Ilova: Qit’alar kesimida aholi soni
Download 227.94 Kb.
|
Ilova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilova: Ozbekiston Respublikasi aholisi
Ilova: Qit’alar kesimida aholi soni Biz qit'alar haqida gapirganda, okeandan paydo bo'ladigan, hatto eng katta orollardan ham kattaroq bo'lgan yer qobig'ining katta qismlarini nazarda tutamiz. Geografik jihatdan qit'a dunyodagi eng katta quruqlik tashkiloti bo'lib, qirg'oqdan ozmi-ko'pmi orollar joylashgan. Biz aholi geografiyasi haqida gapirar ekanmiz, qit'alarda yashayotgan aholi statistikasiga ham to'xtalib o'tishimiz lozim bo'ladi. Yer sharida 6 ta qit'a mavjud. Yuqoridagi grafik jadvalda dunyo aholisining qit'alar kesimidagi soni ko'rsatilgan.(2022-yil) Grafikda ko'rsatilganidek, hozirda Osiyo qit'asida 4,651,273,622 kishi yashamoqda va bu qit'alar kesimida eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Qayd etish joizki Osiyo qit'asida joylashgan ikki davlatda 1 mlrddan ortiq aholi yashaydi: Xitoy va Hindiston. Xitoy aholisi eng ko‘p bo‘lgan davlat bo‘lsa-da, taxminan 2023 yilga kelib, Hindiston aholisi soni eng ko‘p mamlakatga aylanishi mumkin. Ilova: O'zbekiston Respublikasi aholisi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 mln 24 ming 946 kishini tashkil etgan. 🔹O‘zbekiston aholisi 2022 yilning har bir oyida o‘rtacha 62,8 ming kishiga oshgan va umumiy 753,6 ming kishiga ko‘paygan. 🔹 2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paygan. 🔹 Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda, tug‘ilish bo‘yicha birinchi o‘rinda. 🔹 O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘rtasida 41 o‘rinda qayd etilgan. BMT reytingiga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni bo‘yicha 54-o‘rinda bormoqda, aholi soni bo‘yicha esa 41-o‘rinda. Shuningdek hududi kattaligi bo‘yicha 56-o‘rinda bo‘lsa, aholi zichligiga ko‘ra 134-o‘rinda, umr ko‘rish davomiyligida 146-o‘rinlarda qayd etilgan. Ta‘kidlash joizki, 2022-yil yanvar-noyabr oylarida 850282 chaqaloq dunyoga kelgan. Yuqoridagi jadvalda 2019-yil hisobi bo‘yicha mamlakatda yashovchi aholi soni ko‘rsatilgan.(ming kishi hisobida) O’zbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari - aholi o’sish sur’atlarining pasayib borishi; aholi tabiiy ko’payish ko’payish ko’rsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust o’sishi va boshqalar. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis joylashgan bo’lib, asosiy qismi Toshkent shahriga to’g’ri keladi. Biroq Toshkent shahri aholisi so’nggi yillarda deyarli o’smadi, natijada uning O’zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 1990 – yildagi 10,5 % dan 8,2% ga tushib qoldi. Navoiy, sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasining demografik salohiyati pasaydi, Jizzax viloyatida esa o’zgarmadi, qolgan hududlarda esa oshdi. Hozirgi kunda O’zbekiston aholisining 16,4% Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga to’g’ri keladi. Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham biroz o’sish bo’ldi. 1991 – 2020 yillarda O’zbekiston viloyatlari bo’yicha shahar aholisining o’sishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatildi.Bu yillarda respublika shaharlari aholisining o’sish sur’ati 0,9% bo’lib, bu ko’rsatkich Surxondaryoda 3,2%; Jizzaxda 2,8%; Sirdaryoda 0,6%; Buxoroda 0,7%; Xorazmda 0,8% va Toshkent viloyatida 0,2% ni tashkil etdi. Yuqoridagi o’zgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Farg’ona vodiysiga mamlakat aholisining 28%, Toshkent shahri va viloyatiga 18% to’g’ri keladi. Aholi zichligi 1km2 ga 58 kishi bo’lib, bu ko’rsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati), 552,5 (Andijon viloyati)kishigacha yetadi. Farg’ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasida zichlik ko’rsatkichi ancha past. O’zbekiston Respublikasi jami aholisining 50,5 % shaharlarda, qolgan qismi esa qishloqlarda yashaydi. O`zbekistonda bugungi demografik vaziyat, ayniqsa, tug`ilish jarayonining kamayib borishi (1991 yilda tug`ilishning umumiy koeffitsiyenti 34,5 ‰ni tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilda bu ko`rsatkich 20,5 ‰ga teng bo`ldi yoki 14 ‰ga kamaydi) yaqin kelajakda jami aholi salmog`ida qariyalar ulushining ortib borishidan dalolat beradi. Bu hol esa, O`zbekistonda qariyalarning ijtimoiy – demografik guruh sifatidagi mavqei oshib borishini ko`rsatadi. 2021 yilda tug’ilish ko’rsatkichi 24.6 ‰, o’lim 4.6 ‰, tabiiy ko’payish 20 ‰ ga teng. Statistika ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston aholisining yosh tarkibi dunyo aholisi yosh tarkibiga taqqoslansa, bolalar salmog`ining ancha yuqoriligi kuzatiladi. O`zbekiston qarish shkalasi bo`yicha jahondagi aholisi “yosh” davlatlar qatoriga kiradi. O`zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16 – 59 yosh, ayollar uchun 16 – 54 yosh qilib belgilangan. Mehnat yoshidan yuqori, ya`ni 55 va undan katta ayollar, 60 va undan katta erkaklar soni 1991 – 2004 yillarda 18,7 % ga oshdi. BMT ma’lumotlariga ko’ra 2050-yilga kelib Markaziy Osiyo aholisi 94,2 mln kishiga yetadi. 2050-yilga kelib O’zbekiston Respublikasi aholi soni bo’yicha O’rta Osiyoda birinchi o’ringa chiqib oladi. O’zbekiston – 41mln Qozog’iston – 23mln Tojikiston – 13,5mln Qirg’iziston – 8,1mln Turkmaniston – 7,8mln Download 227.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling