Ilmiy tadqiqotda- sinergetika muammosi. Reja


Download 88 Kb.
bet1/2
Sana22.07.2023
Hajmi88 Kb.
#1661716
  1   2
Bog'liq
6-ma ruza-Sinrtgetika

  • Ilmiy tadqiqotda- sinergetika muammosi.
  • Reja:
  • 1. “Sinergetika tushunchasi o‘z - o‘zidan tashkillanuvchi sistemalar haqidagi fan.
  • 2. “Sistema” tushunchasi. Ochiq va yopiq, chiziqli va chiziqsiz sistemalar.
  • 3. Sinergetikaning ob’ekti. Sinergetik yondashuvdagi yangilik.
  • XX - asrda yangi nazazariy va amaliy fanlar kashf etildi. Ular: nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, molekulyar genetika, atom va termoyadro energetikasi, reaktiv aviatsiya, kosmonavtika, mikro - mega fizika, sun’iy sentetik materiallar kimyosi, kibernetika - informatika, informatsion texnalogiyalar, sinergetika.
  • Sinergetika XX asrning to‘rtinchi choragida ko‘zga ko‘rina boshladi.
  • Sinergetikaning asoschisi Nobel mukofotining lauriyati, Belgiyalik fizik - kimyogar Ilya Prigojindir.
  • Sinergetika atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, birgalik, birlashgan holda, hamkorlik, ko‘maklashish, ishtirokchilik yoki ko‘maklashuvchi, yordam beruvchi degan ma’nolarni anglatadi. Mazkur atamaning qo‘llash izlarini -Vezantiyada gimistik oqim faoliyatidan ham topish mumkin. U ilmiy tadqiqotlardan ko‘pincha muvofiqlashtirlgan harakat, hamkorlik, birgalikda foydalanish, degan ma’nolarda qoilaniladi.
  • 1973 yil nemis olimi G. Xaken o‘z -o‘zini tashkil etish muammolariga bag‘ishlangan birinchi konfirensiyada nutq so‘zlagan yil sinergetikaning tug‘ulgan yili hisoblanadi.
  • G. Xaken “Sinergetika” asarida u ko‘pgina fanlarda -astronomiyadan tortib siologiyagacha - tizim alohida qismlarning birlashishi tuzulmalar yoki funksiyalarga olib kelinishini kuzatish mumkinligini qayd etadi. Sinergentika o‘zining hozirgi holatida tizim tuzulmalari yoki funksiyalari o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan vaziftlarga e’tiborni qaratadi. Jumladan, kichik tizimlar yoki qismlar o‘z-o‘zini tashkil etish jarayonlariga to‘la bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni qanday amalga oshiradilar, degan savol uni ko‘proq qiziqtiradi. Tartibsizlik holatidan tartibli holatga o‘tishda bu tizimlarning barchasi o‘zini o‘xshash tarzda tutishi ajablanarli hol bo‘lib tuyuladi.
  • Xaken yangi fanni nima uchun “sinergetika” deb nomlaganini quyidagicha tushuntiradi. Birinchidan, unda “makroskopik darajada tuzilma va tegishli faoliyatni vujudga keltiradigan ko‘plab kichik tizimlarning birgalikdagi faoliyati tadqiq qilinadi”. Ikkinchidan, tizimlarning o‘z -o‘zini tashkil etish umumiy tamoyillarini topishga daxldor fanlarni jalb etadi.
  • Olimning fikricha, turli tabiatli tizimlarning bir xil o‘z -o‘zini tashkil etish tamoyillari mavjud, demak, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumuiy aniqlovchilarini topish to‘g‘risida so‘z yuritish lozim. Sinergetika aynan manashu umumiy aniqlovchilarni topishga yo‘naltirilgan.
  • Sinergetika o‘z - o‘zini tashkil etish, struktura, chiziqsizlik, ochiq tizimlar singari asosli so‘zlar yordamida tavsiflanadi. Sinergetika ochiq, ya’ni tashqi muhit bilan modda, energiya va axborot almashuvchi tizimlarni o‘rganadi. Dunyoning sinergetik manzarasida ko‘p variantlilik va qaytarilmaslikka asoslangan shakllanish hukm suradi. Borliq va shakllanish bir tushunchaga birlashadi. Vaqt yaratadi yoki boshqacha qilib aytganda, konstruktiv funksiyani bajaradi.
  • Sinergetika ilmi fizika, kimyo, biologiya, sotsiologiyaga o‘xshagan maxsus fan bo’lmay, shu fanlarda uchraydigan o‘z - o‘zidan shakillanish ilmidir. Sinergetikaning mohiyati shundan iborat.
  • Ilgari jonli va jonsiz tabiatlar orasidagi farq mutloqlashtiriladi, ular bir - biriga zid deb qaraladi. Endi ma’lum bo‘ldiki, ular orasidagi umumiylik moddiylik emas, balki dialektika qonunlaridan tashqari ba’zi qonunlarning baravar hukmronligida bo‘lib chiqdi. Masalan, o‘z - o‘zidan tashkillanish qonuniyati fizika - biologiyada ham, jonivorlar to‘dasi - odamlar jamiyatida ham bir xil ekan.
  • Sinergetikaning asosiy masalalaridan biri termodinamika bilan evolyusion nazariya orasidagi kelishmovchilik muammosi bo‘ldi.
  • Gap shundaki, vaqt o‘tishi bilan termodinamikaning ikkinchi qonuni bo‘yicha sistema rivojlanmasdan so‘nib boradi, ayni shu paytda darvinizm ta’limoti bo‘yicha sistema rivojanib boradi. Sinergetika fani bu ziddiyatni hal qildi.
  • Sinergetika fizika, biologiya va sotsiologiyaga qaraganda umumiyroq fan. Lekin dialektika, falsafa ilmi sinergetikaga qaraganda yanada umumiyroq. Sinergetika hech vaqt falsafa fani darajasigacha ko‘tarilaolmaydi. Chunki, sinergetikaning asosiy ob’ekti bo‘lgan o‘z - o‘zidan tashkillanish bir tomondan dialektika qonuniyatiga, ziddiyat qonuniga bo‘ysunadi, ikkinchi sinergetika falsafa singari bilish nazariyasi, dunyoqarashi, ob’ekt - sub’ekt muammolari bilan shug‘ullanmaydi.
  • Darhaqiqat, materiya - ong, moddiylik - ma’naviylik, yaxshi - yomon, eski - yangi, progress, e’tirof - inkor, miqdor - sifat kabi ziddiyatlar sinergetika doirasiga sig‘maydi -dadialektika mazmuniga kiradi.

  • Download 88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling