Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya


Download 444.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi444.97 Kb.
#1427412
  1   2
Bog'liq
27 28



TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
IYA
 
https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 
27 
 
Butun dunyoda davom etayotgan globallashuv jarayonida, iqtisodiyotni rivojlantirish va 
tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratgan holda iste’molchilarning 
cheklanmagan ehtiyojlarini qanoatlantirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. 
Albatta , iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini sifatida xizmat ko‘rsatuvchi bank tizimini barqaror 
rivojlantirish orqali umumiy iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishish mumkin.
Banklar kredit tashkiloti hisoblanganligi sababli, banklarning to‘lovga qobiliyatsizligi 
(bankrotligi)ni huquqqiy tartibga solish masalasini kredit tashkiloti misolida ko‘rib chiqamiz. Kredit 
institutlarining bankrotligi, uning operatsion tizimlarida, boshqa yuridik tashkilotlar va moliyaviy 
muassasalardan ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi. Banklarning o‘ziga xos 
xususiyati bank xizmatlari bozorida inqiroz holatlarini oldini olish bilan belgilanadi. Chunki, banklarni 
tugatish yoki banklarning bankrotligi butun iqtisodiyotni beqarorlashishiga olib kelishi mumkin. 
Bankrotlik toʼgʼrisidagi qonunchilik bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning vositalaridan biri 
sifatida qaraladi, undan samarali foydalanish mulkiy munosabatlar ishtirokchilariga sezilarli taʼsir 
koʼrsatadi.Banklarning to‘lovga qobiliyatsizlik instituti (bankrotlik) bank xizmatlari bozorini tartibga 
solish uchun inqirozga qarshi vosita sifatida qaraladi. Banklarning bankrotlik instituti bankni tartibga 
solish bilan bog‘liq bo‘lib, banklarning bankrotlik institutining tiklash va tugatish mexanizmlarining 
o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Ushbu tezisda bank xizmatlari bozorini tartibga solish uchun 
inqirozga qarshi vosita sifatida banklarning bankrotlik institutining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi 
va tahlil qilinadi. 
Bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga 
(depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida 
aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs 
hisoblanadi. Bank boshqa har qanday tashkilot kabi to‘lov qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. 
Banklarning bankrotligi kredit tashkilotining o‘z majburiyatlari bo‘yicha javob bera olmasligi 
hisoblanadi. Bank, agar kreditorlar talablarini qondira olmasa, bankrotlik yoqasida deb hisoblanadi.
Kredit tashkilotining to‘lov qobiliyatini yo‘qotishi uning mijozlarining moliyaviy ahvoliga 
ta’sir ko‘rsatadigan hodisadir. Kredit tashkilotlarining to‘lovga qobiliyatsizligini huquqiy tartibga 
solish Qonunchilik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblandi. Bu holat kredit 
tashkilotari o‘rtasida bankrotlik hollarining o‘sayotgani bilan izohlandi. Bankrotlik instituti uzluksiz 
rivojlanish tendensiyasini qayd etayotganligi sababli, u bilan bog‘liq munosabatlar sohasini tartibga 
soluvchi qonunchilikni takomillashtirish zarurati yuzaga keladi.
S.A. Karelina ta’kidlaganidek “ Bankrot- lik instituti keng ma’noda qarzdor va kreditorlarning 
huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun, qarzlarni undirish va to‘lash bo‘yicha yuzaga keladigan 

Download 444.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling