Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar


Download 0.76 Mb.
bet11/55
Sana23.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1686139
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar

Kibernetika metodi. Kibernetika grekcha so‘z bo‘lib, rolni boshqaraman, idora etaman, boshqarish san‘ati degan ma‘noni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informasiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi.
Pedagogika kibernetika o’quv jarayonini, o’qitish va bilim berish jarayonlarini boshqarishning alohida shakli sifatida o’ziga xos xususiyatga ega, chunki pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o’rtasida juda katta farq bor.
Sotsilogik metod. Yuqoridagi sanab ko‘rsatilgan metodlar qo‘llashda tadqiq qilinayotgan o‘quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda o‘quvchilarning ko‘pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodini qo‘llash talab qilinadi. Misol uchun maktab o‘quvchilari o‘zlarining bo‘sh vaqtlardini qanday o‘tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so‘rash ko‘plab o‘quvchilardan o‘tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi. Keyingi yillarda pedagogika fanida matematik metod va xususan statistika materillarini ishlash metodlari keng qo‘llanilmoqda.
Masalan: maktablarning birida matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarning uy ishlarini bajarilishi o‘rganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish -80%, VI sinfda-75%, VIII sinfda-55% tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimaligi aniqlash darkor. Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin. Birinchidan, mazkur matematika fanining o‘quv dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni o‘qitish sifati pastligidan izlash kerak .
Pedagogika ilmiy tekshirishlari metodlaridan biri nazariy pedagogik g‘oyalarni tahlil qilish metodidir. Bu metod ta‘lim- tarbiyaning chuqur muhim masalalarini ilmiy umumlashtirish bilan emas. Balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni tajribaga asoslangan (emprik metod) yordamida amalga oshiriladi.Buni quyidagi misol bilan isbotlash mumkin. Shaxsni umumiy maqsadli rivojlantirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshadi. A.S.Makarenko ta‘kidlaganidek, odam organizmi alohida-alohida holda rivojlanmaydi, balki barchalari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bir vaqtda rivojlanadi degan xulosaga kelgan.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling