Ilmiy tadqiqot tushunchasi Ilmiy tadqiqot —


Download 75.57 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi75.57 Kb.
#1193896
  1   2   3
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot tushunchasi


Ilmiy tadqiqot tushunchasi
Ilmiy tadqiqot — fanni rivojlantirish shakli, ya’ni voqea va jarayonlarnii o'rganish, unga turli omillar ta’sirini tahlil etish, fan va amaliyot uchun foydali va isbotlangan samarali yechimlarni taklif etishdan iborat.
Har qanday ilmiy tadqiqot - faoliyatini tashkil etish metodologiyasi,
ya’ni metodlar majmuiga tayanadi. Maqsadiga ko‘ra ilmiy tadqiqot nazariy tadqiqotlari va amaliy tadqiqotlar shaklida namoyon bo'ladi.
Nazariy tadqiqotlar yangi tamoyillami yaratishga yo'nalgan. Amaliy
tadqiqotlar yangi metodlami yaratishni nazarda tutadi.
Maqsadiga ko'ra ilmiy tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga
oshiriladi.
Individual ilmiy tadqiqot - yakka tartibda amalga oshiriladigan va kashfiyot yoki innovatsion ixtiro natijalari uchun shaxsan o ‘zi javob berishi kо’zda tutilgan tadqiqotdir.
Individual ilmiy tadqiqotda olimning shaxsiy qiziqishlari doirasida
maqsadli faoliyat amalga oshiriladi. Zero, fanda olimlaming
professionallashuvi ulaming mehnatga munosabati, intellektual salohiyati nuqtai nazaridan individuallashib boradi. Olimning faoliyati fanning faqat bir tarmog'idagi faoliyatda namoyon bo'ladi, ishning aniq yo'nalishi ajratib olinib, egallangan bilimlar seleksiya (saralanadi) qilinadi.
Mavzuning to'g'ri tanlamshi bilimlar seleksiyasi bilan bog'liq bo'lsa, muammoning yechimini topish yo'lidagi ilmiy izlanish shu bilimlarni takomillashtirishni talab qiladi. Shu tarzda olim mutaxassis sifatida shakllanadi vapirovard natijada tom ma’nodagi olimga aylanadi. Individual tadqiqotning o'ziga xom xususiyati unda vorisiylikning amal qilishidir. Zero, tadqiqotchi ilmiy muammo bo'yicha izlanish olib
borish uchun dastlab ilmiy rahbarining ish yuritish uslubini o'rganadi, ilmiy adabiyotlaming tahliliga murojaat qiladi, muhim va nomuhim ma’lumotlami saralaydi va masalaning mohiyalini o'zining intellectual salohiyati darajasida tahlil qiladi.

Download 75.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling