Imlo va uning tamoyillari
Download 83 Kb.
|
orfografiya
Imlo va uning tamoyillari R E J A: 1. Imlo (orfografiya) tilshunoslikning alohida bir bolimi. Imloning orfoepiya hamda alifbo bilan aloqadorligi. 2. Imlo tamoyillari. Imloning malum qonun-qoidalar, meyorlarga asoslanishi. 3. Imloning fonetik va morfologik tamoyillari. 4. Tarixiy -ananaviy tamoyil asosida yoziladigan soz va qoshimchalar. 5. Imloda farqlash (differensiasiya) tamoyili. 6. Etimologik (yoki grafik) tamoyilning oziga xos tomonlari. 7. Imlo tamoyillarining ozaro aloqadorligi, bogliqligi Tayanch tushunchalar: imlo (orfografiya), imlo tamoyillari, fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, tarixiy -ananaviy tamoyil, farqlash (differensiasiya) tamoyili, etimologik (grafik) tamoyil. Sozlarni adabiy til meyorlari asosida togri yozish savodxonlik madaniylikning muhim belgilaridandir. Savodxon bolmoq uchun imlo qoidalarini bilish shartdir. Binobarin imlo qoidalari savodxonligimiz asosidir. Imlo adabiy tilning yozma shakli bilan aloqador bolib, u togri yozish qoidalarini orgatuvchi hamda ular haqida batafsil malumot beruvchi tilshunoslikning alohida bir bolimidir. Imlo yozuv vositalari orqali soz va soz shakllarining bir xilda yozilishini tartibga soladi. Imlo tufayli sozlar yagona yozuv shakliga ega boladi. Imlo muayyan qonun - qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalarga unli va undoshlarning yozilishi, asos va qoshimchalarning yozilishi, qoshma sozlarning yozilishi, bosh harflarning qollanishi, kochirish qoidalari kabilar kiradi. Imlo qoidalari til taraqqiyotining malum bir bosqichini nazarda tutgan holda tuziladi. Tilning rivojlanishi hamda bazi hollarda yozuvning ozgarishi bilan imlo qoidalari ham shunga mos ravishda takomillashtirilib boriladi. Imlo orfoepiya hamda alfavit bilan uzviy ravishda bogliqdir. Adabiy talaffuz meyorlarining aniq ishlab chiqilishi oz navbatida imlo qoidalarining puxta va pishiq bolishida yordam beradi. Alifbo adabiy tildagi fonemalarni tola va togri ifodalash uchun yetarli harfiy belgilarga ega bolsa, imlo ham shunga muvofiq ravishda davr talablariga javob bera oladigan mukammal va qulay qoidalarni ozida tarkib toptiradi. Har qanday yozuv tizimi malum qonun -qoidalarga, ularning asosida yotuvchi imloviy tamoyillarga asoslanib ish koradi. Imloviy tamoyillar yozuv meyorlariga oid qoidalarni bir xilda, turgun shakllarda muayyan tartibda ushlab turuvchi asosiy omil sanaladi. Hozirgi ozbek imlosi quyidagi tamoyillarga tayanadi: 1) fonetik tamoyil, 2) morfologik tamoyil, 3) tarixiy - ananaviy tamoyil, 4) farqlash (differensiasiya) tamoyili, 5) etimologik yoki grafik tamoyil. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling