Imlo tamoyillari taraqqiyoti
Download 345 Kb.
|
IMLO TAMOYILLARI TARAQQIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ii-Ii harfi.
Tayanch tushunchalar: orfografiya, unli tovushlar, adabiy me’yor, grafika, undoshlar tovushlar, yozma me’yor, asos, qo‘shimcha, tovush o‘zgarishlari.
Harflar imlosi. Aa-Aa harfi. Kirill va lotin yozuvida bir xil ko‘rinishda. Katta “A” keyingi harfga belbog‘i orqali, kichik “a” esa pastki ilmog‘i orqali tutashtiriladi: A A a a 1) ajratma, arenda, aksioner, aksiya, aksiz kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) talab, davlat, savdo, jarayon kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, qarz kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi. Oo-Oo harfi. Bu harf kirill va lotin yozuvida bir xil ko‘ri-nishga ega. Katta “O” harfi keyingi harfga o‘zining pastki qis-midan, kichik “o” harfi yuqori qismidan tutashtiriladi: O O o o 1) lotin, oligopoliya, moliya, baho, boj, garov, mukofot, mahorat kabi so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) tonna, dollar, talon, direktor kabi o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi. Ii-Ii harfi. Bu harf kirill alifbosida “i” shaklida berilgan. Katta “I” harfi, kichik “i” harfi pastki tugallanish qismidan tutashtiriladi: I I i i 1. ish, inflyasiya, import, ishlab chiqarish, investor, jarima, lizing, bilan, ikki, ixtisos, piramida, qimmat, chegirma, mijoz, ehtiyoj, depozit, ming kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi; 2. bo‘lim, o‘rin, o‘timli, o‘ttiz kabi oldingi bog‘ininda o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bog‘ininda i aytiladi va yoziladi. Uu-Uu harfi. Bu harflarning katta va kichik harflarining har ikkalasi ham pastki tutash qismidan tutashtiriladi: U U u u 1) uy-joy, ulgurji, ustav, unumdorlik, Buxoro, sug‘urta, butun, pul, ssuda, usul, aluminiy, yutuq, yubiley, yevrovaluta kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) tovush, sovurmoq, yovuz, qirg‘ovul kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘ininda o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi. Download 345 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling