Mavzu: Chet elda o'qishning afzalliklari va kamchiliklari Reja


Mustaqil bo’lish va o’zingizga bo’lgan ishonchni orttirish


Download 22.33 Kb.
bet2/4
Sana11.11.2023
Hajmi22.33 Kb.
#1766023
1   2   3   4
Bog'liq
Chet elda o\'qishning afzalliklari va kamchiliklari

3. Mustaqil bo’lish va o’zingizga bo’lgan ishonchni orttirish.
Chet elda oʻqishning boshqa koʻplab sabablaridan tashqari bu narsa sizga mustaqil boʻlishni oʻrganish va oʻzingizga boʻlgan ishonchni orttirishda juda katta yordam berishi mumkin. Albatta, bu jarayon oson boʻlmaydi va madaniyatlar qarama-qarshiliklari kabi turli qiyinchiliklarga uchrashingiz ehtimoli yoʻq emas. Lekin bu qiyinchiliklarni yengib oʻtish orqali siz asta-sekin hayotda mustaqil qadam tashlashni oʻrganasiz va bu oʻz navbatida sizning ishonch darajangizni ortishiga yordam beradi.
Masalan, chet elga oʻqishga kirgandan keyin sizning oldingizda viza olish, sugʻurta rasmiylashtirish, safar uchun chipta sotib olish, oʻsha yerga yetib bormasdan turib turar joy masalasini hal qilish, safar oldi chetda oʻqish uchun kerakli narsalarni yigʻish va albatta u yerga yetib borgandan keyingi turli xil talab etilgan rasmiy va norasmiy jarayonlardan oʻtish talab etiladi. Bularning barchasini mustaqil bajarish esa sizga yakunda juda katta tajriba boʻlib xizmat qiladi.
4. Yangi odamlar bilan tanishish.
Xorij mamlakatida oʻqish yangi va turli xil odamlar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat. U yerda siz turli mamlakatlardan kelgan hamfikr va umumiy qiziqishlarga ega talabalarni uchratasiz. Bu esa, oʻz navbatida, xalqaro hamdoʻstlik aloqalarini rivojlanishida katta yordam beradi. Hattoki, qadriyat va qarashlaringiz mos kelmaydigan odamlarni uchratsangiz ham, bu sizga ochiq yoki tanqidiy fikrlash qobiliyatlaringizni oʻstirishda katta yordam beradi.
Eng muhimi bu jarayon davomida sizning dunyoqarashingiz kengayib boradi va kelajakda sizga yangi loyihalar uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qiladi. Atrofingizdagi odamlardan oʻrganishdan tashqari siz ham ularga vataningiz va madaniyatingiz haqida ham aytib berishingiz mumkin boʻladi.
5. Kengroq va yaxshiroq karyera imkoniyatlari.
Chet elda va xalqaro reytinglarda yuqori oʻrinda turuvchi universitetda oʻqish, shubhasiz, sizga karyera borasida kengroq va yaxshiroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Albatta, faqat diplom bilan, u hattoki top 100 talik universitetniki boʻlsa ham, sizni hech kim ishga olmasa ham, xorijdagi muhit sizga yaxshi ish topish ehtimolini oshiruvchi qobiliyatlarni oʻrganishingizga katta yordam beradi.
Oʻqishni bitirgandan keyin bir muddat boʻlsa ham oʻsha yerda ishlash orqali esa siz dunyo tajribasini oʻrganish va moliyaviy holatingizni yaxshilab olishingiz mumkin.

Rasm manbasi

Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling