Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
Download 0.76 Mb.
|
Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etilayotgan adabiyotlar
- 13- Mavzu: Ilmiy prognoz qilish ijodiy jarayon sifatida. Reja
- Fanda bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Olimda jamoaviy faoliyat jarayonida qanday qabiliyatlar shakllanadi? Zexn va idrokning belgilari. Ishtiyoq xaqida tushuncha bering. Qoniqmaslik zexn va idrok belgisi sifatida Optimiz tushunchasini izohlang. Olimlar individual xususiyatlari qanday sinflanadi? Jamoaviy idrok tushunchasini izohlang. Olimlarning sifatini hisobga olishda nimalarga rioya qilish kerak? Ilmiy maktab tushunchasini izoxlang. Haqiqiy shogird o‘z ustoziga yetishi uchun nimalarga e’tibor berishi kerak ? Tavsiya etilayotgan adabiyotlar 1.ПерегудовЛ.В., СаидовМ.Х., АлиқуловД.Е. Илмийижодметодологияси. –Тошкент: «Молия» нашриёти, 2002. 2.Перегудов Л.. Методология научных исследований. – Ташкент, 2002 3.Грязнов В.М. Методология научного творчества. – М.: РУДН, 2000. 4.Закин Я.Х., Рашидов Н.Р. Основы научного исследования. – Т.: Ўқитувчи, 1981. – 208 с. 5.Давронов З. Илмий ижод методологияси. – Т.: Иқтисод-Молия, 2007. 6.Кафаров В.В. Метод кибернетики в химической технологии. - М.: Химия. 1991. 13- Mavzu: Ilmiy prognoz qilish ijodiy jarayon sifatida. Reja: Fanda bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti Bashoratning turlari. Ilmiy bashorat ijod shakli sifatida Fanda bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti Bashorat – u yoki bu voqealarni oldindan aytish, mavjud bo‘lgan, lekin hali tajribada qayd etilmagan voqealar yoki hodisalar haqidagi bilimdir. Bashorat ham inson faoliyati bilan bog‘langan. Masalan, 1503 yilda tug‘ilgan Mikayel Nostradamusning bashorati 2240 yilni qamrab olgan bo‘lib, 1557 yildan 3797 yilgacha davom etadi. Nostradamusning bashorat kitobi «Sentruya» deb atalgan. Yuz misradan iborat bu kitob she’riy uslubda yozilgan. Uning bashorati butun Yevropani va hayotning barcha sohalarini qamrab olgan. Nostradamus bashoratining bir qismi hayotligida hamda keyingi yillarda amalga oshgan.Masalan, 1582 yilda Grigoriy taqvimi joriy qilinganligi, 1597 yilda chaqmoqtoshdan miltiqning kashf etilishi, 1609 yilda Galiley ta’limotining paydo bo‘lishi, 1536 yilda Kanadaning kashf etilishi, 1546 yilda Portugallarning Yaponiyaga yetib borishi, 1618 yilda termometrning ixtiro qilinishi, 1642 yilda Avstraliyaning kashf etilishi, 1769 yilda Angliyada bug‘ mashinasining kashf etilishi, 1812 yilda Napoleonning Rossiyaga hujumi, 1841 yilda telegrafning ixtiro qilinishi, 1876 yilda telefonning vujudga kelishi, 1895 yilda rentgen qurilmasining yaratilishi kabilar. Bulardan tashqari, Nostradamus ko‘plab boshqa voqealarni, halokatlar, kasalliklar, zilzila, ochliklar bo‘lishini bashorat qilgan. Ta’kidlash lozimki, Nostradamus o‘z vaqtida Bibliya va ko‘plab donishmandlarning asarlarini chuqur o‘rgangan. Uning bashorati shularning natijasi bo‘lsa kerak. Demak, bashorat ham insonning bilimiga bog‘liqdir. Nostradamus yulduzlar faoliyatini ham chuqur tahlil qilgan. Bu ilmiy bashoratdir. Chunki oldindan aytib berishni ob’yektiv qonunlari bashoratchining nazaridan chetda qolmagan. Oldindan aytib berish u yoki bu shaxsning iste’dodiga ham bog‘liq. Fan taraqqiyoti qanchalik ilgarilasa, oldindan aytish jarayoni shunchalik tezlashadi. Bashorat qilish deganda yana shunday jarayonlar tushuniladiki, biron-bir hodisaning rivojlanish istiqbollari maxsus ilmiy ravishda o‘rganilib xulosalar chiqariladi. Bashorat qilishga misol qilib oyning va quyoshning tutilishi, kunlik, oylik, yillik ob-havo o‘zgarishlarini, jamoada bo‘ladigan ba’zi hodisalarni olish mumkin. Hozirgi zamonda iqtisodiy sohalarni bashorat qilishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiy bashoratda turli usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy rivojlanishni o‘rganishda bilishning maxsus uslublari zarur bo‘ladi. Usullardan ekstropolyatsiya, tarixiy analogiya, tarixiylik-mantiqiylik, modellashtirish, induksiya va deduksiya kabilar iqtisodiy rivojlanishni belgilashda foydalaniladigan usullardir. Iqtisodiy nazariyalarni ishlab chiqishda futurologiya, ekologiya va boshqa fan usullaridan ham foydalaniladi. Iqtisodchi olimlardan J. Gelbreyt uzoq muddatli iqtisodiy bashorat asosida yangi industrial jamiyat nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lsa, D. Bell shunday yondashish natijasida postindustrial jamiyat nazariyasini, R. Aron esa, yagona industrial jamiyat nazariyasini, U. Rostou esa o‘sish bosqichlari nazariyalarini yaratdilar. Bashorat qilish uchun voqelikni mukammal bilish talab etiladi. Bashoratni paydo qiluvchi qonuniyatlar mavjud bo‘lib, bu qonuniyatlarning o‘rni to‘g‘ri belgilanganda bashorat natijali bo‘ladi. Ma’lumki, hozirgi inson o‘ta ziddiyatlarga boy davrni boshidan o‘tkazmoqda. Shunga qaramasdan, XXI asr jamiyatlarida iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni aniq va ravshan bashorat qilish talab etiladi. Bu joyda iqtisodiyot universitetida tayyorlangan «Ilmiy ijod metodologiyasi» qo‘llanmasidan quyidagi mulohazalarni olish kifoyadir: “Ilmiy ijod va prognoz qilish metodologiyasidan iqtisod, demografiya, sotsiologiyada bozor iqtisodining rivojlanish tendensiyalarini hamda hozirgi kun jarayonlari va bo‘lajak jarayonlarni iqtisodiy o‘rganishning muayyan metodlariga tatbiqan foydalaniladi. Masalan, D. Medouz iqtisodiy prognoz qilish yordamida insoniyatning global muammolarini analizdan o‘tkazdi, xuddi shunday tadqiqotlarni J.Forrester ham o‘tkazdi, amerikalik taniqli siyosat arbobi Z. Bjezinskiy ilmiy prognoz qilish asosida demokratiya, siyosat institutlari, erkin bozor iqtisodi, hozirgi zamon axborot, kompyuter texnologiyalariga asoslangan hozirgi zamon va kelajak texnotron jamiyati nazariyasini yaratadi. E. Tofflerning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning uchinchi to‘lqiniga mansub yuksak darajada sanoatlashgan jamiyatni shakllantirish borasidagi tadqiqotlari, F.Fukuyamaning «tarix yakuni» va taraqqiyotning tarixdan keyingi bosqichiga butun insoniyatning o‘tishi konsepsiyasi asosiga qurilgan prognozlari, S. Xantingtonning G‘arb (xristianlik) va Sharq (islom, buddizm, lamaizm va boshqalar) qadriyatlari bir-biriga to‘la nomuvofiqligi negizida kelajakda ikki sivilizatsiya – G‘arb va Sharqning muqarrar to‘qnashuvi sodir bo‘lishi haqidagi prognozi katta ijodiy va prognostik qiziqish uyg‘otadi. Rim klubining yaqin tarixiy istiqbolda butun insoniyatning global rivojlanishi jarayonlarini prognoz qilish borasidagi faoliyatini alohida qayd etib o‘tish kerak. Italiyalik iqtisodchi va tadbirkor A.Pechcheining tashabbusi bilan 1968 yilda tashkil etilgan Rim klubi olimlar, iqtisodchilar, biznesmenlar va siyosatchilarni birlashtirgan xalqaro nohukumat tashkilotdir. Rim klubining faoliyati hozirgi davrning global muammolarini muttasil kuzatib borish va prognoz qilish, ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ekologik, oziq-ovqat, xom ashyo, demografik va boshqa komponentlarining rivojlanish yo‘llari va tendensiyalarini aniqlashga yo‘naltirilgan. Rim klubi XX asrning oxiridayoq o‘z ilmiy prognozlari asosida iqtisod, aholi va hokazolar o‘sishining «eng yuqori chegarasi» haqida global xulosalar chiqardi va shu bilan bir vaqtda, bu iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va demografik muammoning yechimini topishga harakat qildi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ilmiy prognoz qilishning ulkan evristik va prognostik ahamiyatini qayd etgan holda, ilmiy prognoz qilishning real imkoniyatlaridan kelib chiqish kerakligini uqtirib o‘tmoqchimiz, zero, har qanday, hatto juda aniq va ishonchli prognoz ham haqqoniy emas, balki ehtimol tutilgan bilimdir. Ehtimol darajasi juda baland bo‘lgan taqdirda ham prognoz amalda ruyobga chiqishi yoki qog‘ozda amalga oshirilmay qolib ketishi mumkin. Masalan, prognoz qilishning turlaridan biri – ekstrapolyatsiya qilishning afzal jihatlari bilan bir qatorda quyidagi jiddiy kamchiliklarga ega: kelajak sari harakatlanishga qarab ekstrapolyatsiyaning aniqlik darajasi pasayib boradi. Binobarin, o‘tmish va kelajak o‘rtasida analogiya o‘tkazishning prognostik qimmati juda kam, zero, kelajakning asosiy jihatlarini o‘tmishni takrorlash bilan bog‘lash mumkin emas. Buni yaxshi tushungan Gegel shunday deb yozgan edi: «Hukmdorlar, davlat arboblari va xalqlarga tarix tajribasidan ibrat olishni maslahat beradilar. Ammo tajriba va tarix xalqlar va hukumatlar tarixdan hech narsani o‘rganmaganliklarini ko‘rsatadi. Har bir davrda shunday alohida shart-sharoitlar vujudga keladi, har bir davr shunday individual holatga ega bo‘ladiki, bu davrda faqat mana shu holatdan kelib chiqib qarorlar qabul qilish zarur va mumkindir». Iqtisodiy ilmiy tadqiqot faoliyatida modellashtirish haqida ikki og‘iz gapirib o‘tmoqchimiz. Prognostik model – bu prognoz ob’yektining iqtisodiy modeli (yoki sxemasi) bo‘lib, uni o‘rganish ob’yektning kelajakdagi (iqtisodiy) holatlari, shuningdek, bu holatlarga erishish yo‘llari haqida axborot olish imkonini beradi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling