Imkoniyatlarni kasbiypsixologik jihatdan baxolash
«O’zingizni tanlang» mashqi
Download 208.36 Kb.
|
Imkoniyatlarni kasbiypsixologik jihatdan baxolash
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ish texnikasini tanlash haqida»
«O’zingizni tanlang» mashqi
Agar siz yumshoq, ko’nikuvchan, uyatchan bo’lsangiz, vaziyat buni talab qilsa-da, qattiq qo’l bo’lishingiz qiyin kechadi. Sizga bu yoqmaydi. Natijada siz ta’sir qilishning kuch ishlatish usulidan foydalanganingiz uchun o’zingizni aybdor hisoblaysiz va ko’p charchaysiz. Sizga o’zini ko’rsatishning to’g’ridan to’g’ri kuch ishlatish usullari emas, yumshoq, diplomatik, kelishuvchan, «ayyor» uslublari mos keladi. Shuni yodda tutish kerakki, faqat yumshoq uslubni qo’llasangiz, guruh ta’siriga beriluvchanlik «xavfi» paydo bo’ladi. Agar siz to’g’ri, kuchli, hukmron inson bo’lsangiz, sizga kuch ishlatish uslubi ko’proq mos keladi. Siz har qanday vaziyatda engib chiqasiz, vaqtida o’zingizni to’xtatishni bilasiz. Birinchidan, siz insonga ta’sir qilib, unga «psixologik zarba» berishingiz mumkin. Ikkinchidan, muloqat bo’yicha kuchli suhbatdoshni uchratsangiz, siz yanada kuchli bo’lishga harakat qilasiz. Shuni ham ta’kidlash joizki, qattiq qo’llik uslubi guruh ishtirokchilarining ijodini pasaytiradi, o’zini ko’rsatish erkinligini pasaytiradi. «Ish texnikasini tanlash haqida» Ish texnikasini tanlash haqidagi savol bir muncha murakkab bo’lib, har qanday psixoterapevtik texnikada o’z uslubini aniqlash mumkin va o’z kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlarini ifodalash mumkin. «O’z ish texnikasini tanlash haqida gap ketganda, ikki omilni hisobga olish darkor. Birinchidan: g’arb psixoterapevtik texnikalari, Vatanimiz psixopraktikasida endi tarqala boshladi, shuning uchun u yoki bu yo’nalishdagi amaliyotchi psixologlarning yuqori kasbiy mahorati haqida gapirish erta. Ikkinchidan, psixopraktika shunchalik ko’p qirrali va har xilki yosh psixoterapevt mijozning muammolaridan kelib chiqib, har xil texnikalarni birgalikda qo’llaydi. O’z ishida psixoanalizni yoqtiradigan psixologlar transakt analiz bo’yicha unchalik yaxshi ishlamaydi, psixodrammaga qiziqadiganlar muloqot treningi guruhlarini zo’r bazo’r o’tkazadilar. Urinib ko’rish va xato orqali «o’z texnikasini» topish mumkin. O’zingizni kuchli va bo’sh jihatlaringizni o’rganing, imkoni bo’lsa, psixologik seminarlarga qatnashing, «bu meniki» deb his qiladigan vaqt keldi. Download 208.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling