- Tovar yetkazib berish kechiktirilgani
- uchun jarima to‘lash haqida
DA’VO -
- _______dagi ________raqamli shartnomaga binoan Siz_______________ ga
- (sana) (tashkilot nomi)
- bahosi _____________ bo‘lgan____dona ________ yetkazib berishingiz kerak edi.
- (so‘m so‘z bilan) (tovar nomi)
- Biroq ko‘rsatilgan shartnomaning shartlari buzilgan holda tovar ________ kun
- kechikib yetkazib berildi.
- Shartnomaning bandiga muvofìq, tashkilotingiz muddatida yetkazib
- bermagan ______ so‘mlik __________ ________ bahosidan ___ % miqdorida
- Sizning hisobingizga _________ so‘m jarima yozildi.
- Ko‘rsatilgan jarima summasini 30 kunlik muddatda bizning ____________
- hisob-kitob raqamimizga o‘tkazishingizni so‘rayman. Mazkur summa belgilangan
- muddatda to‘lanmagan taqdirda ish xo‘jalik sudiga oshiriladi.
-
- Firma direktori (imzo) B. Karimov
FARMOYISH XATI - Bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko‘pgina sohalarida qo‘llaniladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil mazmundagi xabarni bir necha manzilga yetkazishdir. Masalan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘z qaramog‘idagi barcha ilmiy muassasalar va tashkilotlarga bir xil ko‘rsatma bermoqchi.bu ko‘rsatma xat shaklida rasmiylashtiriladi va ro‘yxat bo‘yicha barcha tashkilotlarga tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |