Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
Download 444.97 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq27 28
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENSIYA BANKLARNING TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIGI (BANKROTLIGI)NING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI Quldoshev Javlonbek Qodirovich Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura talabasi TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS IYA https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 28 munosabatlarda davlat aralashuvidan iborat. Shu nuqtai nazardan, barqarorlikni ta’minlash, xo‘jalik faoliyati ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish , provardida esa – butun iqtisodiy faoliyat davlatning vositasi sifatida qaraladi.” Kredit tashkilotining bankrotligi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish zarurati, boshqa tashkilotlardan farqli ularoq, kredit tashkiloti maxsus huquqiy imkoniyatlarga ega bo‘lib , ular maxsus faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalanadigan faoliyat, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat kabi bank operatsiyalarini amalga oshiradi. Banklarning bankrotlik instituti keng ko‘lamda ko‘rib chiqilishi kerak. Banklarni tartibga solish maqsadlarini hisobga olgan holda, ularni kredit tashkilotlarining bankrotlik instituti maqsadlari bilan bog‘lash kerak. Kredit tashkilotlari bankrotlik institutining inqirozga qarshi salohiyati ham tiklanish va tugatish qismida o‘zini namoyon qilishi mumkin. Qayta tiklash qismida (bankrotlikning oldini olish doirasida), bunday inqirozga qarshi vositalarning katta qismi bir vaqtning o‘zida bankni tartibga solish va nazorat qilish vositasi bo‘ladi. Tugatish qismida (bankrotlik jarayonida) inqirozga qarshi vositalar, qoida tariqasida, bankni tartibga solish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lmaydi.4 Banklarning to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) bilan bog‘liq moddiy-huquqiy munosabatlar ikki tomon: bir tomondan qarzdor, ikkinchi tomondan kreditorlar o‘rtasida shakllanadi. Bankrotlik institutining rivojlanish tarixi davomida, olimlar tomonidan, to‘lovga qobiliyatsizlik( bankrotlik) jarayonida, bir necha kreditorlar mavjud bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. “G.F. Shershenevich bir nechta kreditorlarning mavjudligi bankrotlikning asosiy belgisi deb hisoblaydi”5. Bankrotlik bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi zamonaviy Qonunchilik o‘ziga xos tartibda amal qiladi. Bu holat raqobat muhitida huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun kamida bitta kreditorga ega bo‘lishi zarur. Kredit tashkilotiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik mezonidan tashqari, kreditorlar oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun kredit tashkilotining mol-mulki yoki aktivlari qiymatining yetarli emasligi, shuningdek majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi kabi xususiyat qo‘llaniladi. Bank faoliyatida “Bankrotlik to‘g‘risida”- gi qonunni qo‘llash bank talablarini himoya qilish bilan bir qatorda bank tavakkalchiligiga qarshi tizimni rag‘batlantirish va bankni yopish bo‘yicha o‘z vaqtida olib boriladigan va tizimli xatarlarni o‘z ichiga olgan nozik jarayondir. Xulosa qilib aytganda, bank xizmatlari bozorini inqirozga qarshi tartibga solish vositasi bo‘lgan kredit tashkilotlarining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) instituti banklarni tartibga solish vositasi sifatida ishlaydi. Banklarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali yechimlar jarayoni zarur. Bu nazorat organlari va bank organlariga moliya tizimidagi buzilishlarni tezda yumshatish va banklarning ishdan chiqishi bilan bog‘liq Download 444.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling