Ilova Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi nizomi


II. Kafedrani tashkil etish va faoliyatini boshqarish


Download 29.7 Kb.
bet2/4
Sana21.09.2023
Hajmi29.7 Kb.
#1684017
1   2   3   4
Bog'liq
Adabiyot kafedrasi nizomi

II. Kafedrani tashkil etish va faoliyatini boshqarish
6. Kafedra kamida etti nafar professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ularning bir nafari, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori va (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, kamida ikki nafari fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (PhD)ga ega bo‘lganda tashkil etiladi.
7. Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita universitet rektori (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori)ga bo‘ysunadi.
8. Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
9. Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (PhD)ga ega bo‘lgan hamda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi Kengashida tanlovdan o‘tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.
10. Kafedra mudiri bo‘lmagan vaqtda (ta’til, kasallik, xizmat safari va boshq.) yoki muddatidan oldin lavozimidan ozod etilganda uning vazifalari kafedra jamoasi taklifi asosida fakultet dekani yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tavsiyasiga ko‘ra rektor tomonidan tayinlangan shaxsga vaqtincha yuklatiladi.

III. Kafedra mudirining vazifalari
11. Kafedra mudiri:
- bevosita kafedra faoliyatini tashkil etadi;
- universitet miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
- kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarning shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
- kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
- ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni o‘rnatadi va muntazam rivojlantirib boradi;
- kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarlarni yangi lavozimga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi rektoriga takliflar kiritadi;
- universitetning tegishli xizmat bo‘linmalari bilan birgalikda o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlash choralarini ko‘radi;
- belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayorlaydi, kengash majlislarida hisobot beradi.
Kafedra mudirining shaxsiy ish rejasi fakultet dekani (yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor) tomonidan tasdiqlanadi.
Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo‘shimcha vazifalar oliy ta’lim muassasasi rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.


Download 29.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling