarning ilmiy izlanishlari natijasiga bog‘liq. SHu bois, olimlarning faoliyatini tashkil qilishga yo‘naltirilgan byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armadan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot loyihalariga tanlovlarning e’lon qilinishi keyingi yillarda dunyo bo‘yicha keng rivojlanmoqda. Darhaqiqat F.Bekon fanda o‘z-o‘zicha foyda keltirmaydigan, lekin «sabablar va aksiomalar»ni bilishga ko‘maklashadigan tajribalar hamda foydali kashfiyotlar va ixtirolarga eltadigan tajribalar borligini ta’kidlagan edi74. YAngi davrdan boshlab, fan o‘zining birinchi toifadagi tajribalari ikkinchi toifadagi tajribalarga yo‘l ochishiga qarab tobora ko‘proq mo‘ljal oladi. Hozirgi zamon fanining amaliyotga qarab mo‘ljal olishi mazkur fanga xos bo‘lgan xususiyat va shu bilan bir vaqtda jamiyat fanga qo‘yuvchi muhim talablardan biridir. O‘z navbatida, amaliyot ham fanga tobora ko‘proq tayanmoqda. Fanning amaliyot sari harakatining turli bosqichlariga ilmiy tadqiqotlarning bir-biri bilan bog‘langan, lekin shunga qaramay turli tiplari muvofiq keladi:
1) byudjet hisobidagi: fundamental tadqiqotlar;
2) amaliy tadqiqotlar;
3) tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalar;
4) innovatsion tadqiqotlar;
5) YOshlarning amaliy va fundamental tadqiqotlari;
6) byudjetdan tashqari: nodavlat-notijorat tashkilotlarning ijtimoiy loyihalari;
7) xalqaro jamg‘armalarning loyihalari.
Fundamental tadqiqotlar. Sof fundamental tadqiqotlarning maqsadi – olam, uning abadiyligi haqidagi yangi bilimlarni egallashdir. Bunda fundamental ilmiy bilim empirik va nazariy, nazariy-eksperimental bo‘lib, konkret sharoitlarga bog‘liq holda ularni egallash davri va undan keyin ijtimoiy buyurtmaning yanada puxtaroq bo‘lishi ham amaliy, ham noamaliy bo‘lishi mumkin. Fundamental tadqiqotlar voqelik hodisalari va qonunlari haqida yangi bilim olishga qaratiladi. Ular biron-bir amaliy maqsadlarga erishishni bevosita ko‘zlamaydi. Bu erda tadqiqotchini haqiqat o‘z-o‘zicha qiziqtirmaydi, u mazkur haqiqatning tagiga etish qanday foyda keltirishi mumkinligini bilmasdan uni izlaydi. Fundamental tadqiqotlar ikki xil: erkin va aniq maqsadga qaratilgan bo‘ladi.
Erkin tadqiqot (izlanish) odatda individual xususiyat kasb etadi yoki ish maqsadini mustaqil belgilash va unga zarur bo‘lgan mablag‘larni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lgan olim tomonidan boshqariladi. Erkin izlanish rejimida ish olib borayotgan olim o‘z faoliyati metodlari va yo‘nalishlarini tanlashda erkin bo‘ladi. Uning aqlida kutilmagan g‘oyalarning paydo bo‘lishi, agar ular olimga qiziqarli bo‘lib tuyulsa yoki tabiat qonunlarini yanada teranroq tushunishni va’da qilsa yoinki tadqiqotning yangi sohalarini ochish imkoniyatini bersa, ilmiy izlanish yo‘nalishini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Aniq maqsadga qaratilgan fundamental tadqiqotda ilmiy izlanish yo‘nalishi aniq belgilangan bo‘ladi va tadqiqotchilardan qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lidan og‘maslik talab etiladi. Odatda, bunday tadqiqot muayyan tashkilot tarkibida, jamoa bo‘lib amalga oshiriladi. Unda jamoa ishiga ma’muriy rahbarlik qilish tizimi ulkan rol o‘ynaydi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy guruhlar, laboratoriyalar, bo‘limlar tashkil etiladi, ularning faoliyati muvofiqlashtiriladi. Agar tadqiqot yo‘li lozim darajada aniq bo‘lsa, uni rejalashtirish, har bir bosqichda olinishi kerak bo‘lgan natijalarni hamda buning uchun zarur texnika va moddiy vositalarni nazarda tutish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Nofundamental bilimlar (ya’ni, abadiy bo‘lmagan, o‘tkinchi) barcha variantlarda: nazariy, amaliy va noamaliy bo‘lishi mumkin. Masalan, teplorod va flogiston haqidagi ta’limotlar ham nazariy-eksperimental, ham amaliy xarakterda bo‘lishi mumkin (teplorod haqidagi ta’limot asosida issiqlik o‘tkazgichlarning ko‘plab masalalarini echish mumkin). SHuni alohida ta’kidlash kerakki, mazmuniga ko‘ra «fundamental bilim» - «nofundamental bilim», «amaliy bilim» - «noamaliy bilim», «nazariy bilim» - «empirik bilim», «ma’naviy maqsad» - «amaliy maqsad» kabilar o‘xshash tushunchalar bo‘lib, «fundamental bilim» (tadqiqot), amaliy bilim (tadqiqot) tushunchalari zinhor qarama-qarshi emas. Bu erdagi farq faqat maqsadda anglanadi. «Sof amaliy» tadqiqotlarning «sof fundamental» tadqiqotlar maqsadidan farqi nafaqat ma’naviy bilim, balki ijtimoiy buyurtmani qondiruvchi utilitar-tajribaviy natijadir. Demak, fundamental tadqiqotlarda tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo‘li va tadqiqot natijalarini tanlash aniqlik, etarli asos, mavjud asosli bilimlarga mos kelish va h.k. kabi qadriyatli mezonlar bilan boshqariladi.
Amaliy tadqiqotlar. Amaliy tadqiqotlarning xususiyati shu bilan belgilanadiki, ular amaliy vazifalarni echish uchun kerakli bo‘lgan bilimni olishga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘ljal oladi. Bunda gap ayrim turdagi amaliy vazifalarni echish haqida boradi. Ilmiy xodim boshqa imkoniyatlarni o‘rganish uchun, hatto ular qiziqarli natijalarni va’da qilayotgan bo‘lsa ham, mazkur tadqiqot chizig‘idan chetga chiqishi mumkin emas. Ish rejalari va grafiklarini hamda ularni bajarish to‘g‘risida hisobotlarni vaqti-vaqti bilan taqdim etish odatda amaliy tadqiqotlarni moliyalashtirish sharti hisoblanadi. Amaliy tadqiqotlarda boshqarish boshqa qadriyatli mezonlar asosida amalga oshiriladi: texnologik jarayonlarning texnik-iqtisodiy tasnifi va mahsulotning ehtiyojli tasnifi kabilar shular jumlasidandir. Ko‘p hollarda amaliy tadqiqotlardagi murakkab jarayonlar chetlab o‘tiladi va empirik metodikalarga, amaliy tavsiyalarga, tasodifan aniqlangan konstruktiv va texnikaviy parametrlarning o‘zaro aloqadorliklari va h.k.ga xayrihoxlik bildiradi. Mixail Vasilevich Lomonosovning bundan ikki yuz yil ilgari fundamental va texnika fanlarini bo‘lish haqidagi fikrlari yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol dalili bo‘la oladi (ma’lumki, «texne»-yunoncha san’at, mahorat). «Kimyoning foydasi haqida so‘z ketganda» ma’ruzasida olim: «O‘rganish orqali egallangan bilishni fan va badiiylikka bo‘ladi. Fan narsalar haqida aniq tushuncha beradi, yashirin harakat va sabab xossalarini ochib beradi; badiiylik inson foydasini boyitishi uchun ularni qo‘llaydi. Fan bizdagi tug‘ma va shakllangan qiziqishlarni qondiradi; badiiylik yangilik izlaydi. Fan badiiylikka yo‘l ochadi, badiiylik fan taraqqiyotini jadallashtiradi. Har ikkalasi kelishilgan holda umumiy foyda uchun xizmat qiladi75». M.V.Lomonosov ijodida badiiylik sun’iy dalillarni yaratishdagi faoliyatning barcha sohalarida insondagi ijodiy ruh, texnika uskunalari, metallurgiya, me’morchilik, tasviriy san’atda namoyon bo‘ladi. Uning fikricha: «Badiiylikda birinchi o‘rinda metallarni topuvchi, tozalovchi metallurgiya turadi. Zero, metall jamiyat ehtiyojini qondiruvchi narsalarga go‘zallik ato etadi. U bilan cherkovlarni bezaydilar, kemalar va yovga qarshi qurollar yasaydilar»76. YUqoridagi so‘zlarda fundamental va texnik bilimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik etarli asoslangan. SHuningdek, kimyo ham badiiy-ilmiy va texnik bilim sohasiga tegishli ekanligi e’tirof etilgan.
Metodologik jihatdan muhokama qilinadigan masala texnik bilim sohasiga fundamental amaliy tadqiqotlarning mos kelishi masalasidir. Bu erda «fundamental tadqiqotlar» va «amaliy tadqiqotlar» tushunchalari mazmuniga ko‘ra, bir xil, ammo mohiyatiga ko‘ra ziddiyatli emasligiga e’tibor qaratiladi. Bu fundamental va amaliy tadqiqotlarni predmet, metod va tadqiqot maqsadi, shuningdek, uning natijasi sifatida o‘rganilganda aniq ko‘rinadi. Masalan, issiqlik mashinalarining fundamental tadqiqotlari fundamental yangi bilimlarga –termodinamikaning ikkinchi boshlang‘ich asosiga olib keldi, va aksincha, genetik kodning fundamental tadqiqotlari hozirgi zamon biotexnologiyasining asosi sifatida yuqori ilmiy texnologiyalarining shakllanishi – gen injeneriyasiga olib keldi. Tarixda bunday misollar juda ko‘p.
Fundamental va amaliy tadqiqotlarni bir-biriga qarshi qo‘yish bilan bog‘liq (lingvistik jihatdan «va» bog‘lovchisi bilan ifodalanuvchi) xato shundan kelib chiqadiki, ko‘pincha amaliy texnik-muxandislik faoliyati sohasida fundamental bilimlar olinmaydi va qo‘llanilmaydi (yoki kam qo‘llaniladi); binobarin, fundamental tadqiqotlar sohasidan olinuvchi yangi bilimning ko‘pgina bo‘limlari amalda qo‘llanilmay qolib ketadi. Bundan xulosa shuki, fundamental va amaliy tadqiqotlarni qarama-qarshi qo‘yish tadqiqotchi faoliyatining predmeti yoki metodini farqlashga (ular mos kelishi ham mumkin) emas, balki tadqiqotchi faoliyatining maqsadini va unga mos keluvchi qadriyatlarga oid mo‘ljallarni farqlashga asoslanishi mumkin.
Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari. Amaliy tadqiqotlardan farqli o‘laroq loyiha konstruktorlik ishlanmalari konkret texnik vazifani bajarish maqsadini ko‘zlaydi. Bu, masalan, biron-bir apparat yoki inshoot loyihasini yaratish, ishlab chiqarishning texnologik sxemalarini tayyorlash bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilik ishlanmalari odatda biron-bir prinsipial yangi ilmiy bilimlarni olish yo‘lidagi izlanishlar bilan bog‘liq bo‘lmaydi, lekin konkret loyiha-konstruktorlik vazifalarini echish uchun fundamental va amaliy fan natijalaridan foydalanishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi. Bu erda gap kashfiyotchilik haqida emas, balki ixtirochilik haqida boradi.
Fundamental va amaliy tadqiqotlarda olim amalda mavjud bo‘lgan, lekin noma’lum narsa yoki hodisani tavsiflash va tushuntirishga harakat qilsa, loyiha-konstruktorlik ishlanmalari ustida ishlovchi ilgari mavjud bo‘lmagan narsani o‘ylab topish va yaratishga harakat qiladi. Birinchi holda narsani tabiat yoki inson qanday qilib yaratganligini bilish va tushunish kerak bo‘lsa, ikkinchi holda narsani qanday yaratish mumkinligini bilish va tushunish talab etiladi. Bu holat tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalarining fan tizimidagi alohida o‘rnini belgilaydi. Ular, bir tomondan, ilmiy faoliyatning alohida turi sifatida qaralishi mumkin, boshqa tomondan esa – texnik va texnologik vazifalarni «tayyor» ilmiy bilimlar asosida echishdan iborat bo‘lgan muhandislik faoliyati sifatida amal qiladi.
Masalan, aerodinamika sohasidagi fundamental tadqiqotlar gaz muhitida gazlar va jismlar harakatining qonuniyatlarini aniqlashga qaratilgan. Olimlar aerodinamik jarayonlarning mohiyatini tushunishga harakat qilib modellar va nazariy sxemalarni tuzadilar, umumiy teoremalarni ta’riflaydilar. Aerodinamika sohasida amaliy tadqiqotlar muayyan amaliy vazifalarni echish nazariyasini yaratish maqsadida olib boriladi. Mazkur tadqiqotlarda qanot nazariyasi, vint nazariyasi, samolyot dinamikasi, aerodinamik vibratsiyalar nazariyasi va hokazolar rivojlantiriladi. Nihoyat, tadqiqotchilik ishlanmalari konkret uchish apparatlarining loyihalarini yaratishda qo‘yiladigan texnik vazifalarni echishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Bunda aerodinamikaning o‘zidangina emas, balki fanning boshqa sohalaridan ham ma’lumotlarni keng jalb qilishga to‘g‘ri keladi (masalan, kimyodan – berilgan xossalarga ega bo‘lgan alohida sun’iy materiallarni ishlatish zaruriyati tug‘ilganida).
Innovatsion tadqiqotlar muayyan sohada mavjud bilimlarga tayanib ishlab chiqarish uchun foydali yangi ishlanmani ixtiro qilishni nazarda tutadi. Innovatsion loyihaning o‘ziga xos xususiyati, unda eskida yangilik elemenlarining borligi bilan belgilanadi.
YOshlar ilmiy tadqiqot loyihalari bu nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lib, unda yosh olimlarning fundamental va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy izlanish natijalari o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan dastlabki yillardayoq olimlarning ijodiy izlanishlari uchun sharoit yaratildi. Barcha tipdagi ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha tanlovlar e’lon qilinib, ularning nazorati “Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtiruvchi Davlat qo‘mitasi” da tashkil qilingan.

Download 305.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling