Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
Download 362.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1-3 TARBIYAVIY JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-PROFILAKTIK MODELI
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENSIYA TARBIYAVIY JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY- PROFILAKTIK MODELI Siddiqov Xasan Taxirovich Urganch Davlat Universiteti TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS IYA https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 2 Yuqorida ko„rsatilgan vazifalar ijrosini ta‟minlash uchun oliy ta‟lim muassasalarida tahsil olayotgan bo„lajak pedagoglarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun: birinchidan, yuqori samarali zamonaviy ta‟lim va innovatsion texnologiyalar, ilg„or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy ta‟lim muassasalarida tahsil olayotgan bo„lg„usi pedagoglar uchun malaka talablari, o„quv rejalari, dastur hamda uslublarini tubdan yangilashni talab etmoqda; ikkinchidan oliy ta‟lim muassasalarida talabalarga saboq berayotgan professor-o„qituvchilarni zamon bilan hamnafas bo„lishlariga, ta‟lim-tarbiya jarayoniga fanlar bo„yicha innovatsiyalar, shuningdek, ilg„or uslublarni keng joriy etishga zarur shart - sharoit yaratish, shu bilan birga, kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishini talab etadi. Vaholanki, bugungi zamonaviy pedagog: har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli ma‟lumoti bor, ya‟ni o„z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik - psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo„lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qila olishi, lozim; pedagogik ta‟sir ko„rsatishning didaktik usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega bo„lishi, monodidaktik tizimning kombinatsiyasidan unumli foydalana olishi; assotsiativ - reflektorli, bixevioristik, geshtal‟ttexnologiya, interiorizatorlik, rivojlantiruvchi, neyrolingvistik dasturlashtirilgan va suggestiv ta‟lim texnologiyalarini amaliyotga tatbiq eta olishi; o„qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo„l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o„zlashtirib olishga erishishlari lozim. Bizning nazarimizda, oliy ta‟lim muassasalarida tahsil olayotgan bo„lajak pedagoglarni pedagogik mahorat sirlaridan boxabar etishimiz bilan bir qatorda, ularni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishda bevosita tarbiyaviy muammolarni ham, ya‟ni, talabalarning tarbiya jarayonidagi faoliyati, ularning tarbiyaviy faoliyatga ilmiy-nazariy jihatdan yondashuvini takomillashtirish ham muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa biz tarbiyaviy ishlarni tizimli tahlil eta olishimiz ya‟ni, talabalarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini yaratishimiz zarur. Respublikamizda Oliy ta‟lim tizimini isloh qilishga bo„lgan e‟tibor kundan kunga takomillashib borayotgani hech kimga sir emas albatta. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi “2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi to„g„risida”gi PF-4947-sonli farmonida ham Oliy ta‟lim tizimiga alohida e‟tibor qaratilib, “yurtimizni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish bo„yicha ahamiyatli vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta qarab chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma‟lumotli mutaxassislarni tayyorlashga zarur sharoitlar yaratish” ko„rsatib o„tilgan. Darhaqiqat, bo„lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Alohida urg„u berib o„tish joizki, zamonaviy pedagog kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ„ibotchisi ekanligini chuqur his etishi lozim. Buning uchun oliy ta‟lim muassasalari kreativ tafakkurga va zamonaviy dunyoqarashga ega bo„lishi bilan bir qatorda metodik jihatdan qurollangan kompetentlili mutaxassis kadrlarni tarbiyalashga jiddiy e‟tibor qaratishi lozim. Oliy ta‟lim tizimida tarbiyaga kompetensiyaviy yondashuvning yangiligi quyidagilarga asoslanadi: kasbiy tarbiyaning o„ziga xosligi; tarbiya nazariyasi va amaliyotida stereotiplardan voz kechish; oliy ta‟limning o„quv, auditoriyadan tashqari, ijtimoiy faoliyati tizimli tarbiyaning xilma-xil obyekt va subyektlarini yaratish; tarbiyaning an‟anaviy shakllari va innovatsion loyihaviy texnologiyalarni TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS Download 362.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling