Mavzu: Chet elda o'qishning afzalliklari va kamchiliklari Reja


Xorijda oʻqishning ehtimoliy kamchiliklari


Download 22.33 Kb.
bet3/4
Sana11.11.2023
Hajmi22.33 Kb.
#1766023
1   2   3   4
Bog'liq
Chet elda o\'qishning afzalliklari va kamchiliklari

Xorijda oʻqishning ehtimoliy kamchiliklari
Har bir imkoniyatning oʻziga yarasha toʻlovi va kamchiliklari boʻlgani kabi chet elda oʻqish ham bu jihatlardan holi emas. Shu sababli sizga chet elda xorijiy talaba sifatida duch kelishingiz mumkin boʻlgan 5 ta kamchilik va qiyinchilik haqida aytib oʻtmoqchimiz.
1. Doʻstlaringiz va oilangizdan uzoqda boʻlish.
Chet elda oʻqish sizga mustaqil boʻlishda yordam berish bilan bir qatorda, siz bilan uzoq vaqtdan beri bilan birga boʻlgan doʻstlaringiz va albatta oilangizdan uzoqda boʻlishga majbur qiladi. Bu esa, oʻz navbatida, boshqa qiyinchilik va juda katta miqdordagi yangiliklar bilan qoʻshilib sizni dastlabki oylarda uyni qattiq sogʻinishingizga sabab boʻlishi mumkin.
Albatta, bunday holatda siz ruhiy sogʻligʻingiz haqida qattiq qaygʻurishingiz va mahalliy muhit hamda yangi odamlarga tezroq moslashib ketishga harakat qilishingiz kerak.
2. Doimiy moliyaviy stress.
Xorijda oʻqish koʻpincha katta moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Oʻquv toʻlovlari, turar joy, yashash xarajatlari va sayohat nafaqat xorijlik talabalarga, balki mahalliy aholining oʻziga ham qiyinchilik tugʻdiradi. Ayniqsa rivojlanayotgan davlatlardan talabalar rivojlangan davlatlarga borib oʻqigan paytda bu narsa juda qattiq sezilishi aniq.
Doimiy moliyaviy stressda boʻlishni va ish va oʻqish bilan “koʻmilib” qolmaslikni oldini olish uchun turli xil grantlarga harakat qilib koʻrishingiz mumkin. Toʻliq qoplanuvchi davlat grantlariga raqobat juda yuqori boʻlgani bilan, siz universitetlar grantlariga harakat qilishingiz mumkin. Bu kabi grantlar sizga xarajatlarni toʻliq qoplashda yoki yuqorida eslab oʻtilgan stressni kamaytirishda katta yordam beradi.
3. Madaniyatlardagi qarama-qarshiliklar — doimiy “begona” his qilish.
Borgan joyingizda yangi madaniyatga moslashish bir vaqtning oʻzida ham hayajonli, ham stressli boʻlishi mumkin. Bu esa, oʻz navbatida, chetga koʻchishdagi eng mashhur boʻlgan qiyinchiliklardan boʻlgan madaniy zarbani (culture shock) keltirib chiqarishi mumkin.
Agar bunday madaniy qarama-qarshiliklarga tez moslashib keta olmasangiz, sekin-asta odamlardan ajralib qolishingiz va doimiy tarzda oʻzingizni bu muhitga nisbatan begona his qilishingiz mumkin. Buning oldini olish uchun esa oldindan bunday qarshiliklar haqida tushunchaga ega boʻlish va ularga tayyorgarlik koʻrish talab etiladi.

Rasm manbasi

Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling