Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya


Download 38.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi38.34 Kb.
#1524897
  1   2   3
Bog'liq
1-3 YANGI O\'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIK YO\'LI



TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
IYA
 
https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 

 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O„zbekistonning taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi va 
beqiyos ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining maʼno-
mohiyati haqida soʻz borganda, uning qu­yidagi uchta darajada namoyon boʻladigan tarixiy 
ahamiyatini alohida taʼkidlash lozim, bular quyida maqolada aks etgan.
Kalit so’zlar: prezident nutqi, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi, hujjatlar, tarixiy ahamiyati. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot 
strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan 
videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmun-
mohiyati, uni yaqin va oʻrta istiqbolda amalga oshirish mexanizmlari haqida batafsil soʻz yuritildi. 
“Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz tanlanmagan. Bu nom, avvalo, mazkur 
Taraqqiyot strategiyasi — 2017-yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida hayotga izchil 
tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Yangi 
Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” 
tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yoʻnalishni taraqqiyotning yangi 
bosqichida mantiqiy, keng koʻlamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yoʻnalishlarda 
muhim natijalarga erishish koʻzda tutilmoqda.Oʻz navbatida, xalqimizning toʻla ishonchi bilan qayta 
saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali 
marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqi “Yangi Oʻzbekiston 
taraqqiyot strategiyasi” lo­yihasi muhokamasining ikkinchi bosqichini bosh-lab berdi. Bu bosqich 
2021-yilning 6-noyabridan 29-dekabrigacha davom etdi. 
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida bayon etilgan yangi gʻoya va tashabbuslar saylovchilar, 
butun xalqimiz bildirgan taklif, fikr hamda mulohazalar bilan umumlashtirilishi va takomillashtirilishi 
hisobiga yanada sayqal topdi. Natijada uchta hujjat: 
birinchidan, Prezidentimizning “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraq­qiyot 
strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni; 
ikkinchidan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda 
amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi; 
uchinchidan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga 
oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi loyihalari ishlab chiqildi. Xususan, agar Harakatlar 
strategiyasida 5 ta ustuvor yoʻnalish belgilab olingan boʻlsa, taraqqiyot oʻzgarishlarining yangi tarixiy 
bosqichda davom ettirilishi koʻzda tutilgan holda, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasiga 2 ta 
yangi ustuvor yoʻnalish qoʻshildi. Shunday qilib, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston 
taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yoʻnalish nazarda tutilgan.Bu — bejiz emas. Zero, davlatimiz 
rahbari taʼkidlaganidek, “ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu -niyatni 
roʻyobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar”. Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar 
strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham 

Download 38.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling