Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Download 443.63 Kb.
|
Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35. Havolalarni berish tartibi va namunalari
34. Havola
Havola - muallif, tadqiqotchi keltirgan iqtibos olingan manba haqidagi ma’lumotlardan iborat bo`lib, u asosiy matnning ichida yoki matndan chiqarilgan holda, sahifa tagida keltirib o`tiladi. Havolalarda ishda foydalanilgan fikr kimga qarashli ekanligi, asar nomi, chop etilgan joyi, yili va iqtibos yoki shu fikr olingan sahifa aniq ko`rsatilishi shart. Aks holda, bu ko`chirmakashlik – plageatlik hisoblanadi. 35. Havolalarni berish tartibi va namunalari Bunda bevosita havola quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi: 1. Qodirov A.I. Asar nomi. – T.: “Sharq”, 2018. – 123-b. 2. Qodirov A.I. Maqola nomi // J. “Til va adabiyot ta`limi”, 2015, 2-son. – T., 2015. – 26-b. Eslatma: Mualliflar ismi-sharifi matn ichida A.I.Qodirov shaklida qayd etiladi. Havola vositali, ya`ni boshqa bir asar orqali berilganda esa quyidagicha rasmiylashtiriladi: Qarang: Qodirov A.I. Maqola nomi // J. “Til va adabiyot ta`limi”, 2015, 2-son. – T., 2015. – 26-b. Ilovalar – bu qo`shimcha izoh bo`lib, asosiy materialni to`ldirishga yoki uni tasvirlashga xizmat qiladi. Ilovalar tarkibiga jadvallar, sxemalar, rasmlar, xaritalar, qo`shimchalar, lug`atlar, ro`yxatlar, tasvirlar va boshqalar kiradi. Shartli belgilar -ko`rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, strelka, biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi yo`nalishini bildirish uchun muayyan asar tuzilmasidagina qo`llanadigan shartli belgilardir. Masalan, maktab darsliklarida qoida-ta`riflar, mashq-topshiriqlar, savol-javoblar, uy vazifalari, adabiy o`qish materiallari uchun alohida shartli belgilar qabul qilingan bo`ladi. Qisqartmalar – so`zning qismini yoki o`zini to`liqligicha qisqartirib berish shaklidir. Qisqartmalarning 2 xil turi bor: me’yoriy hujjatlarda keltirilgan ommalashgan qisqartmalar va mazkur tadqiqot ishida muallif tomonidan qo`llanib, tavsiya etilgan qisqartmalar. Illyustratsiyalar – matndagi tasvir, rasmlar. Ularning jadval, diagramma, grafik, sxema, fotosurat, chizma, xarita shaklidagi izoh turlari mavjud bo`lib, ilmiy ishning mazmunini tushuntirib berishga xizmat qiladi. Ular ketma-ketlikda raqamlab beriladi. Raqamli belgilar ilmiy axborotda raqam, so`z raqam, algebraik shakllarda berilishi mumkin. Download 443.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling