Imlo qoidalari
Download 253.75 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari.
O„ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY TA‟LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI PEDAGOGIKA FAKULTETI MAKTABGACHA TA‟LIM YO „ NALISHI 206 -GURUH TALABASI Rajabova Muxlisaning “Ona tili ” fanidan MUSTAQIL ISHI Urganch 2023 O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari. Reja: 1. Imlo qoidalarining qisqacha mazmuni. 2. Unlilar imlosi. 3. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi. 4. Undoshlar imlosi. 5. Yonma-yon keladigan undoshlar imlosi. 6. Tutuq belgisining ishlatilish o`rinlari. Yozuv har bir xalqning ma‘naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o‗ziga xos ko‗rinishi sanaladi. So‗zlarning yozilishidagi barqarorlik , qat‘iylik millatni yakdillikka, ma‘naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma‘noda har bir xalq o‗z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tatbiq etadi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o‗tishi bilan u eskirdi , amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi. O‗zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‗lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda O‗zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995- yilning 24- avgustida 339-sonli «O‗zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo‗lib, quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: Harflar imlosi: unlilar imlosi (1—7-bandlar); undoshlar imlosi (8—32-bandlar). Asos va qo‗shimchalar imlosi (33—37-bandlar). Qo‗shib yozish (38–50-bandlar). Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar). Ajratib yozish (57—56-bandlar). Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar). Ko‗chirish qoidalari (75—82-bandlar). O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12- chaqiriq 13-sessiyasida lotin yozuviga asoslangan yangi o‗zbek alifbosiga o‗tish to‗g‗risida qonun qabul qilindi. Tabiiyki, alifbo yangilangach unga mos yozuv qoidalarini ishlab chiqishga ham ehtiyoj tug‗iladi. ―O‗zbek tilining (lotin yozuviga asoslangan yangi alifbo asosidagi) asosiy imlo qoidalari‖ loyihasi 1994-yil 16-aprelda ilk bor Toshkentda o‗tkazilgan ziyolilar yig‗inida ko‗rib chiqildi. O‗sha davrda ―O‗zbek tilining asosiy imlo qoidalari‖ loyihasi matbuotda e‘lon qilindi, turli ma‘naviy-ma‘rifiy yig‗inlarda yurt ziyolilari tomonidan qizg‗in muhokama etildi va bildirilgan jo‗yali fikr-mulohazalar inobatga olinib, loyiha bir necha bor tahrir qilindi. 1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-qarori bilan lotin yozuviga asoslangan ―O‗zbek tilining asosiy imlo qoidalari‖ 7 bo‗lim, 82 moddadan iborat holatda rasmiy tasdiqlandi va keng amaliyot uchun joriy etildi. Ta‘kidlash joizki, bu o‗zbek xalqining ma‘naviy-ma‘rifiy hayotida o‗ziga xos hodisa bo‗ldi. Chunki o‗zbek xalqi tarixida bor-yo‗g‗i ikki marta orfografiya qoidalari qabul qilingan, xolos. Jumladan, 1940-yilning 4-iyulida kirill alifbosi hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va shu yilning o‗zida ―Birlashgan o‗zbek alfaviti va orfografiyasi‖ to‗plamida e‘lon qilinadi. Ma‘lumotlarga ko‗ra, kirill imlo qoidalari bir necha marta qayta ishlangan, 1952-, 1953-, 1955-yillarda loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilingan, nihoyat 1956-yilning 4-aprelida o‗sha davr hukumati tomonidan kirill alifbosiga asoslangan ―O‗zbek orfografiyasining asosiy qoidalari‖ tasdiqlangan. Bu qoidalar 72 moddadan iborat edi. Ta‘kidlash joizki, hozir ham agarda kirill yozuvidan foydalanish zarurati paydo bo‗lsa, albatta, yozuvimiz shu 72 modda talablariga bo‗ysundirilishi kerak. Ikkinchi marta esa 1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-qarori bilan ―Lotin yozuviga asoslangan imlo qoidalari‖ qabul qilindi. Imlo qoidalari – savodxonligimiz asosidir. Darhaqiqat imlo qoidalarini yaxshi o`zlashtirmasdan turib savodxonlikka erishib bo`lmaydi. So`z va morfemalarni to`g`ri yozish uchun ma`lum bir qonun-qoidalarga tayaniladi. Shu maqsadda imlo qoidalari yaratiladi. Davr talablari asosida imlo qoidalari takomillashib, o`zgarib boradi. 1930 yilda lotin yozuvi, 1940 yilda kirill yozuvi uchun imlo qoidalari ishlab chiqilgan. 1956 yil 4 aprelda ―O`zbek orfografiyasining asosiy qoidalari‖ tasdiqlanib, amalda qo`llanishga joriy qilingan. Shundan beri o`tgan vaqt davomida ushbu imlo qoidalariga rioya qilib kelindi. Harflarning imlo qoidalarini tuzishda tovushning fonetik tavsifi hamda uning ayrim imloviy xususiyatlari e`tiborga olinadi. Masalan, a,o,i,u unlilarining imlo qoidalarida yuqoridagi har ikki xususiyat o`z ifodasini topgan bo`lsa, o` va e unlilarining imlo qoidalarida faqat tovushlarning fonetik tavsifi tamoyiliga asoslanilagan. Harflar imlosi 1-qoidadan 32-qoidagacha davom etadi. Bunda 1-6-qoidalar unlilar imlosi, 7-qoida yonma-yon kelgan unlilar imlosi, 8-30-qoidalar undoshlar imlosi, 31-qoida yonma-yon kelgan undoshlar imlosi va 32-qoida tutuq belgisining qo`llanishi qoidalaridan iborat. Download 253.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling