Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya
Download 38.34 Kb. Pdf ko'rish
|
1-3 YANGI O\'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIK YO\'LI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS IYA https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 1 Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O„zbekistonning taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi va beqiyos ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining maʼno- mohiyati haqida soʻz borganda, uning quyidagi uchta darajada namoyon boʻladigan tarixiy ahamiyatini alohida taʼkidlash lozim, bular quyida maqolada aks etgan. Kalit so’zlar: prezident nutqi, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi, hujjatlar, tarixiy ahamiyati. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmun- mohiyati, uni yaqin va oʻrta istiqbolda amalga oshirish mexanizmlari haqida batafsil soʻz yuritildi. “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz tanlanmagan. Bu nom, avvalo, mazkur Taraqqiyot strategiyasi — 2017-yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yoʻnalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng koʻlamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yoʻnalishlarda muhim natijalarga erishish koʻzda tutilmoqda.Oʻz navbatida, xalqimizning toʻla ishonchi bilan qayta saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqi “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining ikkinchi bosqichini bosh-lab berdi. Bu bosqich 2021-yilning 6-noyabridan 29-dekabrigacha davom etdi. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida bayon etilgan yangi gʻoya va tashabbuslar saylovchilar, butun xalqimiz bildirgan taklif, fikr hamda mulohazalar bilan umumlashtirilishi va takomillashtirilishi hisobiga yanada sayqal topdi. Natijada uchta hujjat: birinchidan, Prezidentimizning “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni; ikkinchidan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi; uchinchidan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi loyihalari ishlab chiqildi. Xususan, agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yoʻnalish belgilab olingan boʻlsa, taraqqiyot oʻzgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi koʻzda tutilgan holda, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yoʻnalish qoʻshildi. Shunday qilib, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yoʻnalish nazarda tutilgan.Bu — bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu -niyatni roʻyobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar”. Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham Download 38.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling