Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Ilmiy ishlarning tuzilmaviy xususiyatlari
Download 443.63 Kb.
|
Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32. Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari
30. Ilmiy ishlarning tuzilmaviy xususiyatlari
Ilmiy ishning tuzilmaviy xususiyatlari fikrning mantig`i bilan belgilanadi va matnning tuzilmaviy unsurlari, kompozitsiya va rubrikatsiyasini belgilab beradi. Ilmiy tadqiqot, izlanish jarayonini quyidagi tartibda borishini ko`rsatib o`tish mumkin: -Talqiqot mavzusi va sarlavhasini aniqlash; -tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, obyekti, predmeti va uslubini asoslab berish; -tadqiqot jarayonini tasvirlash; -xulosalar chiqarish va umumlashtirish. Kompozitsiyasi- asarning tuzilmasi, qismlarining mutanosibligi va o`zaro joylashuvi bo`lib, u ikki o`zaro bog`liq qismdan, ya`ni tasviriy - obzor qismi va asosiy - tadqiqot qismlaridan iborat. Rubrikatsiyasi– kompozitsion tuzilmaning tashqi ifodasi bo`lib, ilmiy tadqiqotning mantiqiy qismini tashkil etadi. Rubrikatsiya matnni tarkibiy qismlarga bo`lish, bitta qismni boshqasidan grafik tarzda ajratish hamda nomlar, raqamlarni qo`llash jihatlariga ega. 32. Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari Kirish - mazkur ishda o'rganilayotgan muammolar bo'yicha ilmiy adabiyotning obzoridir, kitobxon masalaning qaysi tomonlari tadqiq etilganligi, qay jabhalari o'rganilganligi, nima o'rganilmay qolganligini va bu o'rganilmagandan mazkur tadqiqotchi nimani o'rganmoqchi bo'lganligi va nima sababdan aynan shu savollarni hozirda o'rganishga qaror qilib, zarur deb o’tganini aniqlay oladigan tarzda tuziladi. So`zboshi ham kirish, muqaddima bo`lib, u, odatda, o`quv-uslubiy ishlarda yoziladi. Unda darslik, o`quv-uslubiy qo`llanma, risolaning yozilish maqsadi va tuzilish tartibi haqida qisqa ma`lumot beriladi, materialning asosiy mazmuni va boshqa turdosh adabiyotlardan farqli jihatlari ifodalanadi. So`zboshida o`quv fanining ahamiyati, uning boshqa fanlar orasidagi o`rni haqidagi ma’lumotlar ham berilishi mumkin. Xulosa qismi olingan natijalar asosida kelingan eng muhim xulosalar, muallif nuqtai nazaridan eng ahamiyatli, zaruriy natijalarni qisqartirilgan, umumlashtirilgan bayonidan iborat bo`ladi. Xulosaning asosi bu natijalar, ya'ni muallif nuqtai nazaridan eng ahamiyatli, zaruriy natijalarni qisqartirilgan, umumlashtirilgan bayonidir. Bibliografik apparat - bu ishda xavola qilinayotgan, iqtibos berilayotgan yoki boshqacha bir shaklda qo'llanilgan hujjatlar haqida matndan tashqari va matn ichida berilgan bibliografik ma'lumotlar majmuasidir. Bibliografik havolalar, ro'yxatlar, ilmiy ish ma’lumotnoma apparatining majburiy tarkibiy qismidir. 33. Iqtibos Iqtibos (sitata) – muallif ilgari surgan holatlarini asoslab berish uchun biron-bir matndan olinadigan aniq, so`zma-so`z keltirilgan jumla, ko`chirma gap bo`lib, u o`zlashtirma shaklda ham berilishi mumkin. Iqtibos haddan ziyod katta va kichkina ham bo`lmasligi lozim. Bevosita iqtibos qilinayotgan manba bo'yicha so'zma-so'z jumlalar shaklida keltirilib, qo'shtirnoqqa olinadi, bunda manbada berilgan shakli va mualliflikyozuvi xususiyalari saqlanib qoladi. Vositali iqtibos (boshqa muallifning fikrlarini o'z so'zi bilan bayon etish, gapirib berish)da o'zga fikrni bayon etishda aniq, baholaganda xolis bo'lib muvofiq havolalar berish lozim. Download 443.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling