Ilmiy-texnik inqilob asosiy xususiyatlari, yo'nalishlari va yutuqlari


Download 264.17 Kb.
bet2/9
Sana03.11.2023
Hajmi264.17 Kb.
#1743843
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7. Global informatsion-texnolgik revolyutsiyani chuqurlashuvi

Bizning fikrimizcha, jahon iqtisodiyotini globallashtirish – bu xо‘jalik hayotini zamonaviy butunjahon internatsionallashtirish bosqichidir, uning doirasida jahon xо‘jaligi sifat jihatdan yangi, rivojlanishning avval notanish bо‘lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega bо‘ladi. Shunday tavsiflar sifatida jahon xо‘jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda deyarli jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining keskin kuchayib borayotgan о‘zaro bog‘liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bо‘lgan mamlakatlarning jalb etilishi, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllantirish jarayonlarini keltirish mumkin.
Y.V.Shishkovning namunaviy ta’rifiga kо‘ra, jahon xо‘jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mehnat taqsimoti, balki ulkan xalqaro, kо‘pincha butunjahon, ishlab chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, global moliyaviy tizim hamda planetar axborot tarmog‘i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotiga aylana boshladi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xо‘jaligining globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi bо‘yicha xalqaro bitimlarning turi va hajmining ortishi, shuningdek, texnologiyalarning nisbatan jadal va keng diffuziyasi natijasida jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy о‘zaro bog‘liqligi” sifatida ta’riflaydilar.
XVFning sо‘nggi ma’ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni – jahonda milliy iqtisodning, xususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba’zan hatto ishchi kuchi, bilim va texnologiyalarning milliy chegaralaridan oqimlarning misli kо‘rilmagan darajada ortib ketishi ham nazarda tutiladi.
Professor A.Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xо‘jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish - bu erkin savdo tо‘g‘risidagi bitimlar uyg‘unligi, jahonni yagona va о‘ta raqobatli bozorga aylantirgan internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir, degan taklifni kiritadi.
Globallashtirish jarayonlarini tushunishga yondoshuv asosida Jahon banki Prezidenti Dj.Vulfensonning jahon xо‘jaligi va jahon sotsiumi zamonaviy holati tо‘g‘risidagi mulohazalari joy olgan: “Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy va internatsional birliklar esa bir-biriga qо‘shilib ketadi. Sо‘nggi moliyaviy inqiroz, OITS, global isib ketishlarni eslang. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznes uslubimizni о‘zgartiradi. Xususiy sektor – xususiy kapital oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kelib, ushbu mamlakatlarning g‘arbiy moliyalashtirish hukumat manbalaridan besh marotaba ortib ketayotgani, misli kо‘rilmagan darajada taraqqiy etib ketdi. Qashshoq mamlakatlarda tezkor urbanizatsiya yuz berib fuqarolik jamiyati vujudga kelmoqda, demokratiya rivojlanmoqda – hukumat ham markaziy hokimiyatdan mahalliy darajaga bosqichma-bosqich о‘tmoqda. Ushbu yо‘nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli kо‘rilmagan darajada ilgariga sakramoqdalar. Integratsiyadan ortda qolayotgan mamlakatlar degradatsiyalanadi (degradatsiya –regressiya – holatning yomonlashuvi). Ularning qoloqlik darajalari ortib borib, boshqa mamlakatlarga nisbatan teng huquqliligi murakkablashib boradi.
Milliy iqtisodiy aloqalarni kuchaytiruvchi nisbatan sezilarli omillaridan biri, shu bilan birga globallashtirish atributi bu – yer sharining deyarli har qanday nuqtasida moliyaviy muassasalarga istalgan miqdordagi mablag‘ni bir zumda о‘tkazib berish imkoniyatini ta’minlovchi global axborot maydoni va global axborot tarmog‘i bо‘lgan global moliya bozorini shakllantirilishi hisoblanadi. Global moliyaviy bozor doirasida milliy bozorlar (yevrobozorlar), shuningdek, offshor moliyaviy bozorlarning ahamiyati oshib boradi. Aynan “Moliyaviy kapital milliy iqtisodiyot chegaralarini buzib о‘tuvchi asosiy omil hisoblanadi».


Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling