Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya


TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR


Download 362.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi362.61 Kb.
#1613484
1   2   3
Bog'liq
1-3 TARBIYAVIY JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-PROFILAKTIK MODELI

TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
 
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENSIYA
 
TARBIYAVIY JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-
PROFILAKTIK MODELI 
 
 
Siddiqov Xasan Taxirovich 
Urganch Davlat Universiteti 


TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
IYA
 
https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 

Yuqorida ko„rsatilgan vazifalar ijrosini ta‟minlash uchun oliy ta‟lim muassasalarida tahsil olayotgan 
bo„lajak pedagoglarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini 
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun: 
birinchidan, yuqori samarali zamonaviy ta‟lim va innovatsion texnologiyalar, ilg„or xorijiy 
tajribani keng joriy etgan holda, oliy ta‟lim muassasalarida tahsil olayotgan bo„lg„usi pedagoglar 
uchun malaka talablari, o„quv rejalari, dastur hamda uslublarini tubdan yangilashni talab etmoqda; 
ikkinchidan oliy ta‟lim muassasalarida talabalarga saboq berayotgan professor-o„qituvchilarni 
zamon bilan hamnafas bo„lishlariga, ta‟lim-tarbiya jarayoniga fanlar bo„yicha innovatsiyalar, 
shuningdek, ilg„or uslublarni keng joriy etishga zarur shart - sharoit yaratish, shu bilan birga, kasb 
mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishini talab etadi. Vaholanki, 
bugungi zamonaviy pedagog: 
 har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli ma‟lumoti bor, ya‟ni o„z fanining 
chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik - psixologik va uslubiy bilim hamda 
malakalarni egallagan bo„lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qila olishi, lozim; 
 pedagogik ta‟sir ko„rsatishning didaktik usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega 
bo„lishi, monodidaktik tizimning kombinatsiyasidan unumli foydalana olishi; 
assotsiativ - reflektorli, bixevioristik, geshtal‟ttexnologiya, interiorizatorlik, rivojlantiruvchi, 
neyrolingvistik dasturlashtirilgan va suggestiv ta‟lim texnologiyalarini amaliyotga tatbiq eta olishi; 
 o„qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati, pedagogik 
texnika (nutq, yuz, qo„l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur 
o„zlashtirib olishga erishishlari lozim.
Bizning nazarimizda, oliy ta‟lim muassasalarida tahsil olayotgan bo„lajak pedagoglarni pedagogik 
mahorat sirlaridan boxabar etishimiz bilan bir qatorda, ularni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini 
takomillashtirishda bevosita tarbiyaviy muammolarni ham, ya‟ni, talabalarning tarbiya jarayonidagi 
faoliyati, ularning tarbiyaviy faoliyatga ilmiy-nazariy jihatdan yondashuvini takomillashtirish ham 
muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. 
Buning uchun esa biz tarbiyaviy ishlarni tizimli tahlil eta olishimiz ya‟ni, talabalarning tarbiyaviy 
faoliyatga tayyorlash tizimini yaratishimiz zarur.
Respublikamizda Oliy ta‟lim tizimini isloh qilishga bo„lgan e‟tibor kundan kunga takomillashib 
borayotgani hech kimga sir emas albatta. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi “2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi 
bo„yicha Harakatlar strategiyasi to„g„risida”gi PF-4947-sonli farmonida ham Oliy ta‟lim tizimiga 
alohida e‟tibor qaratilib, “yurtimizni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish bo„yicha ahamiyatli vazifalarga 
muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta qarab chiqish, xalqaro standartlar darajasida 
oliy ma‟lumotli mutaxassislarni tayyorlashga zarur sharoitlar yaratish” ko„rsatib o„tilgan.
Darhaqiqat, bo„lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini zamon talablariga mos 
ravishda takomillashtirish yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Alohida urg„u berib 
o„tish joizki, zamonaviy pedagog kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, 
konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ„ibotchisi 
ekanligini chuqur his etishi lozim. Buning uchun oliy ta‟lim muassasalari kreativ tafakkurga va 
zamonaviy dunyoqarashga ega bo„lishi bilan bir qatorda metodik jihatdan qurollangan kompetentlili 
mutaxassis kadrlarni tarbiyalashga jiddiy e‟tibor qaratishi lozim.
Oliy ta‟lim tizimida tarbiyaga kompetensiyaviy yondashuvning yangiligi quyidagilarga asoslanadi: 
kasbiy tarbiyaning o„ziga xosligi; tarbiya nazariyasi va amaliyotida stereotiplardan voz kechish; oliy 
ta‟limning o„quv, auditoriyadan tashqari, ijtimoiy faoliyati tizimli tarbiyaning xilma-xil obyekt va 
subyektlarini yaratish; tarbiyaning an‟anaviy shakllari va innovatsion loyihaviy texnologiyalarni 


TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS

Download 362.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling