Iltimos xati


Download 1.02 Mb.
bet1/3
Sana13.01.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1091143
  1   2   3
Bog'liq
ILTIMOS XATI

ILTIMOS XATI

To’ychiyeva Irodaxon

ILTIMOS XATI

  • Muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o‘rtasidagi bunday o‘zaro yozishmalar iltimos xat vositasida amalga oshiriladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko‘p tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. Bunday xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning xos ish qog‘oziga yoziladi va jo‘natilish sanasi va jo‘natma tartib raqami ko‘rsatiladi. Bunday xatlarning eng sodda ko‘rinishi shaxsiy va jamoat arizalariga o‘xshash bo‘ladi.

Iltimos xatining zaruriy qismlari:

  • 1. Xat oluvchi tashkilot va mansabdor shaxsning nomi 2. Matn 3. Ilova (zarur bo‘lgan hollarda) Uchinchi shaxs tilida ifodalansa, rasmiy tusga ega bo‘ladi.

Xizmat yozishmalari

  • Xizmat yozishmalari muassasa faoliyatiga oid turli masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan talab, iltimos, taklif, kafolat mazmunida amalga oshiriladi. Ularga telefonogrammalar, faksogrammalar, taklifnomalar, xatlar, diplomatik yozishmalar, tijorat yozishmalari kiradi. Xizmat yozishmalarining eng ko‘p tarqalgan turi xatlardir. Xatlar vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ular vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushintirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Bu hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi. Bajaradigan vazifasiga qarab xizmat xatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

Shuningdek, mazmunida bir necha (kafolat berish, iltimos, eslatish) ma’no ifodalanadigan xatlar ham bo‘ladi. Xizmat xatlari asosan xatlar blanklariga, blank bo‘lmagan hollarda oq qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy varaqqa yozilsa, uning yuqori chap burchagiga xatni jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Xizmat xatlarining matnini uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi (kirish) qismda xat bilan murojaat qilishga asos yoki sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi asoslab beriladi. Uchinchi (xulosa) qismda xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bayon etiladi. Xizmat xatlarining matni imkon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak. Ularning matnida ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida saqlanadi. Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi. Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi.

  • Shuningdek, mazmunida bir necha (kafolat berish, iltimos, eslatish) ma’no ifodalanadigan xatlar ham bo‘ladi. Xizmat xatlari asosan xatlar blanklariga, blank bo‘lmagan hollarda oq qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy varaqqa yozilsa, uning yuqori chap burchagiga xatni jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Xizmat xatlarining matnini uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi (kirish) qismda xat bilan murojaat qilishga asos yoki sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi asoslab beriladi. Uchinchi (xulosa) qismda xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bayon etiladi. Xizmat xatlarining matni imkon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak. Ularning matnida ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida saqlanadi. Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi. Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling