Ilova Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi nizomi
Download 29.7 Kb.
|
Adabiyot kafedrasi nizomi
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Kafedra mudirining majburiyatlari 15. Kafedra mudiri
- VI. Yakunlovchi qoidalar 17. Mazkur Nizom amaldagi qonunchilik hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganda qayta ishlab chiqiladi. Izoh
V. Kafedra mudirining huquqlari
14. Kafedra mudiri: - o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan rahbariyatning qarorlari bilan tanishib chiqish; - o‘z lavozimiy vazifalaridan kelib chiqib, kafedra ish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga taklif va tavsiyalar berish; - o‘z majburiyatlarini bajarish jarayonida sodir etilgan xato va kamchiliklar to‘g‘risida fakultet dekaniga ma’lumot berish; - kafedra professor-o‘qituvchilari va o‘quv-yordamchi xodimlari tarkibidan o‘quv jarayoni bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun tushintirish talab qilish; - o‘z lavozimiy majburiyatlarini bajarish jarayonida universitet va fakultet rahbariyatidan yordam ko‘rsatilishini talab qilish va xokazolar. V. Kafedra mudirining majburiyatlari 15. Kafedra mudiri: o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va kafedraning istiqboliy va yillik ish rejalarini tuzish; kafedra professor-o‘qituvchilarini shtatlar jadvalini shakllantirish; yillik o‘quv yuklamalarini hisob-kitobini va kafedrada prof-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamalarini to‘g‘ri va bir tekis taqsimlash; kafedrada soatbay fondni ishlatilishini nazorat qilish; malakaviy, o‘quv-tanishuv, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish va ularni bajarilishi ustidan nazorat qilish; talabalarni o‘zlashtirishi (ON va YaNlar) bo‘yicha ma’lumotlarni olish va ularni tahlil qilish; talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va o‘zlashtirishini tahlil qilish; bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv dasturlarini bajarilishini nazorat qilish; o‘quv jarayoniga tegishli hujjatlarni saqlanishi va zaruriy hujjatlarni tezda taqdim qilishni amalga oshirish; o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha universitet, fakultet Kengashlari qarorlari va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining farmoyishlari, hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogrammalarini bajarish; pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda ilmiy-metodik yordam berish; kafedra professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha rejalarni bajarilishini nazorat qilish; xorijiy ta’lim muassasalarining ish tajribasini yoritib borish, ularning ilg‘or tajribalaridan foydalanish va xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish; kafedra bilan boshqa oliy o‘quv yurtlari kafedralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xokazolar. 16. Kafedrada quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak: O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; DTS, malaka talablari; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari; OTM rektori buyruqlari; Kafedra ish rejalari (o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va Ustoz-shogird (ma’naviy-ma’rifiy) ishlari bo‘yicha); OTM Kengashi qarorlari; O‘quv rejalar va o‘quv yuklamalar; Doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar va magistrantlar bilan ishlash; Kafedraning hamkorlik aloqalari; Pedagog xodimlar, o‘quv-yordamchi xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar to‘g‘risida ma’lumot; Amaliyot; Malaka oshirish, DAK; Bayonnomalar; Topshiriq va ijro; Hisobotlar. VI. Yakunlovchi qoidalar 17. Mazkur Nizom amaldagi qonunchilik hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganda qayta ishlab chiqiladi. Izoh: Ushbu Nizom Buxoro davlat universiteti Kengashining 2023-yil yanvardagi № - sonli majlisi qarori bilan tasdiqlangan. Download 29.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling