Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. ITKning asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 0.65 Mb.
bet23/26
Sana23.09.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1685300
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
133 09.03.2020

2-bob. ITKning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. ITKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ilmiy-tadqiqot ishlari uchun davlat buyurtmasiga kelib tushgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining ekspertizasini tashkil etish, ekspertiza natijalari bo‘yicha asoslangan xulosalar ishlab chiqish;
fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnik mahsulotlar bozorini kengaytirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha, shuningdek, tegishli tanlovlarda ularning ishtiroki uchun tavsiyalar berish;
Buyurtmachiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini (zarur hollarda xalqaro hamkorlik dasturlarini) ko‘rib chiqish, takomillashtirish, ro‘yxatga olish va tasdiqlash bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik xulosalar tayyorlash;
nodavlat notijorat tashkilotlari, olim va mutaxassislar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-ishlab chiqarish tuzilmalari, ilmiy-texnik markazlar va texnoparklar tomonidan taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish natijalari asosida Buyurtmachiga xulosa va tavsiyalar kiritish;
davlat buyurtmasi doirasida mualliflik asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarining plagiatini aniqlash va identifikatsiyalash;
oraliq va yakuniy hisobotlarni tahlil qilish, har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi amalga oshirilishini monitoring qilish yoki loyihalarni tugatish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish va loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish bo‘yicha Buyurtmachiga xulosalar kiritish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyat natijalarini qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
Buyurtmachining kollegial organida ko‘rib chiqish uchun ishlab chiqilgan dasturlarning ekspert xulosalarini tahlil qilish va tayyorlash;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi obyektlarni noyob ilmiy obyektlar ro‘yxatiga kiritish yuzasidan xulosa ishlab chiqish;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish, ularning natijalarini ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalariga tatbiq etishda ishtirok etish, olib borilayotgan tadqiqotlarni yaxshilash va faollashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
6. ITK unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat buyurtmasi doirasidagi ilmiy faoliyatga oid loyihalar, shuningdek Buyurtmachi tomonidan moliyalashtiriladigan “startap” loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazadi;
grant mablag‘lari olgan loyihalarni amalga oshirish davomida olingan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi, grant mablag‘lari olgan loyihalarni rejalashtirilgan ish bosqichlari va ko‘rsatkichlariga muvofiqligini aniqlaydi, zarur hollarda rejalashtirilgan tadqiqotlarni tartibga solish va kerakli natijalarni olish bo‘yicha tavsiyalar beradi;
grant mablag‘lari olgan loyihalarni amalga oshirish davomida olingan natijalar monitoringini amalga oshiradi, shuningdek, ularni patentlash va litsenziyalash va ushbu loyihalar bo‘yicha hisobotlarni monitoring qilish yuzasidan tavsiyalar beradi;
mamlakatni ilmiy-texnik va innovatsion rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqishga takliflar tayyorlaydi, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarni yaratishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollarini rivojlantirish, yaratilgan ilmiy-innovatsion salohiyat asosida rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish yo‘llari va mexanizmlarini belgilashda ishtirok etadi;
davlat buyurtmasi doirasida taqdim etilgan hujjatlar, ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni, shuningdek, boshqa loyiha takliflarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazadi hamda ekspertiza natijalarini Buyurtmachining kollegial organiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
7. Ilmiy loyihalarning ilmiy ekspertizasi fan yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ITK tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ilmiy ekspertiza muddati Buyurtmachi tomonidan ITKga loyiha yuborilgan sanadan boshlab bir oydan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ilmiy loyihalarning ilmiy ekspertizasining ikkinchi bosqichi bir oy mobaynida amalga oshiriladi. Bunda loyiha bo‘yicha qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazilishi talab etiladigan hollarda ushbu muddat Buyurtmachi bilan kelishilgan holda yana ikki oygacha uzaytirilishi mumkin. ITK tomonidan qabul qilingan qarorlar Buyurtmachiga besh kun ichida taqdim etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
9. ITK tomonidan taqdim etilgan monitoring va hisobot natijalari ekspertizadan o‘tgan loyihani moliyalashtirishni davom ettirish, to‘xtatish yoki vazifalari va bosqichlarini qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling