Ilmiy bilimlar tizimi quyidagi belgilarga ega bo‘lishi kerak: hammabopligi, ilmiy dalillarning haqiqiyligi (tekshirilganligi), voqeliklarni amalgaoshira olinishligi, bilimlar tizimini turg‘unligi (barhayotliligi).
Ilmiy bilimlar tizimi quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
a) bilim tarmoqlari bo‘yicha: tabiiy fanlar, texnik fanlar, jamiyat fanlari;
b) ilmiy fanlar bo‘yicha: matematika, fizika, kimyo, astronomiya,
energetika va h.k.;
d) ilmiy faoliyat natijasi: nashr etish (kitob, maqola) mualliflik guvohnomasi, patent, konstruktorlik ishlama va h.k.
Ilmiy faoliyat natijasi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanuvchi yangi
ilmiy bilimlarni olishga, o‘zlashtirishga qayta ishlashga va sistemaga tushirishga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat (ilmiy ish yoki ilmiy mehnat):
– yangiligi va haqiqiyligi, ehtimollik xarakteri va tavakkalligi (risk),
ilmiy natijalarni ishonchliligi va isbotlanishliligi.
Ilmiy tadqiqot ishlari turlari va uni olib borishning asosiy usullari.
Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism: insonning maqsadli fao
liyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir.
Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida (bo‘yicha)
yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo‘yicha) mavjud bilimlarni
to‘ldirishga erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy
uskunalardan (o‘lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan
foydalanishga tayanadi.
Ilmiy mehnat predmeti tadqiqotining faoliyati yo‘naltirilgan tadqiqot
obyekti va u haqidagi (oldingi) bugungacha bo‘lgan bilimlar. Tadqiqot
obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar,
elektrlashtirilgan qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar
(texnologik, energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar ele
mentlari va h.k.lar) kiradi.
Ilmiy tadqiqotlar, ko‘zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish
bilan bog‘liqlik darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga (qamroviga)
qarab fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |