AMALIY
KO‘NIKMA
1- topshiriq. Matnga tinish belgilarini qo‘ying.
O‘rta Osiyoda axloqiy tarbiya o‘z an’analariga ega bu boradagi fikrlar qadimgi turkiy yodnomalar buyuk allomalarning asarlari va boshqa yozma yodgorliklar orqali bizgacha еtib kelgan inson odobi eng avvalo uning nutqida namoyon bo‘ladi
Zero nutq odobi insonning axloqini belgilovchi mezondir ahloq fan sifatida o‘rta asrlarda yuzaga keldi nutq odobi haqidagi fan ritorika esa eramizdan avvalgi asrlarda rivojlangan bunga misol qilib Ciceronning “Ritorika haqida” asarini keltirishimiz mumkin.
2- topshiriq. Berilgan matnga tushirib qoldirgan abzatsni yozib, maqolani tiklang.
Nyutonning mexanika qonunlari
Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. I. Nyuton tomonidan ta’riflangan (1687).
Birinchi qonun —……………………..
Ikkinchi qonun — ……………………..
Uchinchi qonun — …………………….
Nyutonning mexanika qonunlari G.Galiley, X.Gyuygens hamda I.Nyutonning o‘zi o‘tkazgan ko‘plab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo bo‘lgan. Nyutonning mexanika qonunlari elementar zarralar va tezligi yorug’lik tezligiga yaqin moddalar uchun o‘rinli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |