Ilo"Ilohiy komediya" yozuvchining boshqa asarlari kabi aniq, puxta o‘ylangan kompozitsiya asosida yaratilgan
Download 7.02 Kb.
|
Abduvohidova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdulla Oripov tarjimasi) GAMLET
Ilo“Ilohiy komediya” yozuvchining boshqa asarlari kabi aniq, puxta o‘ylangan kompozitsiya asosida yaratilgan. Poema asosiy uch qism (“kantik”)dan iborat, ya’ni u boqiy dunyoning uch makoni – “Do‘zax”, “A’rof” va “Jannat”ga bo‘linadi. Har bir bo‘lim 33 qo‘shiqdan iborat. Darvoqe, poemaning “Do‘zax” qismida “Prolog” o‘rnida birinchi qo‘shiq o‘rin olgan. Qo‘shiqlarning jami miqdori 100 taga boradi. Ulardagi satrlar uch misrali band (tertsina) rusumida joylashtirilgan. Asarning matnida boshidan oxirigacha 3 va 9 ramziy raqamlarining qo‘llanishi uning syujetiga nasroniy dinidagi “troitsa”, ya’ni uch ilohiy kuch g‘oyasini singdirish hamda foniy dunyo voqeligiga nisbat berish alomatidir. Yana bir muhim jihat, har uchala kantik bir so‘z, ya’ni “yulduz” so‘zi bilan yakun topadi. Bu esa payg‘ambar Iso Masih nomining faqat o‘zi bilan o‘zi qofiyalanib kelishiga ishoradir. Umuman, asarning “Do‘zax” qismida Iso Masih va Bibi Maryam ismlari tilga olinmaydi, ular yulduzlar timsolida namoyon bo‘ladi. Asardagi yana bir muhim jihat, aslida zamon ruhiyatini aks ettirish g‘oyasi bo‘lsa-da, uning mazmunida O‘rta asr sxolastik ta’limot va ilohiy kuch-qudratning ta’siri katta bo‘lgani sezilib turadi. Sababi, O‘rta asr Sharq va G‘arb teologiya ilmi va badiiy adabiyotida boqiy dunyoning mavjudligini ulug‘ avliyolar tushida vahiy bo‘lgan voqealar bilan uyg‘unlikda ta’riflash odati yetakchi an’ana tusini olgandi. Shu bois, danteshunos olimlar “Ilohiy komediya”ning yaratilishida muallif avvalo o‘rta asr sharq adabiyotidagi “tushda ayon bo‘lish”, ya’ni, boqiy dunyoning Do‘zax, A’rof va Jannatida kechayotgan hayot manzaralarining tasviri asosiy turtki bo‘lgan, degan fikrni bildiradilar. “Ilohiy komediya”ning yaratilishida qadim yunon-rim madaniyatining ta’siri ham katta bo‘lganini ta’kidlab o‘tmoq joiz. Ayniqsa, Dante o‘z asarini yozishda rim shoiri Vergiliy (mil. avv. 70-19 y.) qalamiga mansub “Eneida” dostoni mavzusiga ko‘p bor murojaat qilgani ko‘zga tashlanib turadi. Masalan, muallif “Ilohiy komediya”da “Eneida” dostonidagi ayrim syujetlardan foydalanibgina qolmasdan, balki ustozi Vergiliyni asardagi asosiy obrazlardan biri tarzida kiritishni lozim topgan. Hatto poema syujetida Vergiliy o‘rta asr adabiyotida “tushda ayon bo‘lish” janrida yaratilgan asarlardagi farishtalar, avliyolar qiyofasida ham gavdalanadi. Shuningdek, Dantega qadar o‘tgan shoirlar ijodida, asosan, insonni bu dunyoda chekkan azob-uqubatlari u dunyoda rohat-farog‘at bilan almashinuviga ishontirish targ‘ib qilingan bo‘lsa, “Ilohiy komediya”da odamlarning bu dunyodagi qilmish-qidirmishlari u dunyoda adolat tarozisida o‘lchanajagi xususida aytilib, mavjud dunyoda halol yashashga, maqsadli va e’tiqodli bo‘lishga undaydi. Dante asarning “Do‘zax” qismida hayotda yashab o‘tgan turli toifaga mansub mashhur insonlar shaxsiyatiga murojaat qiladi. Aniqrog‘i, O‘rta asr Yevropa adabiyotida birinchi bo‘lib inson surati va siyratini badiiy obrazlar vositasida talqin etadi, ularning bu dunyodagi a’molini u dunyoda baholashga harakat qiladi. “Do‘zax”ning uchinchi qo‘shig‘ida Dante Vergiliy yetakchiligida Do‘zax darvozasi oldida paydo bo‘ladi. Vergiliy Dantega “Yalqov hamda pastkash kimsalar jazo tortayotgan Do‘zax ostonasini ko‘rsatadi”. Ikkovlon Do‘zax daryosi Axeronga yaqin keladilar. Shu on zilzila sodir bo‘lib, yashin chaqnaydi. Dante behush bo‘lib yiqiladi. U hushiga kelganda, o‘zini Do‘zaxning birinchi doirasi – Limbada ko‘radi. Bu yerda nasroniy diniga mansub bo‘lmagan Eney, Hektor, Sezar, Katon, Sulton Salohiddin, Aflotun, Suqrot, Demokrit, Diogen kabi buyuk zotlar va cho‘qintirilmagan odamlar yengil jazoga mahkum etilgandi. Ular orasida Sharq donishmandlari ibn Sino va ibn Rushd ham bor edi: Hisobdon Evklid, Batlimus, Galen, Gippokrat, ibn Sino, ibn Rushd paydo – Yangi g‘oyalarni targ‘ib etgan chin. (Abdulla Oripov tarjimasi) Vergiy va Dante aylanib tushgan pastdagi ikkinchi doira – Limba qopqasida Do‘zax hakami – Minos o‘tirgan bo‘lib, bandalarga gunohlariga yarasha jazo tayinlardi. Va nihoyat, Do‘zaxning to‘qqizinchi doirasida (32–34-qo‘shiqlar) eng razil kimsalar – vataniga, do‘stlariga, ustozlariga xoinlik va sotqinlik qilganlar azobga mahkum etilgan bo‘lib, ularga nisbatan Dantening nafrati nihoyatda kuchli bo‘lgani ko‘rinib turadi. “Do‘zax”dagi hayotni shoir mavjud dunyodan uzib tasvirlamaydi, balki foniy dunyoni bu mavjud dunyodagi hayotning davomi tarzida talqin qiladi. Shu bois, Do‘zaxda ham, mavjud dunyoda bo‘lgani kabi, “hayot qaynaydi”. Muallif Do‘zaxda azob chekayotgan marhumlar bilan xuddi tirik odamlarday suhbat quradi. Masalan, “Do‘zax”ning o‘ninchi qo‘shig‘ida serviqor gibellin Farinata deli Umberti shoirni suhbatga tortib, bo‘lib o‘tgan siyosiy mojarolar xususida bahslashar ekan, Farinata gvelflarga nisbatan o‘z dushmanlik nafratini ochiq-oydin bayon etadi. Sag‘ana qoshiga qo‘ygandim oyoq, Murda ko‘zlarida chaqnab qat’iyat: “Kimning avlodisan?” – deb berdi so‘roq. Ustoz gaplariga aylab itoat, Zotimni aylovdim oshkora bayon, – Murda qarashida yondi jiddiyat. Dedi: “G‘animimdir sizning xonadon, Muhiblarimga ham erursiz raqib, Sizni men yengganman ikki bor chandon”. Darhol dedim: “Garchi bo‘lsa-da ta’qib, Ular qaytib keldi ortiga tag‘in, – Qavming bu borada beiqbol, g‘arib”… U yana suhbatni boshlab aytdikim: “Men uchun qavmimning chorasiz holi Do‘zax azobidan battar g‘am balkim”… (Abdulla Oripov tarjimasi) GAMLET Bu tragediya asosida XII asr solnomachisi Sakson Grammatik tomonidan yozib qoldirilgan afsona yotadi. Unda shahzoda Gamlet otasining o'limi uchun amakisidan qasos oladi. Bu niyatini yashirish maqsadida u o'zini aqldan ozgan qilib ko'rsatadi. Asar nihoyasida Gamlet g'alaba qozonadi va taxtni egallaydi. Ushbu qissa fransuz yozuvchisi Belforening «G'aroyib voqealar» kitobiga ham kiritilgan. Bundan tashqari T.Kid tomonidan yozilib, bizgacha yetib kelmagan asarda ham «Gamlet» haqida ma'lumotlar bor. Shekspirga, albatta, bu asarlar tanish bo'lishi kerak. Shekspirning Gamleti afsona qahramonlaridan ancha farq qiladi. Shekspir qahramoni hayoti afsonadagidan farqli o'laroq fojiali tugaydi, bundan tashqari u ayyor va epchil qasoskor ham emas. Shekspir yaratgan Gamlet murakkab fikrlovchi qahramon, u qasos olishga shoshilmaydi. Boshida arvohning so'zlariga ishonmaydi, chunki u xudoning emas, shaytonning elchisi bo'lishi mumkin. U holda Gamlet og'ir jinoyatchiga aylanadi. Gamlet O'rta asrlar ma'rifatparvarlik davri kishisi. U qilmishini tahlil qila oladi. Shu sababli amakisining chindan gunohkorligini tekshirib ko'rmoqchi bo'ladi. Sayyoh aktyorlarga qirol qoshida hayotda bo'lib o'tgan o'sha jinoyatni qayta tiklab o'ynashlarini topshiradi. Klavdiy o'z gunohi dahshatidan hushdan ketadi. Gamlet uchun ortiq shubha qolmaydi, biroq xudoga ibodat qilayotgan amakisiga shafqat qiladi. Endi uni gunoh ustida, mast holda jinoyat qilayotgan chog'ida o'ldirishga qaror qiladi. Nihoyat shunday fursat keladi, Gamlet amakisidan jinoyat ustida, zaharlangan onasi o'limi oldidan qasos oladi. Lekin o'zi ham zaharlangan qilich yarasidan halok bo'ladi. Gyote o'zining «Vilgelm Meysterning talabalik yillari» romanida Gamletga chiroyli ta'rif beradi. Roman qahramoni aktyor Gamlet rolini o'ynaydi va uni baquvvat eman daraxti o'tqazilgan nafis hamda qimmatbaho guldonga o'xshatadi. Emanning ildizlari chuqurlashib borib guldonni chil-chil qiladi. Ya'ni, otasi uchun qasos olish burchi nozikqalb Gamletga og'irlik qiladi. Gyote ta'rifi chiroyli, biroq u Gamletni zaif xarakter qilib ko'rsatadi. Gyote fikri keyinchalik rivojlantirilib, bu qahramon irodasi kuchsiz, deya baholana boshlagan. Shundan kelib chiqib rus yozuvchisi Turgenev Gamletni faoliyat kishisi Don Kixotga qarama-qarshi qo'ygan. Gamlet obrazida ziyoli insonning azaliy fojiasini ko'ra boshlaganlar. Gamletni tabiatan zaif, ojiz qahramon deyish uncha to'g'ri emas. U, aksincha, fikrlovchi, hayot mohiyatini izlovchi inson. Gamlet insonlarni qadrlaydi, o'zidan keyin yomon nom qoldirishdan qo'rqadi. O'limidan so'ng u haqidagi haqiqatni xalqqa do'sti Goratsio yetkazadi. Shekspir yaratgan o'lmas durdonalar, u ilgari surgan gumanistik g'oyalar kelgusi asr kitobxonlarini ham ezgulikka, ma'rifatga chorlovchi asarlar bo'lib qolaveradi. Download 7.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling