Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 452.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana26.09.2017
Hajmi452.23 Kb.
#16547
1   2   3   4   5   6

mik infraqizil nurlar bilan davo-

lovchi maxsus qurilmalar, tibbiyot

jihozlarini sterilizatsiya qiluvchi

qurilmalar yetkazib berilmoqda.

Hukumatimiz tomonidan fan

va texnologiyalarning jahon stan-

dartlariga mos kelishini ta’minlash

borasida olib borilayotgan chora-

tadbirlar doirasida Yevropa

mamlakatlari ilmiy-texnika insti-

tutlari, kompaniyalari bilan aloqa-

larni yo‘lga qo‘yishga katta e’tibor

qaratilmoqda. Institutimiz Rossiya,

Ukraina, Koreya davlatlari insti-

tutlari, kompaniya va korxonalari

bilan hamkorlikda qisqa (1 yil) va

uzoq (3 yil) muddatli ilmiy-amaliy

izlanishlarni ham olib bormoqda.

2001-yildan boshlab, “Umid

nihollari”, “Barkamol avlod”,

“Universiada” sport o‘yinlari

mash’alasi “sof olov” manbai —

Quyosh qurilmasida alanga

oldirilishi biz uchun juda katta

ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb

etdi. Bu o‘rinda 2002-yilning

oktabr oyida Janubiy Koreyada

o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari xalqaro

sport musobaqasi mash’alasi ham

shu yerda yoqilganini eslash

mumkin. Bu esa  yaqin kelajakda

jahon miqyosida o‘tkaziladigan

olimpiya-sport o‘yinlari mash’ala-

sini ham bizning institut Quyosh

sandonida alanga oldirish mumkin-

ligini ko‘rsatadi.

Abdujabbor ABDURAHMONOV,

texnika fanlari doktori,

Mirzasulton MAMATQOSIMOV,

Muhammadsulton

PAYZULLAXONOV,

katta ilmiy xodimlar


18

ASIY


 va homiy huquq-

larining amalga oshirilishi

hamda majburiyatlarining

bajarilishi ustidan vasiylik va

homiylik organlari nazorat qiladi.

Vasiylik va homiylik organlari

vasiy va homiyning o‘z huquq-

laridan qanday foydalanayotgan-

liklari va qaramog‘idagilarga nisba-

tan majburiyatlarini qanchalik

bajarayotganliklarini doimiy ravish-

da kuzatib boradi. Xususan, vasiylik

va homiylikdagilarning yashash

sharoiti bilan tanishadilar. Lozim

bo‘lganda, vasiy yoki homiyga

tegishli tavsiyalar berish bilan

birga, ularga o‘z majburiyatlarini

bajarishda yordam ko‘rsatadilar.

Vasiylik yoki homiylikning

turiga (muomalaga layoqatsizlarga,

voyaga yetmaganlarga yoki bosh-

qalarga nisbatan) qarab, nazorat-

ning amalga oshirilish shakli va

uslubi turlicha (masalan, vasiylik

yoki homiylikdagi shaxslar bilan

suhbat o‘tkazish, hujjatlar bilan

tanishish va boshqalar) bo‘lishi

mumkin.


Vasiylik yoki homiylikdagi

shaxslarning mol-mulkini bosh-

qarish  mol-mulk joylashgan yerda

o‘rnatiladi.

Vasiylik yoki homiylikdagi

shaxslarning mol-mulkini bosh-

qarish, ularga tegishli mol-mulkni

boshqalarga o‘tkazish, vasiylik va

homiylikdagi shaxslarga tegishli pul

va boshqa qimmatbaho buyumlarni

saqlash, mol-mulkni boshqarish

va saqlash bilan bog‘liq boshqa

harakatlarni bajarish tartibi va

shartlari, shuningdek, vasiylik va

homiylikdagi shaxslarning mol-

mulkini boshqarish va saqlash

bo‘yicha vasiy va homiylarning

hisobot berish tartibi qonun

hujjatlari bilan belgilanadi.

Sudning shaxsni bedarak

yo‘qolgan, deb topish to‘g‘risidagi

yoki uni vafot etgan, deb e’lon

qilish haqidagi yoxud meros olish

to‘g‘risidagi hal qiluv qarori bekor

qilinganda, mol-mulkni boshqa-

rish to‘xtatiladi.

Vasiylik yoki homiylikdagi

shaxslarning mol-mulkini bosh-

qarish vasiylik va homiylik organ-

larining tavsiyasiga asosan mol-mulk

joylashgan hudud hokimining

qarori bilan o‘rnatiladi.

Fuqarolik kodeksining 29- va

30-moddalarida vasiylar o‘zlarining

qaramog‘idagi shaxslar nomidan

bitimlar tuzishlari nazarda tutilgan.

34-moddada esa, bedarak

yo‘qolgan deb topilgan fuqaroning

mol-mulkini doimiy ravishda

boshqarib turish zarur bo‘lsa, bu

mol-mulk sudning qaroriga muvo-

fiq vasiylik va homiylik organi

tomonidan belgilanadigan va ushbu

organ bilan tuziladigan ishonchli

boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma

asosida ish olib boradigan shaxsga

topshirilishi nazarda tutilgan.

Qonun o‘xshashligi tamoyili-

dan kelib chiqib, vasiylikdagi

shaxsning mol-mulkini boshqarish-

da, — zaruriyatiga qarab, — Oila

kodeksi bilan bir qatorda Fuqarolik

kodeksining 49-bobi normalari qo‘l-

lanilishi qonunga xilof bo‘lmaydi.

Bedarak yo‘qolgan deb topilgan

yoki vafot etgan deb e’lon qilingan

shaxs qaytib kelganda yoki uning

turarjoyi aniqlanganda, tegishli sud

qarorlari, shuningdek, meros olish

to‘g‘risidagi qaror (agar shunday

qaror chiqarilgan bo‘lsa) sud

tomonidan bekor qilinadi. Sudning

qarori asosida bu fuqaroning mol-

mulkini boshqarish bekor qilinadi.

Vasiy — vasiylik va homiylik

organlarining roziligi bilan:

— vasiylikdagi shaxs nomidan

notarial tartibda tasdiqlanishi lozim

bo‘lgan bitim (shartnoma)lar

tuzishga;

— vasiylikdagi shaxsga qarashli

bo‘lgan mol-mulkni taqsimlash,

bir yildan ortiq muddatga garovga

qo‘yish yoki ijaraga berishga;

— vasiylikdagi shaxs nomidan

meros yoki hadya olishdan voz

kechishga;

— vasiylikdagi shaxsga qarashli

turarjoyni ayirboshlashga;

— vasiylikdagi shaxsga tegishli

har qanday huquqdan voz

kechishga haqlidir.

Bu yerda vasiyning vasiylik va

homiylik organlarining roziligi

bilangina amalga oshirishi mumkin

bo‘lgan harakatlar ro‘yxati berilgan.

Bu norma birinchi navbatda, vasiy-

likdagi muomalaga layoqatsiz

shaxsning mulkiy huquq va majbu-

riyatlarini ehtimoli bo‘lgan suiiste’-

molliklardan himoya qilishni ta’-

minlashga qaratilgan.

Vasiy o‘zining qaramog‘ida bo‘l-

gan shaxsning mulkini, xuddi

shaxsan o‘zining mulkini boshqar-

gandek tejamkorlik bilan va samarali

boshqarmog‘i lozim. Bu moddada

ko‘rsatilgan barcha holatlarda u

faqat vasiylik va homiylik organ-

larining roziligi bilangina harakat

qilishi mumkin.

VASIYLAR VA HOMIYLAR FAOLIYATINING NAZORATI

HAMDA ULARNING HARAKATLARI

MEHR-U ADOLAT PAYVAST

V


17

16

3 «Sog‘lom avlod uchun», 2011-yil, 1-son.



Baxtiyor AKRAMOV suvratga tushirdi.

ZOD


 va obod Vatanini

hamisha gullab-yashna-

tuvchi, keng fe’l, ketmas

davlat egasi bo‘lmish xalqimiz azal-

azaldan o‘zining yuksak ma’naviy

salohiyati, ijodkorligi va bunyod-

korligi bilan jahon xalqlari o‘rtasida

katta hurmat qozonib kelgan.

Mustaqillik sharofati bilan, u bu

fazilatlarini yanada yorqin namo-

yon qilmoqda. Zero, mustaqillik

xalqimiz o‘z dahosini har tomon-

lama mukammal tarzda mujassam

etishiga tarixiy imkoniyat yaratdi.

Bejiz emaski,  yangi — 2011-

yil mamlakatimiz tarixiga “Kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik yili”

sifatida zarhal harflar bilan yozila-

digan bo‘ldi. Kichik biznes va

xususiy  tadbirkorlikka alohida

e’tibor qaratilishi jamiyatimizda

o‘rta sinfning rivojlanishi va o‘z

mavqeini tobora oshirishiga

yordam beradi.

O‘rta sinf hayotda o‘ziga

munosib o‘rinni egallar ekan, bu,

el-yurtimiz yanada boyishiga xizmat

qiladi. El-yurt boy bo‘lsa, turmush

tobora farovonlashadi, ma’naviyat,

madaniyat barq uradi.

Maktablarda, kasb-hunar

kollejlarida, akademik litseylarda,

oliy o‘quv yurtlarida o‘quvchilar,

talabalar bilan suhbatlashsangiz,

kasb egallab, mehnat qilayotgan

yoshlar bilan uchrashib, fikrlash-

sangiz,  ularning aql-u zakovati,

go‘zal ichki dunyosini yaqqol his

qilasiz, Vatanga munosib farzand-

lar bo‘lib kamol topayotganlarini

anglaysiz.

Ishonchimiz komil, barcha

ezgu orzularingiz ro‘yobga chiq-

qay, kuch-u g‘ayratga to‘la yoshlik!

Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi.

Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi.

Raqs, kuy,  qo‘shiq insonni go‘zallik olamiga olib kiradi, ma’nan boyitadi.

Rang jilosi, har bir chizgi kishi ichki dunyosini namoyon etishga

ko‘maklashadi.

— Mehnat zavqi inson umriga fayz bag‘ishlaydi.

Texnika soz va shay bo‘lsa, «rejali ish — bejog‘li ish» degan hikmat tasdig‘ini

topaveradi...

Kimyo darslarida har bir tajriba tilsimlar yuzidagi pardani ochadi go‘yo...

— Kamol toping, qizlar, qo‘li gul ekansiz...

Bolalar texnik ijodiyot markazida...

O

YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI



YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI

YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI

YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI

YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI

INTILAR  YOSHLIK

INTILAR  YOSHLIK

INTILAR  YOSHLIK

INTILAR  YOSHLIK

INTILAR  YOSHLIK

YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI

YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI

YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI

YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI

YUKSAK  CHO‘QQILAR  SARI

INTILAR  YOSHLIK

INTILAR  YOSHLIK

INTILAR  YOSHLIK

INTILAR  YOSHLIK

INTILAR  YOSHLIK

BARKAMOL AVLOD — MAMLAKAT KELAJAGI



19

Notarial tartibda tuziladigan

bitimlarning barchasi asosan, ko‘p

miqdordagi mulkni tasarruf qilish

bilan bog‘liqdir. Bunday bitimlar,

vasiylikdagi shaxsga tegishli mol-

mulkni taqsimlash, bir yildan ortiq

muddatga garovga qo‘yish yoki

ijaraga berish, vasiylikdagi shaxs

nomidan meros yoki hadya

olishdan voz kechish, shuningdek,

turarjoyni ayirboshlash singari

bitimlar vasiylikdagi shaxsning

mulkiy manfaatlariga jiddiy ta’sir

qilishi mumkin. Vasiylikdagi shaxsga

tegishli har qanday huquqdan voz

kechish ham vasiyning manfaat-

lariga sezilarli zarar keltirishi

mumkin.

Shuning uchun ham qonun,



vasiy bunday harakatlarni faqat

vasiylik va homiylik organining

roziligi bilangina qilishi mumkin,

deb belgilab qo‘ygan.

Yuqorida zikr etilgan bitimlar,

agar vasiy tomonidan vasiylik va

homiylik organlarining roziligisiz

tuzilgan bo‘lsa, ular tuzilgan

paytdan boshlab haqiqiy emasdir.

Vasiylik va homiylik organlari yoki

prokuror bunday bitimlarni sud

tartibida haqiqiy emas deb topish

haqida sud orqali da’vo qo‘zg‘atishga

haqlidir.

Ko‘rsatilgan harakatlar vasiy

tomonidan sodir etilishiga vasiylik

va homiylik organlarining roziligi

qanday shaklda berilishi qonunda

ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, turli

tushunmovchilik va nizolarning

oldini olish maqsadida, bunday

rozilik yozma shaklda berilmog‘i

lozim.

Vasiy va homiy, ularning eri



(xotini) va yaqin qarindoshlari

vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan

bitimlar tuzishga, shuningdek,

vasiylikdagi yoki homiylikdagi

shaxs bilan vasiy yoki homiyning

eri (xotini) va yaqin qarindoshlari

o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda

vasiylik yoki homiylikdagi shaxs-

ning vakili bo‘lishga haqli emas.

Vasiylikdagi shaxs nomidan

hadya shartnomasi tuzishga yo‘l

qo‘yilmaydi.

Vasiylik va homiylikning maq-

sadi hamda vazifalaridan kelib

chiqib, vasiy va homiy, ularning

eri (xotini) va yaqin qarindoshlari

(bolalari, ota-onalari, aka-uka,

opa-singillari)ning vasiylik va

homiylikdagilar bilan bitimlar

tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo,

Fuqarolik kodeksining 29-moddasi

mazmunidan kelib chiqib, vasiylik

va homiylikdagi shaxsning foydasiga

tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan

(unga mulkni hadya qilish yoki

tekin foydalanishga berish) bitim-

lar tuzishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Vasiylikdagi shaxs (muomalaga

layoqatsiz deb topilgan shaxslar va

14 yoshga to‘lmagan voyaga yetma-

ganlar)ning mulkiy manfaatlarini

himoya qilish maqsadida uning

nomidan hadya shartnomasi

tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki,

hadya shartnomasining mohiyatiga

ko‘ra, hadya mulki hadya oluvchiga

tekin, bepul o‘tadi. Bu esa

vasiylikdagi shaxsga jiddiy mulkiy

zarar keltirishi mumkin.

Vasiy va homiy o‘z vasiyligi yoki

homiyligidagi shaxsga ta’minot

berishga majbur emas.

Vasiy va homiyning o‘z vasiyligi

yoki homiyligidagi shaxsning

ta’minoti uchun qilgan xarajatlari

qonun hujjatlarida belgilangan

tartibda mazkur shaxsning mablag‘i

hisobidan qoplanadi. Bu mablag‘

yetarli bo‘lmagan taqdirda esa,

uning ta’minoti uchun vasiylik va

homiylik organlari nafaqa tayinlaydi.

Vasiy va homiy o‘ziga qabul

qilgan majburiyatlarni bajarganligi

uchun haq olmasligi tufayli, ular

o‘z vasiyligidagi (homiyligidagi)

shaxsga ta’minot berishga majbur

emas. Ammo vasiylik yoki homiy-

likdagi shaxslar vasiy yoki homiy-

ning yaqin qarindoshlari bo‘lib,

qonunga ko‘ra ulardan aliment

olishga haqli bo‘lsalar, vasiy yoki

homiy aliment majburiyatlaridan

kelib chiqib, o‘z vasiyligi yoki

homiyligidagi shaxsga ta’minot

berishga majburdir.

Tabiiyki, vasiylik va homiylik

majburiyatlarini bajarish ma’lum

xarajatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Vasiy

yoki homiyning o‘z vasiyligi yoki

homiyligidagi shaxsning ta’minoti

uchun qilgan xarajatlari mazkur

shaxsning quyidagi:

— boquvchisini yo‘qotganlik

uchun oladigan pensiyalari

(“Fuqarolarning davlat pensiya

ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning

19-moddasi);

— ota-onalar yoki boshqa

yaqin qarindoshlaridan oladigan

alimentlari;

— sug‘urta tashkilotlari tomo-

nidan vafot etgan shaxslarning

merosxo‘riga to‘lanadigan sug‘urta

pullari (agar sug‘urta shartnomasi

tuzilgan bo‘lsa);

— vasiylik yoki homiylikdagi

shaxsga tegishli mulk yoki mulkdan

keladigan daromadlari;

— vasiylik yoki homiylikdagi

shaxsning stipendiya yoki ish

haqlari;

— turli muassasa, tashkilot va

xayriya jamg‘armalaridan xayriya

tariqasida oladigan va boshqa

mablag‘lari hisobiga qoplanadi.

Vasiylik yoki homiylikdagi

shaxsning mablag‘i yo‘q bo‘lgan

yoki mavjud mablag‘lari o‘zining

ta’minoti uchun yetarli bo‘lmagan

hollarda, uning ta’minoti uchun

vasiylik va homiylik organlari nafaqa

tayinlaydi.

U.E.RADJAPOV,

tadqiqotchi

Xorazm viloyati


20

INCHLIK


 inson uchun

muqaddas qadriyat.

Ko‘ngli xotirjam, tur-

mushi osoyishta kishi ezgu

maqsadlar yo‘lida olg‘a intiladi,

hayotni on sayin, kun sayin, yil

sayin obod qilish harakatida

bo‘ladi, o‘z fidoyi mehnati sama-

ralarini ko‘rib, yanada g‘ayratga

kiradi. Bunda, albatta, Vatan

himoyachilari faoliyati ham katta

ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimiz xavfsizligi va

barqarorligi, sarhadlarimiz daxlsiz-

ligini ishonchli himoya qilish

borasidagi taktik va strategik

vazifalarni samarali hal etishga

qodir  bo‘lgan, ixcham, tezkor,

zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy

texnika bilan ta’minlangan milliy

armiyamizni takomillashtirish

borasida ko‘lami va mohiyatiga

ko‘ra  ulkan ishlar tizimli, bos-

qichma-bosqich amalga oshiril-

ganini ko‘rib, bilib turibmiz. Bu,

avvalambor, Qurolli Kuchlarimizga

tinchlik, osoyishtalik, demakki,

porloq istiqbol, farovon turmush

tayanchi sifatida e’tibor qaratil-

ganidan, Prezidentimiz ta’biri bilan

aytganda, bugun armiyamiz ona-

Vatan xavfsizligi, xalqimizning

tinch mehnati va osoyishta hayo-

tini, mamlakatimizning demokratik

huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati

barpo etish yo‘lidan izchil taraqqiy

etishini ta’minlashning ishonchli

kafolatiga aylandi.

Oqilona, uzoqni ko‘zlab

amalga oshirilgan ishlar, islohotlar

mazmun-mohiyatidan anglash

mumkinki, mustaqillikning ilk

kunlaridanoq yuksak jangovar

qobiliyatga ega Qurolli Kuchlarni

shakllantirishni maqsad qildik.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak,

milliy armiyamiz har qanday

vaziyatda ham o‘z salohiyatini

namoyon qilishga tayyor turishi,

yurtimizning jug‘rofiy-strategik

mavqeini va hududimizning

jug‘rofiy xususiyatlarini hisobga

olgan holda, ehtimol tutilgan

bosqinchini bartaraf etishga, unga

quruqlikda ham, havoda ham

munosib zarba berishga shay

bo‘lmog‘i — hayotiy ehtiyoj.

Ma’lumki, jangovar qobiliyat,

salohiyat ko‘p va o‘ziga xos

xususiyatlar uyg‘unligidan tarkib

topadi. Uning negizini Vatan

himoyachilarining  professional

darajasi, axloqiy-ruhiy sifatlari,

jismoniy tayyorgarligi, mustahkam

intizomi tashkil etadi. Demak, bu,

o‘z-o‘zidan kadrlar tayyorlash

masalasini kun tartibiga chiqaradi.

Mavjud oliy harbiy o‘quv

maskanlarimizda xilma-xil qo‘shin

14-YANVAR — VATAN  HIMOYACHILARI  KUNI

VATAN  ISHQI  BILAN

HAR KO‘NGIL OBOD

Vatan himoyachilari — tinchlik askarlari.

Harbiy qasamyod — sadoqat qo‘shig‘i.

T


21

turlari uchun ofitser kadrlar tay-

yorlash tizimi barpo qilindi,

Jizzaxda oliy harbiy aviatsiya bilim

yurti, Toshkentda aloqachilarni

tayyorlovchi maxsus fakultet

ochildi. Qurolli Kuchlarimiz

Akademiyasi tashkil etilishi bilan

harbiy fanning eng so‘nggi

yutuqlaridan, jangovar harakatlar

olib borishning ilg‘or tajribalaridan

saboqlar berish yo‘lga qo‘yildi.

Harbiy muxbir sifatida, Jizzax

oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida

bo‘lganimda, parvozlarni bosh-

qarish markazida bilim yurti

bitiruvchisi, yosh ofitser Muham-

madyusuf Oxunjonov qo‘nish

zonasi boshqaruvini sifatli ta’min

etish uchun uzatilayotgan ma’-

lumotlarni tezkorlik bilan tahlil

qilayotgani, o‘z bilimini amaliyotda

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, armiyaning qudrati faqatgina uning jangovar tayyorgarligi,

harakatchanligi, eng yangi qurol-yarog‘lar bilan ta’minlangani bilan emas, balki Qurolli Kuchlarimiz

saflari professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxsiy tarkib bilan qay darajada to‘ldirilgani,

ofitser, serjant va askarlarning ma’naviy, axloqiy-ruhiy fazilatlari, ularning faol hayotiy pozitsiyasi

va qat’iy e’tiqodi, ona-Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissining naqadar yuksak ekani bilan

belgilanadi.

Bu maqsadlarga erishish uchun  eng zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan,

jumladan, yetakchi jamoat tashkilotlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat va san’at namoyandalarining

kuch va imkoniyatlaridan keng foydalanish lozim.

Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila

a’zolari ehtiyojlariga javob beradigan zamonaviy harbiy shaharchalar barpo etish, harbiy okruglar

miqyosida integratsiyalashgan qo‘shinlarorti ta’minotini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy, uy-joy, maishiy, tibbiy

ta’minot tizimlarini yaratish yuzasidan qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirish vazifalari

doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi kerak.

Bu vazifalarning o‘ta muhim ahamiyati shundaki, avvalambor bugungi sharoitda faqat puxta

tayyorgarlikka ega bo‘lgan, har tomonlama yaxshi ta’minlangan va ijtimoiy himoyalangan Qurolli

Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning, sarhadlarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy

yaxlitligining, pirovard natijada el-yurtimizning tinchligi va osoyishtaligining, osuda hayotimizning

mustahkam va ishonchli kafolati bo‘la oladi.

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimovning

«O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 19 yilligi munosabati bilan

Vatan himoyachilariga bayram tabrigi»dan).

Yigitlar — mamlakat tayanchi, faxri.

Qurolli Kuchlarimiz el-yurtimiz mehr-muhabbatidan ma’naviy kuch oladi.

Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi.



22

namoyon etayotgani e’tiborimni

tortdi. Uning fikr-mulohazalaridan

o‘z kasbini sevishi, ona-Vatanni

jonidan ham ortiq ko‘rishi ayon

bo‘lib turar edi. Albatta, bu, barcha

harbiylarimizga xos fazilat. Zero,

kadrlar tayyorlash tizimida ham

izchillik bilan o‘tkazilgan islohot-

lar natijasida yoshlarimiz yetuk,

zamonaviy bilim olib, uyg‘un

rivojlangan, barkamol shaxslar

bo‘lib yetishmoqdalar.

U O‘RINDA,

 Buxoro

viloyati, Olot tumani



mudofaa ishlari bo‘limida

faoliyat ko‘rsatayotgan ofitser

Nodir Haqnazarov bilan bo‘lgan

suhbatimiz yodga tushdi. U yoshlar

o‘rtasida harbiy bo‘lishga qiziqish

ortayotgani haqida so‘zladi.

Tavsiyanoma bilan respublika-

mizdagi oliy o‘quv muassasalariga

o‘qishga kirganlarni ham moni-

toring qilib borarkan. «O‘sish bor,

bu ko‘zga yaqqol tashlanib turibdi»,

deydi u.


Hamqishlog‘im Avazbek

Ochilov esa o‘g‘li Mudofaaga

ko‘maklashuvchi «Vatanparvar»

tashkilotiga qarashli avtomobilchilar

tayyorlash maktabida harbiy-

texnika mutaxassisligi bo‘yicha

o‘qiyotgani, tahsilni tugatganidan

keyin milliy armiyamiz saflarida

xizmat qilishi to‘g‘risida quvonib

gapirdi. «Biron-bir kasb o‘rganib,

armiyaga borgani ma’qul-da.

Xizmati davomida foydasi tegadi.

Ana, qo‘shnim Akbar Ortiqov-

ning o‘g‘li yaxshi xizmat qilgani

uchun tavsiyanomaga ega bo‘libdi.

«Falonchining o‘g‘li askar bo‘lib,

ota-onasiga rahmat olib kelibdi»,

degan gapga nima yetsin, og‘ayni».

«O‘g‘ling ulg‘ayganini harbiy

chaqiruv qog‘ozi kelganda bilar-

kansan, — deydi Halimaxon ismli

bir jurnalist. — Ayniqsa, bolangiz

g‘oyat jangovar bir holatda harbiy

qasamyodni qabul qilganida, haya-

jonlanasiz, faxrlanasiz, ko‘zingizga

sevinch yoshlari keladi, bergan oq

sutingizga mingdan-ming rozi

bo‘lasiz».

Yana bir tanishimning o‘g‘li

desantchilar qismida xizmat qila-

yapti. «O‘g‘lim shartnoma bo‘yicha

xizmatni davom ettirish niyatida.

Bu fikri bizga ham ma’qul», dedi

u. Sodda, samimiy bu so‘zlar

zamirida kamolga yetgan farzandi

Vataniga, xalqiga xizmat qilayot-

ganidan faxr hissi mujassam.


Download 452.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling