O‘zbekiston – Yaponiya.
O‘zbekiston – Yaponiya o‘rtasida 1992-yil yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan,
O‘zbekiston rasmiy hukumati 1994-yil may, 2002-yil iyul va 2011-yil fevralda Yaponiyada oliy darajadagi uchrashuvlarni amalga oshirishgan.
Yaponiya hukumati rasmiy tashrif bilan 2006-yil avgustda O‘zbekistonda oliy darajadagi uchrashuvlarni amalga oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2002-yilda Yaponiyaga tashrifi doirasida Bosh vazir Jun’itiro Koidzumi bilan uchrashuvida o‘zaro do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot imzolandi.
2004-yilda Tokiodagi Soka universiteti hududida buyuk o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2011-yil fevralda Yaponiyaga qilgan navbatdagi rasmiy tashrifi davomida yuqori texnologiyalar sohasida ixtisoslashgan yirik kompaniyalar bilan yapon texnologiyalari va investitsiyalarini O‘zbekistonning neft-gaz, kimyo, energetika, mashinasozlik va to‘qimachilik sanoati kabi tez rivojlanayotgan sohalariga jalb etishga qaratilgan qator bitimlar tuzishga erishildi.
2015-yil oktabrda Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Yaponiya umumiy qiymati 8,5 mlrd. dollardan ko‘proqni tashkil qiladigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
O‘zbekiston – Hindiston;
1992-yil martda Toshkentda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatildi.
2016-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Hindistonga besh marotaba tashrif buyurgan
Islom Karimovning Hindistonga birinchi rasmiy tashrif 1991-yilning avgustida amalga oshirilgan edi.
1993-yil mayda Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Safar kunlarida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida” shartnoma, savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida
va boshqa bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1993-yilgi Hindistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy
hamkorlik to‘g‘risida qator bitimlar imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |