Ilova Professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan o‘qitish materiallari to‘plamining tahlili haqida ma’lumot


Download 33.96 Kb.
bet1/9
Sana11.03.2023
Hajmi33.96 Kb.
#1260982
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ilova Buxoro


Ilova
Professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan o‘qitish materiallari to‘plamining tahlili haqida ma’lumot.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 4-sentyabrdagi “Pofessional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini tashkil etish” to‘g‘risidagi 465-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasini tomonidan 2022 yil 28 noyabrda № 01-1527-sonli va 16 yanvar 2023 yilda № 02-066 sonli xatlar bilan Pedagogik innovatsiyalar institutining o‘quv-metodik birlashmalarida ko‘rib chiqish uchun jami 41 ta o‘qitish materiallar to‘plamlari taqdim etilgan.
Pedagogik innovatsiyalar institutining O‘quv-metodik birlashmalarida ko‘rib chiqish uchun jami 41 ta o‘qitish materiallar to‘plamlari taqdim etilgan. Ushbu o‘qitish materiallar to‘plami Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (trasport turlari bo‘yicha), Biznes va boshqaruv, Veterinariya va qishloq xo‘jaligi irrigatsiyasi va melioratsiyasi, Aloqa va axborotlashtirish, telekommunakatsiya texnologiyalari, Engil sanoat, Ta’lim va Xizmatlar sohalariga tegishli.
O‘qitish materiallar to‘plamlari ekspertlar tomonidan tahlil qilinganda 17 tasi ya’ni 42 foizi yaroqli deb topildi.
Quyida soxalar kesimida tahlil qilinganda:
ER USTI TRANSPORT TIZIMLARI VA ULARNING EKSPLUATATSIYASI
(TRASPORT TURLARI BO‘YICHA) SOXASI
Jami 9 ta kelgan
Yaroqsiz-9 ta
1.Qorako'l tuman 1-son kasb-hunar maktabi Yoshiyeva Kamola Shavkatovna "Konstruksion materiallar" fanidan Har bir o'quv mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modelidan keyin baholash mezon qayta-qayta takrorlangan bu noto'g'ri. Mavzular to'plamidagi mavzular bayonida ham xatolar judayam ko'p. Ko'plab mavzularda haqida quruq nazariy ma'lumot berilgan ularni suratlari ilova qilinmagan. O'quvchi ko'rmasa buni tasavvur qila olmaydi.Vizual-didaktik vositalar talab darajasida emas. Plagiatga yo'l qo'yilgan. Ko'plab ma'lumot va formulalar rasm ko'rinishida nomutanosib keltirilgan. Matn, formula, rasmlarda aniq me'yorga amal qilinmagan. Talabga javob bermaydi.Viloyat boshqarmalariga tarqatilgan na'munaviy O`MT asosida qayta ishlab chiqish tavsiya qilinadi.

Download 33.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling