Masalan ilmiy uslubning ilmiy-ommabop variantida yozilgan
biron fanga oid kitob, maqola va leksiyalar shu fan masalalari
bilan tanish bo‘lmagan kishilar uchun mo‘ljallanganda material
ularga tushunarli shaklda bayon etiladi,
fikr jonli va qiziqarli
tushuntiriladi, ilmiy
terminlar kam qo‘llaniladi,
umuman tanish bo‘lmagan
termin va mavhum
formulalar o‘rniga aniq
tasviriy materiallarga
kengroq o‘rin beriladi.
Lekin ilmiy uslub bilan
uning ilmiy-ommabop
ko‘rinishi o‘rtasidagi bir
xildagi tafovutlar ilmiy uslub
tushunchasining bir
butunligiga, yaxlitligiga
putur yetkazmaydi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. A. Shomaqsudov, I. Rasulov, R. Qo‘ng‘urov, X.
Rustamov. O‘zbek tili stilistikasi. T.: «O‘qituvchi»
nashriyoti, 1983.
2. Y. Tojiyev, N. Hasanova, H. Tojimatov, O. Yo‘ldosheva.
O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari (ommabop
qo‘llanma). Toshkent, 1994.
3. Q. Samadov. O‘zbek tili uslubiyati. Toshkent-1992.
4. Oybek. Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li (Mukammal
asarlar to‘plami, 20 jildlik), 14-jild.
Do'stlaringiz bilan baham: |