Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Loyihalarni moliyalashtirish tartibi


Download 0.65 Mb.
bet21/26
Sana23.09.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1685300
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
133 09.03.2020

3-bob. Loyihalarni moliyalashtirish tartibi
24. “Startap” loyihalarni moliyalashtirish kollegial organ qarori va Buyurtmachining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
25. “Startap” loyihalarni moliyalashtirish Buyurtmachi, talabnoma beruvchi (talabgor) va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Agar davlat muassasasi yoki jismoniy shaxs tomonidan berilgan “startap” loyiha kollegial organ tomonidan ma’qullansa, u holda moliyalashtirish to‘g‘risidagi shartnoma ushbu “startap” loyihani amalga oshirish uchun ochilgan yuridik shaxs (kompaniya) bilan tuziladi.
27. Moliyalashtirilayotgan “startap” loyihalar ijrochi tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi yoki “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti maqomini olish huquqiga ega.
4-bob. “Startap” loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish tartibi
28. “Startap” loyihalarning ijrochi tashkilotlari kalendar rejada belgilangan muddatlarda Buyurtmachiga hisobot taqdim etadi.
29. “Startap” loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish ilmiy-texnik kengashni jalb qilgan holda, ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi organ besh ish kuni muddatida monitoring natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan hisobotni Buyurtmachiga taqdim qiladi.
30. “Startap” loyihalarda belgilangan muddatda rejalashtirilgan ishlar bajarilmaganligi hamda loyihalar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish bo‘yicha muddatlar buzilishi moliyalashtirishni to‘xtatish, shuningdek, “startap” loyiha ijrochisi va Buyurtmachi o‘rtasidagi shartnomani bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ushbu Nizom qoidalarini buzishda ayblangan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Startap loyihasiga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishga talabnoma beruvchi (talabgor) va ijrochi tashkilot rahbari javobgardirlar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
“Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Startap” loyihalarini tasdiqlash va moliyalashtirish tartibining
SXEMASI

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qaroriga
3-ILOVA

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling