Ilmni Chinda bo’lsa ham o’rganish kerak


Download 18.96 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi18.96 Kb.
#1011741
Bog'liq
insho EYUF Sultonov Shavkatxon


Mening xorijda ta’lim olishdan ko’zlagan maqsadlarim
Ilmni Chinda bo’lsa ham o’rganish kerak.
(Hadis)
Men, Sultonov Shavkatxon Cambridge International College bitiruvchisiman. Har bir insonning o‘z orzu-umidlari, maqsadlari bo‘lgani kabi, mening ham orzu-havaslarim bir dunyodir. Oldimga qo‘ygan asosiy maqsadim – XXI-asrda butun dunyoda to’xtovsiz rivojlanib borayotgan injener-texnologiya sohasini organib, ushbu o’rgangan bilimlar va ko’nikmalarni avvalo vatanimning rivojlanishi, faravonligini o’sishi hamda albatta yurtimiz mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida faoliyat yurutishga erishishdir.
Mustaqillik davri tarixini o’rganish mobaynida yurtimizda markazlashgan iqtisodiyot negizida tashkil etilgan sanoat korxonalari bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermasdan inqirozga uchragan bo’lsada va ular o’rniga ko’pgina sanoat turlari asosan xususiy tashabbuskorlik asosida tashkil etilganligini ko’ramiz. Aksar yangi sanoat korxonalari to’qimachilk, poyafzal va hokazolarni ishlab chiqarish bo’lib ularning rivojlanishi birmuncha murakkab bo’lgan. Ilgari davlatimiz hududida mavjud bo’lmagan ishlab chiqarishlarni talab qilishga o’tdi. Shuningdek davlat moliyasi ishtirokida ham murakkab bo’lgan GTL kabi ishlab chiqarishlar tashkil etildi.
Endigi navbat yuqori texnologiyalar sanoati bo’lib, ushbu yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etilishi avvalo yuqori qo’shimcha qiymat, ish haqi va soliq tushumlarini shakllantiradi va O’zbekistonimizning faravonligini oshiradi. Ushbu yuqori texnologiyalar joriy etilishi albatta bilim egasi bo’lgan mutaxxassislarning mavjudligi bilan chambarchas bog’liqdir. Patent bilan cheklangan va har kuni yangilanib turgan know-how larning qo’llanilishi va muhimi yangi know-how larning joriy eta olish salohiyati yetarli bilimga ega bo’lgan mutaxassislarning ishidir.
Hozirgi zamon rivoji trendlaridan eng asosiysi sun’iy aql bo’yicha bilim va ko’nikmalari bo’lib qolmoqda. Mening maqsadim mexanik muhandislik bilimlarimni sun’iy aql sohasi bilan birgalikda o’rganish va ushbu yo’nalishda faoliyat yuritishdir. Aynan shu maqsad yuzasidan chet elda, xususan, AQShning Arizona universitetlari(University of Arizona hamda Arizona State University)da o’qishni tanladim. Bizning yurtimizda sun’iy aql sohasi endi kirib kelib, rivojlanayotgan yo’nalishlardan biri sanaladi. Hozirgi kungacha Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh hamda Germaniya harbiy va maishiy texnologiyalar dunyosini peshqadami hisoblanardi. Biroq oxirgi yillarda Turkiya ham ozining oxirgi havo mudofaasi tizimlariga yetarlicha tashvish yaratuvchi Bayroqdor harbiy uchar dronlari yuqori texnologiyalar dunyosida shov shuvni yuzaga keltirdi. Shuningdek Turkiya va Hindiston kabi davlatlarining texnologik dastgohlari dunyo bozorida rivojlangan davlatlarning texnologiyalari orasida o’z ulushiga ega bo’lganini ko’ryapmiz.
Hozirgi kundagi barcha kompyuter, aqlli avtomobillar, samolyotlar va dronlar Al-Xorazmiy bobomiz yaratgan 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar va algoritmlar tizimi orqali ishga tushuriladi. Bu hammasi avvalo bilimning ortidan ekanligini bilamiz. Albatta mening maqsadim ham shunday, O'zbekistonda va chet ellarda tahsil olayotgan tengdoshlarim bilan dunyoga yurtimiz O'zbekistonni yanada tanitadigan texnologiyalarni yaratish va ulardan samarali foydalanishdir. Tarix albatta qaytishiga va biz yoshlar birgalikda kattadan-katta yutuqlarga erishishimizga ishonaman.
Tog'lardan qaytayotgan aks sadoda har bir tovushning qanchalik ulushi bo'lsa, buyuk dardli millat saodatida mening ham shunday hissam bo'ladi!

Download 18.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling