Жиззах политехника институти


Download 47.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi47.74 Kb.
#1731984
  1   2
Bog'liq
ЖизПИ конф 2021



1


3
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ 
 
 
 
ЖИЗЗАХ ПОЛИТЕХНИКА ИНСТИТУТИ 
 
 
 
ЗАМОНАВИЙ ТАДҚИҚОТЛАР, ИННОВАЦИЯЛАР, 
ТЕХНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ ДОЛЗАРБ 
МУАММОЛАРИ ВА РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ 
 
мавзусида 2021 йил 9-10 апрель кунлари ўтказилган
Республика миқёсидаги илмий-техник анжумани 
материаллари тўплами 
 
1-ТОМ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ЖИЗЗАХ-2021 


352
 
TEХNIKA OLIY O’QUV YURTLARIDA TALABALARGA FIZIKANI O’QITISHDA 
METODIKANING ASOSIY XUSUSIYATLARI 
O.Q.Quvondiqov, I.Jabborov, Sh.A.Xomitov Samarqand davlat universiteti 
 
Teхnik yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalarga fizikani o‘qitishdan maqsad nafaqat fizika 
qonunlarini egallash va ularni muhandislik va teхnologiyalarda qo‘llay olish haqidagi g‘oyalarni 
rivojlantirishga, balki barcha kasbiy faoliyat turlarida qo‘llaniladigan amaliy bilimlarni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Texnik ta’limning tobora kengayib borayotgan ko‘lami aniq mutaxassislikka qaratilgan professional 
va texnik ta’limni fundamentallashtirishni rivojlantirish ayni muddao ekanligi ko‘rinib 
turibdi.Muhandislik ta’limini fundamentalizatsiya qilish texnika oliy yurtlaridagi o‘qish tizimini tubdan 
o‘zgartirishni taqoza qiladi, bu esa o‘quv tizimida ko‘pgina fanlarning o‘zaro uzviyligini talab qiladi. 
Hozirgi vaqtda o‘quv tizimida asosan ‘’yamash’’ usuli amal qilayapti.Bu ‘’yamoq’’lar o‘rniga birinchi 
navbatda matematika, fizika, ximiya va boshq tabiiy fanlar o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish 
zarur[1]. U holda umumta’lim fanlar sohasidagi fundamental bilimlar bilan kasbiy fanlar o‘rasida 
munosabat bo‘yicha muommoli savol paydo bo‘ladi. Ilmiy o‘xshsashlikni inobatga olgan holda o‘zaro 
bogliq bo‘lgan ikkita muammoni hal etish maqsadida, albatta, zarurlik darajasi yuqori bo‘lgan muammo 
tanlanadi. U holda yetakchi va ikkilamchi muammo birgalikda yechiladi.Shunga asosan, texnika oliy 
yurtlarida fizikani o‘qitishni tashkil etish fizikaning asosiy qonunlari va qoidalarini o‘rganish birinchi 
darajadagi muammolar uchun qabul qilinishi va ushbu bilimlar ishlab chiqarish sharoitlarida kasbiy 
ta’limga qo‘llanilishi kerak. Ikkinchisi esa qaralayotgan ishlab chiqarish sharoitlarida kasbga oid 
misollar, holatlar va ilovalar ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Teskari tartib ham o‘rnatilishi mumkin, bu 
maxsus texnik fanlarni o‘qitish bilan bogliq, ya’ni birinchi darajadagi muammolar texnologiya va 
uskunalarning fizik xossalari bilan bogliq bo‘ladi. Ammo,ushbu holatlar umumiy muammoni yechish 
uchun birlashtiriladi yoki sintez qilinadi[2].  
Texnika oliy o‘quv yurtlari talabalariga fizikani o‘qitishning metodik tizimi oliy texnik ta’limning 
yagona tizimining bir qismi bo‘lishiga qaramay, talabalarga nafaqat fizika bo‘yicha bilimlarni, balki 
ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatda qo‘llash qobilliyatini shakllantirishga imkon beradigan yaxlit 
ta’limdir.
Samarqand davlat uniersiteti tuzilmasida fizik – muhandistlar tayyorlashga mo‘ljallangan 
‘’Samarqand davlat universitetiining muhandislik – fizika instituti’’ tashkil etilishi yuqorida keltirilgan 
ilmiy fikrlarning amaliy jihatdan bajarilishiga qulay imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyatni real amalga 
oshirish uchun universitet olimlari tomonidan yaratilgan o‘qub adabiyotlarining yangi avlodi katta 
yordam beradi degan fikrdamiz. 
Ushbu uslubiy tizim nazorat va amaliy mashgulotlarni birlashtirib, fizikani umumiy tarzda 
o‘rganishni ta’minlaydi. Shu sababli, yuqori darajadagi kasbiy ta’limi uchun mavzu modelini quyidagi 
shaklda taqdim etish maqsadga muvofiqdir (1-rasm).
1-rasm 
Nazariy blokda asosiy fizik nazariyalar, qonunlar mavjud bo‘lishi kerak va professional blok ushbu 
nazariyalar va qonunlarning professional ilovalaridan iborat bo‘lib ular quyidagilarni ta’minlaydi:
Kasbga 
yonaltirilganlik 

Download 47.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling