Ilmiy tadqiqot uslubi


Download 27.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2020
Hajmi27.6 Kb.
#119410
Bog'liq
ITM yakuniy-Olimjonov N


 

1.  Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari. Xalqaro ilmiy  loyihalar va amaliy ishlanmalar. 



Ilmiy tadqiqot uslubi bu muayyan bilish maqsadini hisobga olgan holda ma’lum bilish 

vazifalarini hal etishga qaratilgan aqliy va (yoki) amaliy operasiyalar (tartib-qoidalar) 

tizimidir. 

Ilmiy tadqiqot uslublari turlar: 

• 

nazariy 



• 

empirik 


 

 Tadqiqotning nazariy uslublari: 

• 

Abstraktlashtirish - T.U., boshqa barcha parametrlarni hisobga olmagan holdagi bitta 

ajratilgan parametrni alohida holida ko’rib chiqishdan iborat. 

• 

Tahlil - T.U., tadqiq qilinayotgan jarayon yoki hodisaning maxsus va teran mustaqil 

o’rganilishi uchun bunday jarayon yoki hodisa ularning tarkibiy qismlariga 

bo’lib tashlanadigan fikriy operasiyani nazarda tutadi. 

• 

Analogiya – o’xshashligi, prototipi tanlanadigan fikriy operasiya. 

• 

Deduksiya –  fikrlashning umumiy qonuniyatlardan xususiy faktlarga tomon 

rivojlanishini nazarda tutadigan fikriy operasiya. Induksiya  –  xususiy 

faktlarni umumlashtirish mantiqiga asoslangan fikriy operasiya. 

• 

Tasniflash –  o’rganiladigan obyektlar, faktlarni o’rganishning nazariy uslubi; T.U., 

hodisalarni bir-biriga nisbatan tartibga solishga asoslanadi. 

• 

Aniqlashtirish –  abstraktlashtirishga teskari jarayon, yaxlit, o’zaro bog’liq, ko’p 

tomonlama obyektning topilishini nazarda tutadi. 

• 

Modellashtirish — T.U., modelning qurilishini nazarda tutadi. 

• 

Umumlashtirish - muhim fikriy operasiyalardan biri bo’lib, uning natijasida obyektlar 

va ular munosabatlarining nisbatan barqaror xususiyatlari ajratiladi va qayd 

qilinadi. 

• 

Sintez - fikriy operasiya, uning jarayonida aniqlangan elementlar va faktlardan yaxlit 

manzara qayta tiklanadi. 

• 

Qiyoslash –  T.U., obyektlarning o’xshashligi va farqlarini, umumiyligi va 

alohidaligini aniqlash maqsadida obyektlarning qiyoslanishini nazarda tutadi. 



   

Tadqiqotning empirik uslublari: 

• 

Suhbat – T.U., javob beruvchi bilan shaxsiy aloqani nazarda tutadi. 

• 

Kuzatuv –  eng ko’p axborotli T.U., idrok etish mumkin bo’lgan o’rganilayotgan 

jarayonlar va hodisalarni chetdan turib ko’rishga imkon beradi. 



16 

 

 



variant 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot 

texnologiyalari  universiteti, “ATDT” kafedrasining                     

dagi        sonli majlisida  tasdiqlangan 

 

 

 



 

 

 



Tasdiqlayman 

“ATDT” kafedrasi 

mudiri, t.f.d. 

 

 



 

 

1. 



Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari. Xalqaro ilmiy loyihalar va amaliy ishlanmalar 

2. 


Ilmiy izlanish usullaridan foydalanish (kuzatish va 

t

l h) 



 

• 

Tekshirish – bu tadqiq qilinayotgan obyektning u yoki boshqa darajadagi teranlik va 

detallashtirish bilan o’rganilishi bo’lib, bu tadqiqot maqsadlari va vazifalari 

bilan belgilanadi. 

• 

Tajriba ishi –  jarayonga yanada yuksak natijalarni olish maqsadida oldindan 

o’zgartirishlar, innovasiyalarni kiritish uslubi. 

• 

Sinov - umumiy empirik T.U., u boshqariladigan sharoitda o’rganilayotgan obyektlar 

ustidan qat’iy nazorat yuritilishiga asoslanadi. 

2.  Ilmiy izlanish usullaridan foydalanish 

Ilmiy bilish metodlarini falsafada uch turga bo‘lib o‘rganiladi: 

1. Ilmiy bilishning eng umumiy metodi. 

2. Ilmiy bilishning emperik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar. 

3. Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar 



Ilmiy bilishning eng umumiy metodi, tadqiqotchilarning har qanday 

ongli amaliy va nazariy faoliyatida, hamma va har qanday ilmiy tadqiqot 

sohasida qo‘llanilsa, ilmiy bilishning emperik darajasida esa ko‘pchilik 

yoki bir gurux fan sohalarida qo‘llaniladi va oxirgisi, nazariy darajasi 

asosan ilmiy bilishning nazariy bosqichida qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda tarixiy 

o‘zining haqiqatligini ilmiy izlanishda samaraliligi bilan ajralib turgan quyidagi 

usullar, metodlar mavjud:  

kuzatish va eksperiment, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, umumlashtirish, 

abstraktlashtirish va konkretlashtirish, tarixiylik va 

mantiqiylik, ideallashtirish, modellashtirish. 



Kuzatish va eksperiment metodlarida kuzatishda harakat o‘zgarishi va 

rivojlanishidagi ma’lum ob’ektni tabiiy sharoitda u qanday bo‘lsa, shu 

holicha diqqat bilan belgilangan vaqt ichida ma’lum maqsad asosida ko‘zdan 

kechirib borilsa, eksperiment sharoiti sun’iy yaratiladi. Izlanuvchi sub’ekt izlanish 

ob’ektiga aralashmay, ta’sir ko‘rsatmay o‘rgansa, bu kuzatish usuli hisoblanadi. 

Kuzatishning qay darajada bo‘lishi qo‘yilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan 

narsa hodisalar haqida oldindan bilishga ega bo‘lishiga bog‘liqdir. Kuzatish asbob 

yoki asbobsiz olib borilishi mumkin. Chunki, asbob kuzatish doirasini kengaytiradi

idrok qilish qobiliyatini kuchaytiradi. 

Kuzatish vaqtida olimning faoliyati ikki xil: aktiv va passiv bo‘ladi, 

ya’ni ob’ektga nisbatan passiv bo‘lsa, ko‘zatish jarayonini ijodiy 

tashkillashtirilishida aktivdir. 

Eksperimentda tadqiqotchi o‘z o‘rganish ob’ekti aktiv ta’sir qilishi, 

kuzatishining borishida aralashishi, ya’ni o‘zgartirishi mumkin. 



Eksperiment - tajribada sinab ko‘rish orqali fanda hodisalarni bilish 

faoliyatida tadqiq qilish, o‘rganishdir. Bunda sub’ekt ob’ektga maqsadli 

faol ta’sir ko‘rsatadi, o‘zgartirishlar, sun’iy sharoitlar yaratadi, o‘zini 

qiziqtirgan tomonlarni o‘rganadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharoitda 

kuzatish orqali hosil qilish mumkin bo‘lmagan bilimlarni olish 

imkoniyatini beradi. Kuzatish, taqqoslash, o‘lchash eksperiment bilan 

o‘zviy bog‘liqdir. 


Kuzatish va eksperiment asosida hosil qilingan fakt va ma’lumotlar 

esa o‘z navbatida tadqiqotchidan nazariy bilishning induktiv va deduktiv 



metodlari bilan chambarchas bog‘liqdir. 

Download 27.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling