Mavzu: Chet elda o'qishning afzalliklari va kamchiliklari Reja


Download 22.33 Kb.
bet1/4
Sana11.11.2023
Hajmi22.33 Kb.
#1766023
  1   2   3   4
Bog'liq
Chet elda o\'qishning afzalliklari va kamchiliklari


Mavzu:Chet elda o'qishning afzalliklari va kamchiliklari
Reja
Xalqaro darajadagi sifatli taʼlim;
Til darajangizni oshirish;
Xorijda oʻqishning ehtimoliy kamchiliklari:
Doʻstlaringiz va oilangizdan uzoqda boʻlish;

Chet elda oʻqish talaba uchun xalqaro sifatdagi taʼlim olish, tajriba orttirish, turli mamlakat va xalqlar madaniyati bilan tanishish va albatta unutilmas tajriba orttirish imkoniyatlarni taqdim etishi shubhasiz. Biroq, har qanday muhim hayotiy qaror singari, chet elda oʻqishdan oldin uning qanday afzalliklari va kamchiliklari borligini hisobga olish muhim hisoblanadi. Shu sababli ushbu blog postimizda siz qadrli oʻquvchilarga chet elda oʻqishning 5 ta afzalliklari va qiyinchiliklari haqida aytib oʻtmoqchimiz.


Chet elda oʻqishning afzalliklari
1. Xalqaro darajadagi sifatli taʼlim.
Qayerda oʻqishga qaror qilishingizda eng muhim omil u yerdagi taʼlim tizimi va sifati boʻlishi shubhasiz. Chet elda oʻqish esa sizga oʻzingiz kutgan va xalqaro sifat darajasiga javob bera oladigan taʼlimni taqdim etishi mumkin.
Albatta, turli davlatlarda taʼlim darajalari turlicha va barcha kabi siz ham bu borada eng top davlatlarda oʻqishni xohlashingiz shubhasiz. Ammo juda koʻp rivojlangan davlatlardagi universitetlar taʼlim tizimi, ular top 300 yoki 500 talik universitetlar orasida boʻlmasa ham sizga xalqaro darajadagi sifatni taqdim eta olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Rasm manbasi
2. Til darajangizni oshirish.
Istalgan yangi tilni oʻrganishda turlicha usullarni sinab koʻrishingiz mumkin. Masalan, ingliz tilini oʻrganish uchun turli xil foydali ilovalardan yoki rus tilini oʻrganishda mustaqil internetdagi manbalardan foydalanishingiz mumkin.
Ammo barchamizga maʼlumki, til oʻrganishda eng samarali va tezkor usul — bu oʻsha til muhiti ichida boʻlish va “native speaker”lar bilan muloqot qilish hisoblanadi. Oʻrganayotgan tilingizda gaplashadigan davlatda oʻqish esa sizga bu tilni bir necha oylar ichida yuqori darajada egallash imkoniyatini beradi. U yerdagi mahalliy aholi bilan suhbatlashish — soʻz boyligingizni yaxshilash va yangi mamlakatdagi odamlar kundalik muloqotda qanday soʻz va jumlalardan foydalanishini oʻrganishning eng ajoyib usuli.
Koʻpgina xalqaro oʻquv dasturlariga qabul qilinish uchun sizga kuchli ingliz tili koʻnikmalari va IELTS va TOEFL kabi sertifikatlar (1.6) kerak boʻlishi mumkin. Biroq dastur davomida ingliz tilida boʻluvchi maʼruzalarga qatnashish, vazifalar tayyorlash va taqdimotlar qilish sizning til koʻnikmalaringizni yanada yaxshilashga yordam beradi.
Til koʻnikmalaringizni oshirish nafaqat chet elda oʻqish vaqtidan unumli foydalanishga yordam beradi, balki sizning CVyingizda muhim oʻringa ega boʻladi va kelajakdagi kasbingizda ham doimiy yordam berib boradi.

Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling