Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 452.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Qalbida Vatan himoyachisi bo‘lishdek orzu shakllanayotgan o‘smirga qarab, quvonmay bo‘la- dimi? Demak, ular ko‘nglidagi ishonch va orzusi bilan birga ulg‘aymoqda. Bizdan esa ularni mardlik va matonat ruhida tarbiya- lash, bu borada ma’naviy ibrat bo‘lib xizmat qiladigan vositalarni qo‘llash talab etiladi. Toki, u Vata- niga sadoqat bilan xizmat qilsin, kimning avlodi ekanini xayolidan chiqarmasin, hayotda aniq maqsad va e’tiqod bilan yashasin. Tanish-bilishlarimdan biri — Sodiq ota Qosimovning farzand- laridan 3 nafari harbiy xizmatchi. «Mustaqillik yillarida oilamizda harbiy sulola shakllandi. Uka akaga havas qiladi, deganlariday, o‘g‘il- larim egniga birin-ketin harbiy libos kiyishdi. Maqtanishga yo‘ymang-u bugun mahallada oilamizga havas qiladiganlar ko‘paydi. O‘zi azaldan yurt himoyasi muqaddas ish hisob- langan. O‘g‘illarim bu sharafli kasbni tanlashganidan ich-ichimdan qoni- qish sezdim», — deydi otaxon. Bir ayol tahririyatimizga qo‘n- g‘iroq qilib qoldi. Turmush o‘rtog‘i iste’fodagi harbiy ekan. Kenja o‘g‘li ota kasbini tanlayotganini aytdi. Harbiy akademik litseylardan biriga kirib o‘qimoqchi bo‘libdi, lekin test sinovlarida yarim ball yetmay qolibdi. «Xafa bo‘ldi-yu, shashti- dan tushmadi. Maqsadimga bari bir yetaman. O‘qib, izlanib, chiniqib, toblanib oliy harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiraman, deydi». Ona bu gaplarni hayajon bilan aytdi. Negaki o‘g‘lining ko‘nglida aniq maqsad bor, orzu-havas bor. Ertangi kuniga mustahkam ishonch bor. Bugungi yosh avlod ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgach, qism qo‘- mondonligining tavsiyanomasi bilan o‘qishga kirganlardan biri — Sobirjon Abdullayev 2010-yilda oliy harbiy bilim yurti kursanti bo‘ldi. To‘g‘ri, bu uning muvaffa- qiyati. O‘z yo‘lini topib, el-yurtiga foyda keltirishni istab, hamisha intilayotgani samarasi. Ammo shuni Prezidentimizning 2005-yil 31- oktabrdagi «O‘zbekiston Respubli- kasi Qurolli Kuchlari safida mud- datli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomil- lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘ri- sida»gi Qarori muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan barcha harbiy xizmatchilar uchun katta imkoniyat yaratdi. Shu Qarorga muvofiq harbiy qism qo‘mondonligi tavsiya- noma beradi. Bu tavsiyanoma bilan oliy harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiruvchi test sinovlarida to‘plana- digan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball oladi. Ha, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida qalblari jo‘shqin tuyg‘ularga to‘la barkamol avlodlar kamolga yeta- yotgani, kishilarimiz ong-u tafak- kurida ijodiy, hayotbaxsh o‘zga- rishlar yuzaga kelayotgani — mustaqillik bizga bergan ulkan ne’matdir. Alijon SAFAROV SH
23 SIHHAT-U G‘AYRATGA ESH QUVVAT... Insonning mevasi — farzand, deydilar. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish, onalik va bolalik ijtimoiy muhofazasini tobora kuchaytirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, nogironlikning oldini olish va boshqa yo‘nalishlarda qilinayotgan ezgu ishlar asosini ana shu azaliy va abadiy maqsad-muddao tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009- yil 13-aprelda qabul qilingan «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1096- sonli qarori, shuningdek, 2009-yil 1-iyuldagi «2009—2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1144 sonli qarori yuqoridagi fikrlarning tasdiqlari bo‘la oladi. Mustaqillik sharofati bilan, nainki xalqimiz, balki butun insoniyat uchun aziz bo‘lgan bu ulug‘ maqsadlarni amalda yuzaga chiqarayapmiz. Qadim-qadimdan barcha xalqlar, mutafakkirlar, shoirlar, adiblar oila qurish, farzand ko‘rish, hayot quvonchi bo‘lgan bu o‘g‘il-qizlarni barkamol qilib o‘stirish har bir odamning umri mazmuni ekanini uqtirishgan. Mavlono Jaloliddin Rumiy(XIII asr)ning “Masnaviyi ma’naviy”si ikkinchi kitobida (Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, T., 2002, O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tarjimasi, 104— 107-bet) “Chanqagan kishining devor boshida turib, suvga kesak otgani” haqidagi hikmatli baytlar hayot mohiyatini majoz asosida badiiy uqtiradi. Suv bo‘yidagi baland devor ustida bir tashna-dardmand o‘tiribdi, u baland devor ustidan tushib, suv ichishning ilojini topa olmaydi. Nima qilishni bilmay, devordan bir g‘ishtni qo‘porib, suvga otadi... Yana... Yana... Shunda suv tilga kiradi: Bong urib, suv so‘rdi: aytgil, ey bashar, Tosh otarsan muncha, bormu bir samar? Tashna derkim, foydasi bor, sevgilim, Bul hunardin endi chekmasmen qo‘lim. Foydasi uldirki, bunda men xarob, Men xarobga ul — jarangosi rubob. Suv sadosi — bongi Isrofil erur, Tirgizur hatto o‘lik jonlarni ul. Guldiros ul, misli ayyomi bahor, Guldirab, bog‘larni etgay lolazor. Mavlono davom etib, deydiki: Suv sadosi birla mastdir ul xarob, Tinglagay begona yolg‘iz bir shalop. Suv ichishga imkoni bo‘lmagan, uning shaloplashi bilan o‘zini aldayotgan tashna-dardmandning ahvolini ko‘z o‘ngimizda jonlantirib, Mavlono yuqoridagi majoziy baytlariga quyidagi — yigitlik burchi borasida aytilgan — o‘tli, nihoyatda hayotiy hikmatlarni bog‘laydi: Baxtlidir ulkim, yigitlik burchini, Mug‘tanim bilgay, bajargay burchini. Chunki ul ayyomda bir qudrat bo‘lur, Sihhat-u g‘ayratga esh quvvat bo‘lur. Ul yigitlik davri bog‘dir, toza-tar, Bedarig‘osiz base bergay samar. Quvvati shahvat bulog‘i ko‘p ravon, Tan daraxti gurkirar chun arg‘uvon. Xonalar orasta, shiftlar ko‘p baland Yo‘q luzum pardoz, bo‘yoqqa zarra ham. Baxtlidir ul, ishni do‘ndirsa tayin, Keksalikdin qomati xam bo‘lmayin. Bu ezgu tilak barcha er-u ayolning taqdirida birdek amalga oshsin. Lekin bu azaliy, Mavlono Jaloliddin Rumiy «Ma’naviyi masnaviy»sidan oldin ham, keyin ham hamisha ta’kidlanadigan ayni tilak tom ma’nosida ro‘yobga chiqishi uchun davlat, jamiyat, har bir shaxs tomonidan izchil tarzda sa’y-harakat ko‘rsatilishi — bir-biriga bog‘liq ravishda zarur ishlar amalga oshirilishi lozimligini O‘zbekiston tajribasi yana bir marta ayon qilib turibdi. Ali SHERQUL
24 ZBEKISTONDA oila va uni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarning tarbiyalovchi va jamiyat ma’na- viyatini yuksaltiruvchi rolini oshi- rishga qaratilgan chora-tadbirlar yil sayin samara bermoqda. Bugun biz mahallalardagi tinchlik va xotirjamlikni, mamlakat miqyosida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini jamiyat tayanchi bo‘lgan oilalarning farovonligisiz tasavvur qila olmaymiz. Muhimi, bu masala katta-yu kichikning, barchaning manfaatiga aloqador ekanligini anglash kuchaydi. Oilalarda sog‘lom muhitni, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat- larni qaror toptirish, jismonan va ma’nan barkamol farzandlarni tarbiyalash — asosiy maqsadimiz. Shunday ekan, bu boradagi ezgu ishlar har birimizni ruhlantiradi — har bir kunimiz, har bir yili- miz, xayrli sa’y-harakatlarimiz hayotiy samaralarda o‘z ifodasini topadi. Oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ma’naviy muhitni barqarorlashtirish masa- lalarini ota-ona va oila a’zolarining ongiga chuqur singdirish yo‘li bilan jamiyatning asosiy bo‘g‘inini mustahkamlash, keng jamoat- chilik, ayniqsa yosh oilalarda tibbiy va huquqiy savodxonlik darajasini oshirish ham hamisha e’tiborda. Oila insonning tabiiy-biologik, nikoh, qon-qarindoshlik, iqtiso- diy, huquqiy, ma’naviy munosa- batlarga asoslangan, turmush birligi va o‘zaro javobgarlik orqali bog‘langan ijtimoiy birligi deb hisoblanadi. Oila qurishdan asosiy maqsad va muddao — o‘z nasl- nasabini davom ettirish, farzand ko‘rish, uni yetuk inson qilib tarbiyalashdir. Darhaqiqat, oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanish lozim bo‘lgan barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi. Bola tarbiyasi keng qamrovli, uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ayniqsa, bolalarni bekor qo‘y- maslik, ularga vaqtni foydali o‘tkazish va qadriga yetishni o‘rgatish tarbiyaning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Oila deb atalmish tarbiya maskanida dunyoga kelgan far- zand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, balki, ular- dagi xatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab boradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 64-moddasida: “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”, — deb, e’tirof etilgan. Ota-ona o‘rta- sidagi o‘zaro hurmat, mehr- oqibat, insonparvarlik kabi oliy qadriyatlar ota-onaning tarbiya ishida tutgan yo‘li orqali bola huquqi, xatti-harakati, shaxs sifa- tida shakllanish jarayoni mag‘iz- mag‘iziga singib boradi. Tadqiqot- larning natijalari oiladagi nosog‘- lom muhit, er-xotin kelishmov- chiligi, qaynona-kelin munosaba- tidagi muammolar farzand tar- biyasiga salbiy ta’sir etishini ko‘rsatadi. Oila mustahkamligi va bar- qarorligi oila a’zolarining sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilishiga ham bevosita bog‘liq. Oiladagi sog‘lom turmush tarzi tushunchasi nafaqat tibbiy salo- matlikni, balki sog‘lom psixologik muhitni, oila a’zolarining huquqiy savodxonligi va madaniyatini, har tomonlama ma’naviy yetukligini ham qamrab oladi. Oilani mustahkamlaydigan yana bir muhim jihat er-xotinning reproduktiv salomatligi va mada- niyati bilan bevosita bog‘liqdir. Demak, inson oila va nikohni muqaddas deb bilarkan, unga nafaqat ruhan, ma’nan, balki tibbiy jihatdan ham tayyor, sog‘- lom naslni yaratish uchun ham ota, ham ona organizmi repro- duktiv sog‘lom bo‘lishi zarurligini anglashi lozim. Ma’lumki, umumiy tibbiy ko‘rikdan muntazam ravishda, ya’ni bir yilda bir marta o‘tish organizmning umumiy rivojlanish holatini va salomatlik darajasini aniqlab beruvchi omildir. Tibbiy ko‘rik davrida kasallikni erta aniqlash mumkin, demak, uni davolash ham ancha oson kechadi. Chunki har qanday xastalikdan o‘z vaqtida forig‘ bo‘lish imkoni bor. Ota-ona sog‘lom bo‘lsa, ulardan sog‘lom farzand tug‘iladi. Bu esa oilada nosog‘lom bola OILA — BARQAROR, TURMUSH — FAROVON O‘
25 tug‘ilishining, ya’ni kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizlik va notinchliklarning oldini oladi. Tibbiy ko‘rikda terapevt, okulist, stomatolog, ginekolog, lor, endo- krinolog va, zarurat bo‘lganda, kardiolog, revmatolog vrachlar nazoratidan o‘tib, umumiy analiz- larni topshirib, organizmning jismoniy va fiziologik rivojlanish darajasi, sog‘liqning umumiy holati aniqlab olinadi. Agar ko‘z, tomoq, quloq, burun kasalliklari, tishlarning nosog‘lomligi aniq- lansa, bularga ko‘p hollarda yetar- licha ahamiyat berilmaydi, oqibatda ayolning ikkiqatlik davrida kasallik qo‘zg‘alib, tez-tez bezovta qilib, homilaning rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi va hokazo. Xullas, aholining o‘z salomatligiga bo‘lgan e’tibori, uni to‘g‘ri baholay olishi sog‘lom turmush tarzining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Mabodo ota-ona o‘z salo- matligini avaylab-asramasa, tibbiy bilim va madaniyat darajasi yetarli bo‘lmasa, bu, farzandlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ota-ona va uning xatti-harakatlari, o‘zini tutishi farzand uchun go‘yo ko‘zgudek. Yana bir muhim holat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25- avgustdagi 365-sonli qaroriga asosan, FHDYO organlarida nikohlanuvchi shaxslar nikohni qayd ettirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Bunda ruhiy, narkologik, zaxm, sil, OIVG/OITS kasalliklari yuzasi- dan tibbiy tekshirishlar o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik natijalariga qaraganda, nikohlanuvchi yoshlarning 0,8 foizida yuqorida qayd etilgan u yoki bu kasallik aniqlangan. Kasallik mavjud bo‘lganligi sababli fuqaro- lar tomonidan rad etilgan nikoh- lar soni atigi 1,4 foizni tashkil etgan. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, nikoh bo‘sag‘asida tur- gan yoshlarda irsiyatga va geno- fondga salbiy ta’sir etuvchi turli kasalliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, nikohdan o‘tish holat- lari hamon mavjud. Bunga asosiy sabab, oilada ota-onalarning far- zand salomatligiga e’tiborsizligi. To‘y harakatlari, sarpo, mebel- larni xarid qilish, hashamatli to‘y qilish uchun harakatlar bilan ovora bo‘lgan ota-ona, yangi oila qurayotgan farzand salomatligi bilan qiziqmaydi. Bunday oilada tarbiya olgan yoshlar ham baxtli kelajagini belgilovchi eng asosiy omil bo‘lmish — salomatligiga bee’tibor bo‘lgan hollar yo‘q emas. Xulosa qilib, ta’kidlash joizki, oilada bolalarga berilgan dastlabki, ma’naviy-axloqiy va huquqiy tushuncha, tasavvur va malakalar ushbu yo‘nalish doirasida ota- onalarning savodxonlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa, bola- lar ongiga ma’naviyat, mafkura, axloq, tibbiy madaniyat, huquqiy tushunchalarni singdirish ota- onalardan o‘ziga xos bilim va ko‘nikmani talab etadi. Vatanga muhabbat, burchga sadoqat, qonunlarga xurmat va ularga ongli amal qilishni tarbiyalab borish- larida ham ota-onada bilim va ko‘nikmalar bo‘lishi lozimligini hayot tarzimiz taqozo etmoqda. Demak, mustaqillik tamoyillari va axloqiy me’yorlar asosida rivojlanib borayotgan oilalarning eng muhim vazifalari deb hisob- langan — sog‘lom turmush tarzi va axloqiy munosabat madaniyatini oila a’zolari o‘rtasida ochiq ko‘ngil- lilik, xushfe’llik, rostgo‘ylik, muruvvat, oriyat, pok-halollik, ibo-yu latofat, iffat-u nazokat, kamtarlik, bosiqlik kabi xislatlarni kundalik axloq me’yoriga aylan- tirish lozim. Buning uchun aql va idrokni ishga solish lozim, chunki aql va idrok insonning piri komili — ichki yetakchisidir. Alloma- larimiz ta’kidlaganlaridek, inson oila, jamiyatda komillik va mukammal axloqiy fazilatlarga faqat yaxshi aql, yaxshi xulq, yaxshi bilim, yaxshi so‘z va yaxshi omil uyg‘unlashishi orqali erishadi. Bu fazilatlar oilada ustuvor aha- miyat kasb etadi. Uni axloqiy burch, ijtimoiy majburiyat, ichki e’tiqodga aylantirsak, fazilatlar hayot qoidasi, faoliyati va muno- sabatlar mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Chunki burchni anglash, vijdonni pok tutish, oriyatga amal qilish, qadr-qimmat, insonpar- varlik, xushmuomalalik, mehnat, kasb-hunarga hurmat, oila sha’ni- obro‘sini saqlash kabi his-tuyg‘u- larni uyg‘otadi. Mahbuba MIRAHMEDOVA, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi katta ilmiy xodimi * * * Yangilik yaratar bir kishi, Bahramand bo‘lar har kishi. * * *
Yalanishgan ochiqmas, Suyanishgan yiqilmas. * * * Yangi libos oroyish, Yaxshi yo‘ldosh osoyish. * * *
Yaxshi bilsang ishingni, Yaxshilar silar boshingni. O‘zbek xalq maqollari 4 «Sog‘lom avlod uchun», 2011-yil, 1-son. YAXSHI BILSANG ISHINGNI
26 Respublika Akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ginekolog- endokrinolog shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor Muhtarama Sodiqova tahririyatimizga kelgan xatlardagi savollarga javob beradi. SIZ BILAN OLAM MUNAVVAR
M.SODIQOVA: — Xalqimiz- da: «Qarzing bo‘lsa ham, darding bo‘lmasin», «O‘zini asraganni Xudo ham asraydi», degan dono gaplar bor. Ammo issiq jon. Isitmasi yashirilsa, vaqtida oldi olinmasa, keyin xastalikni davolatish yo‘lida topganingizdan baraka, yaqinlarin- gizdan halovat ketadi. Joningiz chekkan azobni-ku, qo‘yaverasiz. Ba’zi ayollar andishaga borib, noiloj qolmaguncha ginekolog shifokordan maslahat so‘ramaydi. Lekin, avvalgiga nisbatan, o‘zgarish bor. Zarur yangiliklardan birov bexabar bo‘lsa, ko‘plashib unga yetkazilayapti, tushuntirilayapti. Qarang, qarilik chekinayapti... Ishonmaysizmi, bundan o‘ttiz yil oldingi 50 yoshli ayolga bugungi 50 yoshli ayolni xayolan solishtirib ko‘ring-chi! O‘rtadagi farqni darhol sezasiz... Bu, avvalo, respublika aholi- sining sog‘ligini mustahkamlash borasida davlatimiz olib bora- yotgan keng ko‘- lamli islohotlar o‘z samarasini berayotganidan, qolaversa, xalqi- mizning tibbiy madaniyati yuksa- layotganidan dalo- lat beradi. Endi xatlar- dagi savollar bilan birgalikda tani- shaylik: «Qizimni tur- mushga uzatga- nimga hademay ikki yil bo‘ladi. Negadir bo‘yida bo‘lmayapti, — deb yozibdi bir onaxon. — Shifo- korlarga ko‘rinsa, 2-darajali buqoq kasalini topishibdi. Bu befarzandlikka sabab bo‘lmay- dimi?». Xavotiringiz o‘rinli. Ammo bu kasallik — chorasiz, degani ham emas. Agar qizingizning sog‘ligi haqida avvalroq qayg‘urganingizda, hozirgidek tashvishlanib yurmas- dingiz. Balki qizingiz «oy ko‘rish» oralig‘ida sikl buzilganini ilgari sizga aytgandir, siz befarq bo‘lgandirsiz. Agar shunday bo‘lsa, har qanday andishani yig‘ishtirib, darhol mutaxassisga uchrash lozim edi. Hayiz ko‘rish siklining buzilishi — jinsiy a’zolardan tashqari, ekstrogenital kasalliklarga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ilmiy tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar jinsiy a’zolar shamollashi angina va buyrak xastaligi bilan birgalikda kechsa, bunga o‘ta jiddiy qarash va vaqtida davolatish zarur. Komputer va qo‘l telefonidan chiqayotgan ko‘z ilg‘amas zararli nurlar ham qizlarimizning sog‘ligiga ziyon yetkazishi mumkin. Aziz ota- onalar, farzandlaringizga tushun- tiring! Bugungi kunda yoshlarning doimiy hamrohiga aylanib qola- yotgan mobil telefon va komputer- lardan me’yorida foydalanishsin, qo‘l telefonni yon cho‘ntaklariga solib yurishmasin! «Qizim 18 yoshga kirdi, — deb yozibdi bir ona. — Yaqinda unashtirdik. Ammo u turmushga chiqmayman, deb ko‘nglimizni og‘ritdi. Hadeb surishtiravergani- mizdan keyin shu paytgacha hayiz ko‘rmaganini aytdi. Turmushga chiqqanidan keyin ham bu hol davom etishi mumkinmi?». O‘smir qizlarni o‘z vaqtida mutaxassis nazoratidan o‘tkazib Muhammad AMIN suvratga tushirdi. — Kunday yorug‘, tunday qora ko‘zlaring, Ko‘nglimga zavq bag‘ishlaydi so‘zlaring. 27 Onaning mehri va tibbiy ma’rifati bolaning sog‘lom o‘sishida katta ahamiyat kasb etadi. Baxtiyor AKRAMOV suvratga tushirdi. turishni unutmang! Axir, u — bo‘lajak ona. Undan tashqari, qizlarda ham bachadon o‘smalari, bachadon kattalashuvi, miomalar kuzatiladi. O‘zi kamqon bo‘lsa, turli xastaliklar oqibatida ko‘p hayiz ketishi mumkin. Bu tibbiy nuqtai nazardan olib qaralganda, notabiiy hol. Tibbiyot taraqqiy etgan bir davrda yashayapmiz. Zamonaviy tibbiy texnik jihozlar yordamida bemorning hech bir yeriga ziyon yetkazmagan holda tashxis qo‘yib, davolashning iloji bor. Yaqinda 15 yoshli qizni olib kelishdi. Bilmagan odam to‘qqiz oylik homilasi bor, deb o‘ylaydi. Bachadoni o‘smaga to‘lib ketgan ekan. Jarrohlik yo‘li bilan davola- dik. To bungacha u sho‘rlikning chekkan azoblarini aytmaysizmi? Shu paytgacha ota-onasining, amma-xolalarining ko‘zi qayoqda ekan? «Turmushga chiqqach, tuzalib ketadi» yoki «eri davolatadi», deya qizingizning boshini xam qilib qo‘ymang! «Ishtaham yomon emas. Lekin qo‘lim qaltirab, yuragim tez-tez urib ketadigan bo‘lib qoldi. Oyoq- qo‘lim bo‘shashadi. Kamquvvat- man. Bunga nima sabab bo‘lishi mumkin?», — deb yozibdi 25 yoshli bir qiz. Javoban deymizki, balki asabin- giz ham huda-behudaga buzila- versa kerak? Bu holatda sizga kechiktirmay endokrin shifokorga murojaat qilishni maslahat beramiz. Sizning hozirgi holatingiz qalqon- simon bezning teretoksikozi deyi- ladi. Shifokor atroflicha tekshirib, tashxis qo‘ygach, muolaja buyuradi. O‘z sog‘ligingizga befarq bo‘lmang! Sog‘aygandan keyin ham o‘z parvarishin- gizni unutmang! Vaqti-vaqti bilan vrach nazoratida bo‘lishdan erin- mang!
« O ‘ g ‘ l i m n i akamning qiziga unashtirib qo‘ygan edik, — deb yozibdi bir ayol. — Shifo- Download 452.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling