Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya


TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR


Download 38.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi38.34 Kb.
#1524897
1   2   3
Bog'liq
1-3 YANGI O\'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIK YO\'LI

TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
 
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENSIYA
 
YANGI O'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIK YO'LI 
 
 
Xolmurodova Nafisa Tolibjonovna 
Osiyo Xalqaro Universiteti, Magistratura 1-kurs talabasi, Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 
talabasi 


TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
IYA
 
https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 

keltirilgan. Misol uchun, Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, 
Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar 
strategiyasi yakuniga kelib, Yangi Oʻzbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi. Kelgusida 
Taraqqiyot strategiyasi doirasida bir qator konsepsiya va dasturlar, 13 ta kodeks, 12 ta qonun, yaʼni har 
bir ustuvor yoʻnalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi koʻzda tutilgan. Binobarin, yangi hujjat 
— Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi Oʻzbekistonning poydevorini tiklash va 
binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026-yilgacha boʻlgan davrni qamrab 
oladi va yilma--yil amalga oshirib boriladi.Har uchala hujjat loyihasi oʻtgan yil 30-dekabr kuni 
jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Shu tariqa “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi 
muhokamasining uchinchi bosqichi 2021-yil 30-dekabrdan jamoatchilik muhokamalari yakuniga 
yetgan sana, yaʼni 2022-yil 15-yanvargacha boʻlgan davrni qamraydi. Ushbu muhim hujjat loyihalari 
2022-2026.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz elektron platformalari orqali keng 
jamoatchilik oʻrtasida muhokama uchun joylashtirilgani yurtdoshlarimizga oʻz takliflarini bildirishi 
uchun qulay imkoniyat tugʻdirdi. Natijada qizgʻin va jiddiy muhokamalar asnosida faqatgina elektron 
platformalar orqali jami 17 ming 535 ta taklif kelib tushdi. Jamoatchilik muhokamalari milliy va 
xalqaro miqyosda keng tashkil etilgani diqqatga loyiq. Milliy muhokamalarning oʻzi ham bir nechta 
yoʻnalishda oʻtkazildi.Avvalambor, Taraqqiyot strategiyasi parlament yoʻnalishida — Oliy Majlis 
palatalari majlislarida, qoʻmita va komisssiyalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Yoshlar 
parlamentlarida muhokama qilindi. Shuningdek, davlat organlari masʼul xodimlari, soha 
mutaxassislari, olimlar, professor-oʻqituvchilar, turli soha vakillari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston 
taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan konferensiya, uchrashuv va davra 
suhbatlari tashkil etildi. Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, fuqarolik jamiyati faollari 
alohida namuna koʻrsatdi. Muhokama jarayonlariga xorijdagi vatandoshlarimiz ham keng jalb etildi.
Bundan tashqari, Taraqqiyot strategiyasiga xalqaro darajada va xorijiy ekspertlar tomonidan faol 
hamda yuksak baholar berildiki, bu haqda alohida toʻxtalamiz. Qolaversa, internet, televideniye, radio 
va matbuot nashrlarining imkoniyatidan unumli foydalangan holda, muntazam ravishda jamoatchilik 
muhokamalari oʻtkazib borildi. Shu qamrovdor jarayonlarda bildirilgan barcha taklif va fikr-
mulohazalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan diqqat bilan oʻrganib chiqildi. Natijada minglab 
takliflar Taraqqiyot strategiyasini tegishli ravishda boyitishga toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat qildi. Bunga 
birgina yaqqol misol: “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi jamoatchilik muhokamasi 
uchun eʼlon qilinganida 94 ta maqsaddan iborat boʻlgan. Jamoatchilik muhokamalari yakunidan soʻng 
Taraqqiyot strategiyasidagi ushbu maqsadlar soni 100 ta etib belgilangan. 
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining maʼno-mohiyati haqida soʻz borganda, uning qu­yidagi 
uchta darajada namoyon boʻladigan tarixiy ahamiyatini alohida taʼkidlash lozim. 
Birinchisi — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining milliy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot 
strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va eng muhim vazifalarning atrof­licha tahlili shundan 
dalolat beradiki, yangi Oʻzbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Yaʼni 
“Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri — oliy qad­riyat”, degan tamoyil eʼtirof 
etilmoqda. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “davlat — 
jamiyat — inson” tamoyili “inson — jamiyat — davlat” tamoyiliga oʻzgartirilmoqda. Yanada sodda 
qilib aytganda, Oʻzbekistonda har bir fuqaroning qadrini yuksaltirish va farovonligini oshirish 
zarurligiga urgʻu berilmoqda. Eng asosiysi, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor 
yoʻnalishning bosh gʻoyasi — inson qadrini taʼminlash. Chunki ­Prezidentimizning saylovoldi 
dasturidagi asosiy gʻoya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi. Inson qadrini joyiga qoʻyishni qonuniy 
va tashkiliy-huquqiy yoʻllar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xal-qaro 
hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb 
savolga juda koʻplab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor. 
Ikkinchisi — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining mintaqaviy darajadagi ahamiyati. 
Taraqqiyot strategiyasida koʻzda tutilgan maqsadlarda Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasida yaqin 


TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS

Download 38.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling