Ilmiy uslub. Va vizual axborotlar. Muloqot va komunikatsiya Jarayonini muloqot texnalogiyasi va texnikasi. Yozma muloqot
Download 29.74 Kb.
|
Akademik yozuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Ilmiy uslub
- Muloqot komunikatsiyasi
- Yozma muloqot
Akademik yozuv: 1-Mavzu. “Ilmiy uslub. Va vizual axborotlar. Muloqot va komunikatsiya Jarayonini muloqot texnalogiyasi va texnikasi. Yozma muloqot ” mavzulari boyicha savol va topshiriqlar: Bajaruvchi: Abduxamidov Doniyorbek Savollar: 1.Ilmiy uslubning boshqa uslublar bilan bogligligi nimada? 2.Muloqot va komunikatsiya jarayonini izohlab bering? 3.Yozma muloqot haqida malumot bering? Javoblar: 1. Ilmiy uslub. — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy uslubdir. Bu uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning , murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k. bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy uslub. oʻz ichida quyidagi mayda uslublarga boʻlinadi: ilmiy ish U., ilmiytexnik U., ilmiyommabop U., ilmiypublitsistik U. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy U.ning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi. 2. “Muloqot komunikatsiyasi Muloqot tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov [2], L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‘zaro ta’sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‘lsak, muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi. Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilishi o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon bo‘ladi. 3.Yozma muloqot So’zlovchi va qabul qiluvchi og’zaki muloqot vositasisiz amalga oshganda juda asqotadi. Barcha tashkilotlsrda ijrochilar yozma xabarlar orqali bo’limlararo va bo’limlar ichida samarali aloqani yuritishlari mumkin. Muloqot jarayoni so’zlar xaberlar yuborishni o’z ichiga oladi. Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Muloqotning bu turi tashkilotlarda keng qo’lanuvchi xabar yozish jarayonini yozishga aytiladi. Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, malumotnomalar, siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shakilda bo’lishi kerak. Yozma nutq yuqori darajada bo’lmas ekan, og’zaki nutq ko’ngildagidek bo’lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo’lashga to’liq imkoniyat bo’ladi. Yozma nutqni xoxlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og’zaki nutqdagi kabi hayajon bo’lvaydi, notiq shoshilmasdan, o’ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og’zaki nutqdan ko’ra ravon, aniq va izchilroq bo’ladi. Yozma nutq barqaror va qatiy bo’ladi, u har doim avvaldan o’ylanadi hamda matnga tushuriladi. Yozma nutq og’zaki nutqning rivojiga bevosita tasir etadi. Og’zaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar bamisoli tafakur mashqlaridir. Download 29.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling