1992-yili Qo‘qon shahrida iyun oyida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi.
1992-yili Toshkent shahrida avgust oyida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi.
1996-yil “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi
hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi.
2001-yil “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi.
1995-yilda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi.
1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzuidagi ko‘riktanlovi otkazildi.
1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining
uchinchi yakshanbasi, “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida “Sharq taronalari’’ xalqaro musiqa festivali o‘tkazila boshlandi.
Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi. Festivalning mintaqaviy qamrovi ham tobora kengayib bormoqda.
2015-yili X festivalda 66 mamlakatdan vakillar qatnashdi.
YuNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan.
Shashmaqom (2008),
Boysun madaniy muhiti (2008),
Navro‘z (2009),
Katta ashula (2009),
Askiya (2014) o‘rin oldi.
2017-yilda Prezident qarori bilan O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tashkil etildi.
2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi.
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |