Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya
Download 362.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1-3 TARBIYAVIY JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-PROFILAKTIK MODELI
TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS IYA https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 1 Аnnotatsiya: Mavzuning dolzarbligi. Jadal sur‟atlar bilan odimlab borayotgan globallashuv jarayoni, davlat va jamiyatning rivojlanishi ilm fan, texnika va texnologiyalar sohasida erishilgan yutuqlar, oliy ta‟lim tizimida faoliyat yuritayotgan ilmiy kadrlar salohiyati, ularning kelajak istiqbollari, ijodkorligi va tashubbuskorligi bilan bog„liqligini ijtimoiy hayotning o„zi ko„rsatmoqda. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiytarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot-yo falokat, yo saodat-yo falokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq. Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng 9 ko'lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Maqsadsiz, ma'lum g'oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo'lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo'lishi mumkin. Ilg'or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg'unligini namoyon etadi. Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo'naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo'ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko'lamiga ko'ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi. Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko'plab obektiv sabablar yetakchi rol o'ynaydi. Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug'i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo'nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkurasi va siyosati bo'lib qolaveradi. Shuningdek, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta‟limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-3931-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan Umumiy o„rta ta‟lim Nizomda umumiy o„rta ta‟limning vazifalarida: o„quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg„unlashtirish asosida yuksak ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o„z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; ta‟lim-tarbiya jarayoniga o„qitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish orqali ta‟lim sifatini oshirish; o„quvchilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo„llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta‟lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish kabilar belgilangan. Download 362.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling