Imkoniyatlarni kasbiypsixologik jihatdan baxolash


«Sizning individualligingiz»


Download 208.36 Kb.
bet6/11
Sana14.12.2022
Hajmi208.36 Kb.
#1003138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Imkoniyatlarni kasbiypsixologik jihatdan baxolash

«Sizning individualligingiz» mashqi

«Psixolog-individual» va «psixolog guruhchilar» qanday xususiyatlarga ega degan savolga javob beramiz?»


Guruhiy treninglarda muvaffaqiyat qozonasiz, agar siz:
-ochiq, serharakat inson bo’lsangiz,
-nutqingiz yaxshi, o’z fikrlaringizni oson va aniq bayon eta olsangiz, savollarni to’g’ri tushunib, ularga tez javob topa olsangiz:
-vaziyatni tez va aniq his qilsangiz, tez moslasha olsangiz, tez qaror qabul qila olsangiz:
- yuqori energetik kuchga ega bo’lsangiz, auditoriyani qiziqtira olsangiz, artistlik qobiliyatingiz mavjud bo’lsa:
-guruh bilan besh kun qatorasiga 8 soatlab ishlay olasiz va bu sizni charchatmaydi, aksincha uning kundan-kunga «yonib», ishlashidan «huzur olasiz».
-agar siz o’zingizni sevsangiz, o’zingiz haqingizda bemalol gapirsangiz, har qanday qiyin savolga javob berayotganda ham o’zingizga qat’iy ishonsangiz, bahsga jon deb kirishib, unda har doim engib chiqasiz
- agar siz diqqat markazida bo’lishni yoqtirsangiz:
- agar siz tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lsangiz va «odamlarni orqangizdan ergashtira olsangiz»
Individual konsultastiyalarni yaxshi o’tkazasiz, agar siz:
-xotirjam, muvozanatli inson bo’lsangiz:
-sekin, muloyim gapirsangiz:
-suhbatdoshingiz kayfiyatidagi arzimas o’zgarishni seza olsangiz, o’zingizni «ikkinchi darajali» deb hisoblab, uning individualligiga moslasha olsangiz:
- ishonch qozona oladigan, ochiq ko’ngil, mehribon, «da’volovchi» ko’rinishingiz bo’lsa,
- insonlar bilan cuhbatlashganda, yaqinlik hissini yarata olsangiz:
- shoshmaysiz, hamdard bo’lib, tinglay va jim tura olasiz.


Maktab psixologining individual uslubi
Psixolog maktabda o’zini qanday tutishi kerak: qattiq qo’lmi yoki yumshoqmi?
Vaziyatga bog’liq ravishda, o’zining va sherigining maqsadiga ko’ra psixolog qattiq qo’l va yumshoq bo’lgan turli uslublarni egallashi lozim.
Psixolog tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda, o’z individualligidan kelib chiqib, ish tutishi kerak.

Download 208.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling